O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi X onqa tuman xalq ta’lim muassasasi faoliyatini metodik ta’limlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 9-son



Download 1,42 Mb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi1,42 Mb.
#223009
1   2   3
Bog'liq
Sonlarning yozilishi

Kutiladigan natijalar

O’quvchilarning so’z turkumlari haqidagi bilim va ko’nikmalari rivojlanadi.



DARSNING BLOK – CHIZMASI:


t/r

Dars bosqichlari

Vaqt

Usullar

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

O’quvchilar bilan tanishuv mashg’uloti

2

O’quvchilarni faollashtirish

6 daqiqa

Darsning didaktik jihozlar orqali o’quvchilarga savollar berish, ularning diqqatini jamlash va hokazo.

3

Yangi mavzuni yoritish va guruhlarda ishlash

15 daqiqa

Ma’ruza. Har bir guruhga matnlar tarqatiladi va matnlar o’qituvchi bilan birgalikda muhokama qilinadi.

4

Matnlar bilan ishlash

12 daqiqa

Uchta matn doskaga osiladi va bu matnlarni o’quvchilar faolligini ta’minlangan holda izohlash.

5

Dars yakuni

5 daqiqa

O’quvchilarni bilimini tekshirish

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Savollar berish


Darsning jihozi: Didaktik

Mavzu yuzasidan plakatlar to’plami, qog’oz va markerlar



Darsning borishi:

O’quvchilarni uch guruhga bo’lib, partalarga joylashadi.



  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. Davomatni aniqlash.

O’tilgan mavzuni so’rash.

Sinf to’rt guruhga bo’linadi.



1-topshiriq.

Son deb qanday so’zlarga aytiladi?

Sonning ma’no turlari haqida gapiring.

Miqdor va tartib sonlarga misollar keltiring va ularning o’zaro farqini ayting.



2-topshiriq.

Quyidagi she’rda keltirilgan sonlarni aniqlang.

To’planib o’n o’g’il qiz

Mezbon-mehmon o’ynaymiz

Deyishar: - Sobir, sana,

Adashib ketma yana

Toq sonlar bo’lar mezbon,

Juft sonlar aziz mehmon.

Nodir bo’ldi birinchi.

Ikki singlim Durdona

Uchunchisan Guldona.

To’rtsan Dilshod, Lola besh.

Dildor olti, yetti-Esh

Sakkiziznchi sen Gulqiz.

Ahmadullo-chi to’qqiz.

Iya o’n yo’q-ku qarang

Topmas Sobir! Bosh garang

Sobir sanar ko’ring-chi

O’rtoqlari kulishar

Boshqa sana deyishar

Yordam bering siz endi

Chiqmagan o’n kim edi.

(Sobir)

YANGI MAVZUNI TUSHUNTIRISH:

Ikki, olti, yeti sonlariga jamlikni bildiruvchi –ov, -ala, qo’shimchalari qo’shilganda, o’zak oxiridagi I unlisi tushib qoladi: Ikkala, oltov, yettov.

Tartib sonlar raqam bilan yozilganda –nchi, -inchi, qo’shimchalari o’rniga chiziqcha qo’yiladi: 2002-yil, 22-dekabr, 5-sinf, 3-qavat.

Tartib sonlar Rim raqamlari bilan yozilganda bu qo’shimchalar o’rniga chiziqcha qo’yilmaydi: IXsinf, XXIasr.

Bir so’ziga –ta qo’shimchasi qo’shilsa, bitta deb aytiladi va yoziladi.
YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH

Guruhga topshiriqlar beriladi.



1-guruh topshirig’i: Beshinchi sinf, yigirmanchi dekabr, ikkinchi qavat birikmalaridagi sonlarni raqam bilan yozib, ko’chiring.

2-guruh topshirig’i: Besh va old so’zlariga –ov yoki –ala qo’shimchalaridan birini qo’shib ko’chiring. Qaysi so’zning o’zagida o’zgarish yuz beryapti?

3-guruh topshirig’i: Tartib sonlar rim raqamlari bilan yozilishi haqida gapiring.

4-guruh topshirig’i: Tartib sonlar raqam bilan yozilgandachi-inchi qo’shimchalari bilan yozilishi haqida gapiring.

O’YLA, IZLA, TOP!” O’YINI

Simyog’ochda to’rt chumchuq.

Q o’nishdi dam olgani.

Uchib ketdi bittasi.

Qancha bo’ldi qolgani.

Yana qo’shildi bitta.

Hammasi bo’lib (to’rtta)









































MATEMATIK” O’YIN





Har bir sondan keyin “+” va “–“ ishoralarini shunday qo’yingki javobi to’g’ri chiqsin.

0123456789=9














Ortiqcha sonni toping

  1. 5,10,11,15,20

  2. 40,30,19,20,70

  3. 12,16,34,13,18

  4. 23,43,58,93

MATN USTIDA ISHLASH

1-guruh topshirig’i: Tartib sonlarni toping, ularni raqamlar bilan yozing.
1. Birinchi iyun –Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.

2. Alisher Navoiy bir ming to’rt yuz qirq birinchi yil to’qqizinchi fevralda Hirot shahrida tug’ilgan.

3. Chol bilan kampir uch nafar qizlari bilan yashar ekanlar. (Ertakdan)
2-guruh topshirig’i: Gaplarni ko’chiring. Sonlarning gapdagi vazifasini aniqlab, tagiga chizing.
1. Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi (Topishmoq).

2. Mening kitoblarim hammasi bo’lib yettita.

3. Opam bizga uzgan olmalaridan to’rttadan berdi.

4. Bir daraxtda o’n ikki shox, har shoxida o’ttiz yaproq, yaprog’ining bir yog’i qora, bir yog’i oq. (Topishmoq)


3-guruh topshirig’i.

1. Konsatitutsiya 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Ayni biz bop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz.

2. Ularning tub maqsadini bilib olishimiz kerak.

3. Erta bahorda o’n tup mevali daraxt ko’chatidan ekdik.




Guruh topshirig’i.

  1. Men 2006-yili Toshkent Axborot texnologiyalari univrsitetiga o’qishga kirdim.

  2. Dadam kecha ikkita kitoblar olib keldilar.

  3. Hozir Toshkentda o’nga yaqin binolar qurildi.

  4. Ikki opam tibbiyot institutini tamomladi.

  5. Uning o’zi ham ilgari sport bilan shug’ullanardi.


TEZ AYTISHNI AYTIB BERING.

O’zingiz ham sonlar ishtirok etgan tez aytishlani topib, o’rtoqlaringiz bilan musobaqa o’ynang.

Tyanshan tog’ining tagida Toshtemir tog’aning traktori to’qson tonna temirni tortolmay tirillab turibdi.
O’QUVCHILARNI BAHOLASH.

Dars davomida o’quvchilarning javoblariga qarab rag’bat kartochkalar berib boriladi. Dars yakunida barchasi jamlanib baholanadi.











UYGA TOPSHIRIQ.
Sonlarga qavs ichidagi qo’shimchalarni qo’shib ko’chiring. Tartib sonlarni raqamlar bilan yozing.

1. Zulfiqorovning xotini bir (ta) qayiqchada uch-to’rt (ta) anor olib keldi. (Abdulla Qahhor)

2. Pahlavonning ikki (nchi) kun madori qolmadi. (Navoiy)

3. Hilola qirq (inchi) uy, yigirma (nchi) xonadonda yashaydi.

4. Ota-onasining ikki (ala) si, yoxud bir (ta) si keksayib qolganda ularni rozi qilmagan kishi dunyoda xor bo’ladi. (Hadis)



XULOSA
Xulosa qilib aytganda, 5-sinflarda o’tkazilgan takrorlash darsining ahamiyati o’quvchilarning fan haqidagi bilim va ko’nikmalari rivojlantiriladi. Fonetika, tovush, harf tizimi, unli va undoshlarning talaffuzi va imlosi qanday qurilgani haqida ma’lumotga ega bo’lishadi.

Takrorlash darsining maqsadi: O’quvchilarda mavzu yuzasidan BKM larni rivojlantirish. Shu bilan birgalikda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik va oliy maqsad – ozod va obod Vatan qurish uchun rivojlanish yo’lini belgilashda jonbozlik ko’rsatish hamda ishtirok etish tuyg’ularini shakllantirish.



Mavzuni yoritishda hozirgi zamon pedagogik texnologiyalardan: Klaster, faollashtiruvchi savollar va Boshqotirma usullari, didaktik o’yinlardan foydalanildi. Bunday usullar o’quvchilarni topqirlikka, mustaqil fikrlashga va o’z ustida ishlashga undaydi. O’quvchilarning zukkoligi, izlanuvchanligi va mustaqil fikrlay olishi kelgusida yaxshi samara beradi.
ADABIYOTLAR RO’YXATI:


  1. I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” Toshkent-2008

  2. Mahmudov N., Nurmatov A., Sobiriv A., Qodirov V., Jo’rayeva Z. Ona tili 5-sinf uchun darslik 2-nashri. Toshkent 2009

  3. Hozirgi o’zbek adabiy tili I. Toshkent-1966

  4. Hojiyev A. “Lingvistik terminlarning izohli lug’ati” Toshkent-1997

  5. O’zbek tili gramatikasi. Toshkent-1975

  6. Ona tili o’qitish metidikasi. Toshkent-2008

  7. Shoabdurahmonov Sh. “Hozirgi o’zbek adabiyoti I” Toshkent-1980

  8. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni amalda qo’llash. Toshkent-2008






Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish