O`quv dasturiga uqtirish xati
Umumiy o‘rta maktablarning boshlang‘ich sinflarida «Mehnat ta’limi» o‘quv fani asosan o‘quvchilarda kundalik turmushda uchraydigan yumushlarni bajara olish ko‘nikma va malakalarini yanada rivojlantirishda, yangi ish tajribalari bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar dars jarayonida o‘zlashtirgan turli mehnat ko‘nikmalari va usullaridan keyinchalik o‘z hayotiy tajribalarida foydalanishlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarni milliy- badiiy mehnat meroslarini o‘zlashtirishlari hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishishlari uchun imkon yaratadi.
Mehnat ta’limi darslari jarayonida o‘quvchilar xilma-xil mahsulotlar tayyorlash va materiallarga oddiy ishlov berish kabi sodda ish usullarini o‘zlashtiradilar. Bu ishni nazariy va amaliy jihatdan o‘rgatish uchun o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalari shakillantiriladi. Ijodiy bilish qobiliyatlarini yanada shakllantirish va takomillashtirish niyatida ularga turli materiallar hamda asbob-uskunalar to‘g‘risida tushunchalar beriladi. O‘quvchilarning mehnat va uning kishi hayotida tutgan o‘rnini aniqroq tushuntirish maqsadida har bir darsdan asosiy maqsad va uni amalga oshirish uchun qanday bilim, ko‘nikma va malakalar kerak bo‘lishini o‘rganib boradilar.
O‘quvchilarni o‘z Ona-Vatanini yanada yaxshiroq bilishlari, hozirga qadar bizgacha yetib kelgan qadimiy me’morchilik yodgorliklari va shu kabi milliy qadriyatlarimiz namunalarini ko‘z qorachig‘iday asrashga o‘z hissalarini qo‘shish, ajdodlarimiz mehnati mahsuliga hurmat bilan qarash va shu orqali ularda vatanparvarlik hislarini uyg‘otish asosiy omillardan biridir.
Maktabda mehnat ta’limidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
-boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki nazariy va amaliy mehnat tajribalarini hosil qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada kengaytirish, ularni kishilar mehnati va umummehnat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga tayyorlash;
- o‘ziga topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, mehnatning o‘ziga xos madaniyati va uning nazariy asoslarini egallash, o‘z ishini va o‘rtoqlarining ishlarini rejalashtirish hamda tashkil eta bilishni o‘rgatish;
- o‘quvchilarni mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida aqlli, odobli, yaxshi axloqiy sifatlar shakllangan, did-farosatli hamda jismonan sog‘lom qilib tarbiyalashni amalga oshirish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini dastlabki mehnat jarayoniga yo‘llashda, ularning yosh xususiyatlari, o‘zlarida shu vaqtgacha to‘plangan oddiy texnik bilimlari doirasi, mehnat ko‘nikmalarini hisobga olgan holda unchalik murakkab bo‘lmagan yumushlarni bajartirish maqsadga muvofiqdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari, imkoniyat darajalari hamda qiziqishlaridan kelib chiqqan holda dastlab ular oddiy o‘quv qo‘llanmalarini (masalan, o‘qish, ona tili, matematika, tasviriy san’at darslari uchun), turli kichik modellar va harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan o‘yinchoqlarni tayyorlashni o‘rganadilar. Yumshoq o‘yinchoqlarni andazalarga asosan bichish-tikishni, tayyor qismlardan turli o‘yinchoqlar, transport vositalari va shu kabilarning modelini yig‘ishni o‘rganadilar. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishning asosi bilan ham yaqindan tanishib boradilar.
O‘tiladigan mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarni mehnat ta’limiga qiziqtirish o‘z navbatida mazkur o‘quv fanining samarali bo‘lishidagi muhim omillardan biridir.
Mehnat ta’limi mashg‘ulotlari o‘ziga xos ish bajarish usullari va o‘quv topshiriqlari hamda ularni bajarish texnologiyalarining xilma-xilligi bilan o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otishi hamda samarali va ijodiy ishlar qilishlari uchun ilhom manbai bo‘lishi lozim.
Ushbu o`quv dasturlari umumiy o`rta ta`lim maktablarida Davlat ta`lim standarti asosida mehnat ta`limi fanini o`qitishning mazmun-mohiyatini, maqsad va vazifalarini belgilaydi.
Mehnat ta`limi fanini o`qitishning maqsadi – o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko`nikma, malakalarini, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o`rgatish hamda kasb tanlashga tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta`limiy – tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |