Sinf: 4
Fan nomi: O’qish
Mavzu: Kuz. Sh. Sa’dulla
Darsning maqsad va vazifalari
Maqsadlar:
Ta'limiy: O’quvchilarning she'mi ifodali o'qish malakasini rivojlantirish, nutq boyligini oshirish. Kuz haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni kuzning asosiy belgilarini ajrata bilishga o'rgatish, kuz faslidagi tabiat go'zalligidan zavqlanishga va ushbu go'zallikni qadrlashga o'rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mantiqiy fikrlash va hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish.
Tayanch kompetentsiyalar:
TK2 Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, kompьyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish;
kerakli axborotlarni kutubxonadagi adabiyotlardan qidirib topa olish.
FK1: she’rning audio matnini tinglab tushuna olish; uni ongli, ifodali, o`qiy olish;
Kutilayotgan natija
Dars yakunida o'quvchilar she'rni to'g'ri va ifodali o'qish malakasiga ega bo'ladilar. Shoir Shukur Sa’dulla ijodiga va kuz fasli tarovatiga doir tushunchalar tarkib topadi.
Metod: Didaktik o'yin, ifodali o'qish, tushuntirish, muammoli izlanish, munozara.
Shakl: Jamoa, guruh bilan ishlash.
Jihoz: Har bir guruhga kuzning uch ko'rinishi (sentabr, oktabr, noyabr) tasvirlangan rangli rasm va A4 formatli qog'oz, har bir o'quvchiga sabzavot va mevalar haqidagi topishmoqlar yozilgan kartochkalar.
Nazorat: O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: O'quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e'lon qilinadi.
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich. Tashkiliy qism
|
O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
Suhbat
|
1 daqiqa
|
2-bosqich. Ehtiyoj (refleksiya)larnianiqlash
|
Darsdavomidarioyaqilishlozimbo'lganqoidalarbelgilanadi. Darsshioriishlabchiqiladi.
|
Munozara
|
2 daqiqa
|
3-bosqich. Darsning borishi
|
Shoir ijodi haqida qisqacha suhbat o'tkazish. Yangi mavzuni e'lon qilish.
O'qituvchi she'rni ifodali o'qib beradi.
Lug'at ishi.
Kuz fasli haqida suhbat uyushtirish.
She'rni o'quvchilarga o'qitish, mazmunini so'rash.
|
Suhbat
Ifodali o'qish
Ifodali o'qish Muammoli izlanish
|
3 daqiqa
2 daqiqa
3 daqiqa
4 daqiqa
5 daqiqa
|
4-bosqich. Guruhda ishlash
|
O'quvchilar guruhlarga bo'linadi. Guruhlarda topshiriq asosida ishlaydilar. O'rganilganlar muhokama qilinadi. Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.
|
Didaktik o'yin
|
15daqiqa
4 daqiqa
|
Kengaytirish
|
Kuzda ochilgan gullar va barglardan gerbariylar tayyorlash.
|
|
4 daqiqa
|
Baholash
|
O' quvchilarning darsdagi faolligi, guruhlarda ishlashi, taqdimotdagi ishtiroki, topishmoqlaming javobini topishdagi ishtirokiga ko'ra mashg'ulot davomida baholab boriladi, dars yakunida ballar umumlashtirib, e'lon qilinadi, g'oliblar rag'batlantiriladi.
|
Tushuntirish
|
2 daqiqa
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi
O‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi:
1-guruh: Kuz tabiatidagi o‘zgarishlarni so‘zlab bering.
2-guruh: Bog‘ va tog‘li yerdagi mevalar haqida so‘zlab bering.
3-guruh: Qushlar hayotidagi o‘zgarishlar haqida so‘zlab bering.
4-guruh: Kuzda bog‘lardagi kishilar mehnati haqida so‘zlang.
5-guruh: Kuzda paxta dalalaridagi mehanat haqida so‘zlab bering.
6-guruh: Polizlardagi mehnat haqida so‘zlab bering.
Guruhlar bir-birlarining javoblarini to‘ldiradi, o‘qituvchi umumlashtirib yakunlaydi.
Aqliy hujum. O‘qituvchi: Kuz fasli nima uchun «Oltin fasl» deb ataladi?
O‘quvchilar javobi tarmoqlash usulida doskaga yozib beriladi.
Namuna:
Daraxt barglar sarg‘ayadi
Ko‘katlar sarg‘ayadi
Oltin fasl
Yerga oltin rangli barglar to‘kiladi
Paxtamiz oltinga teng
Mevalar g‘arq pishadi
Guruhlar javobi baholanadi.
O‘qituvchining hikoyasi: Dov-daraxtlarning bargi oltin kabi sariq rangga kiradi. Shuning uchun kuz fasli «Oltin fasl» deb aytiladi. Bundan tashqari, kuzda hosili yig‘ib olinadi. Kuzda yig‘ib olingan hosil yanagi kuzgacha yetadi. Kuzning shu fazilatini hisobga olib ham uni odamlar «Oltin fasl» deb ardoqlaydilar.
O‘quvchilarning kuz fasli haqida yod olgan she’rlari eslatiladi.
O‘quvchilar 3-sinfda o‘qigan A. Obidjonning «So‘nggi axborot», T. Yo‘ldoshning «Kuz kelganda», Yusuf Shamansurning «Kuz» kabi she’rlarini aytadilar.
Topishmoqlarni toping, ularning qaysi fasl bilan bog‘liqligini ayting:
Musht tugilgan besh barmoq,
Tuxumga o‘xshar o‘rtoq,
Uzilsa besh barmog‘i
Ko‘rinar hosil qaymog‘i. (Ko‘sak)
Tunukani chertadi,
Kesaklarni kertadi.
Bir oz sho‘xlik qilgach u,
Yerga singib ketadi. (Yomg‘ir)
O‘qituvchi: O‘ylab toping! Biz bugun qaysi mavzudagi asar bilan tanishamiz?
KUZ
Shukur Sa'dulla
G'ir-g'ir shamol yeladi,
Buni hamma biladi.
O'giradi yelga yuz:
— Marhamat! Kel, oltin kuz!
Maktab borar qiz-o'g'il,
Qo'lda kitob hamda gul.
Oltin oqar daladan,
Tong yorishgan palladan.
Quyosh tushar taftidan,
Qo'rqib qishning aftidan.
Sarg'ayadi ko'katlar,
Barg to'kadi daraxtlar.
Hosil yig'ib olinar,
Qishga zamin solinar.
Do'stlaringiz bilan baham: |