O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


II BOB. ONA TILI DARSLARINING TURLARI VA QURILISHI



Download 194 Kb.
bet2/21
Sana06.02.2022
Hajmi194 Kb.
#434345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Boshlang`ich sinf ona tili darslarida orfografik malakalarini shakllantirishda ta`limiy diktantning ahamiyati

II BOB. ONA TILI DARSLARINING TURLARI VA QURILISHI ....

    1. Orfografik mashqlar ...............................................................................

    2. Ona tili darslarining turlari va qurilishi………………………………

2.3. Mavzuga doir tеst matеriallaridan namunalar .......................................

XULOSALAR...........................................................................................


ADABIYOTLAR RO`YXATI................................................................


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda «Ta'lim To`g`risida»gi qonun xamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinganligiga xam 9-yildan ortiqroq vaqt o`tdi. Bu orada mamlakatimizda ta'lim va tarbiya tizimini isloh etish, ularni bir-biridan ajratmagan xolda bir mutanosiblikda olib borish, yosh avlodning nafaqat intеllеktual rivojlanishini, balki jamiyat uchun har tamonlama foydali, yuksak axloqli va raqobatbardosh kadr etib tarbiyalashga oid juda ko`p dasturlar, mеtodik ishlanmalarga kishi diqqatini o`zining yangiligi, ijobiy va muhimligi bilan band etib, ta'lim islohotining mazmun mohiyati takomillashib bormoqda.
Yangi asr o`qituvchisini tayyorlashda uning pеdagogik-psixologik va intеllеktual salohiyat bo`yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim tе bo`yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim tеxnologiyalari, ta'limning intеrfaol usullari va ilg`or samarali mеtodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo`lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari» asarida O`zbеkistonda qabul qilingan o`ziga xos islohot va modеrnizatsiya modеli orqali amalga oshirish lozimligini ta'kidlagan1. Buni ta'minlash bo`lajak mutaxassislarni va ilmiy-pеdagogik xodimlarni zamonaviy talablar asosida tayyorlashni taqozo etadi. Bu muhim vazifani hal qilishning samarali yo`llaridan biri mutaxassislarni ilmiy tadqiqot mеtodologiyasi bilan shug`ullana oladigan qilib tayyorlashdan iboratdir. Ushbu muammo еchimini ham muhtaram Prеzidеntimiz o`zining «Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch» asarida “...farzandlarimizni mustaqil va kеng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli, yashaydigan komil insonlar etib voyaga еtkazish – ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsad va vazifasi bo`lishi lozim,” dеb ta'kidladi2.
Ma'lumki, kadrlar tayyorlash milliy dasturida eng birinchi navbatda shaxs kamoliga urg`u bsrilgan. Shaxs tarbiyasi, ayniqsa, o`qituvchi va o`quvchi orasida ilk insoniy munosabat, «Ustoz shogirdlik» an'analari kеlajagimiz tarixidagi ko`pgina maktablardan ma'lum. Bugungi pеdagogik jarayon mazkur masalaga kеngroq qarash, insonparvarlik, bag`rikеnglikni taqozo etmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2005-2009 yillarda umumta'lim maktablari uchun darsliklar va o`quv-mеtodik qo`llanmalar nashr etish dasturi to`g`risidagi qarorning hayotga tadbiq qilinishi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Takomillashtirilgan Davlat ta'lim standartlari va modеrnizaqiya qilingan o`quv dasturlari asosida darsliklar va o`quv-mеtodik qo`llanmalarni yaratish, nashrga tayyorlash, chop etish va maktablarni ular bilan ta'minlashning yagona komplеks tizimi yaratildi.
Bugungi kunda axborotlar shiddati va yangiliklar oqimi tobora kundalik hayotimizning ajralmas bo`lagiga aylanib bormoqda. Bu esa o`z o`rnida har bir shaxsdan fikriy yetuklikni, to`g`ri mushohada yurita olishni, axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirishni taqozo etadi. Ayniqsa bu jarayon jamiyatning sezilarli qismini tashkil etuvchi yoshlar ongi va shuurida keskin burilishlar, yangicha qarashlarni vujudga kelishiga ta'sir ko`rsatadi. Ta'lim mazmunini takomillashtirish, integratsiyalash, axborot texnologiyalariga asoslanilgan ta'limni tashkil etish esa ana shunday tezkor davr taqozosidir.
Sog`lom fikr yurituvchi va ma'naviy jihatdan mukammal, aqlan yetuk, fikran teran, rivojlangan shaxsni tarbiyalash ta'limda yosh xususiyatlariga e'tiborli bo`lish, o`qitishda ta'limning barcha bo`g`inlararo aloqadorligini ta'min etish, shaxs ongi va tafakkurida yangicha g`oya, tasavvurlarni shakllanishiga imkon beruvchi zamonaviy faol usullardan foydalanishni talab etadi.
“Boshlang‘ich sinflarda ona tili tilini o‘rgatishdan asosiy maqsad bolalarni yosh xususiyatlari va yozma nutqini, tafakkurini o‘stirish, ularni shaxs sifatida shakllantira borishni amalga oshirish, ularda bilim olishga qiziqishini ustirish, faollik, mustaqillik, mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyatlarini o‘stirish hisoblanadi. Bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatlarini muvafaqqiyatli o‘stirish kelgusida fanlarni puxta o‘zlashtirishlariga imkoniyat yaratadi”3.
Davlat ta`lim standarti boshlangich ta`lim jarayoni oldiga qo‘yilgan ijtimoiy talabga asoslangan holda o‘quvchilar egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning egallagn bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlarni belgilashga imkon yaratadi.
Ona tili daralarida bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o’zgalar fikrini anglash, o’z fikrlarini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqatda bo’la olish ko’nikma va malakalarni rivojlantiradi. Ona tili ta’limda yozuv fani emas, balki butun jarayoni sifatida qaraladi. Ona tili ta’lim standarti ko’satgichlari bolaning fikrlay olishga, ifodalangan fikrni anglashga va o’z fikrini savodli, mantiqiy izchillika rioya qilingan holda bayon qila olishga o’rgatish nuqtai nazaridan belgilaydi.
Bilimlarni o'zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni o'quvchilar qanday o'zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi.
Tekshirish o'quvchilarning bilim sifatlarini, shakllantirilgan malakalardan qanchalik foydalanishini aniqlashni ta'minlaydi. Bu, o'z navbatida, o'quvchilarning yangi materialni o'rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, qo'llanilgan metod va usullarning samarador-ligini baholashga, ish metodlariga ayrim o'zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Tekshirish o'quvchilar uchun, birinchidan, to'g'ri shakllantirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish sifatini yaxshilaydi, o'z-o'zini tekshirishni o'stiradi.
Maktab tajribasida tekshirish og'zaki va yozma shaklda amalga oshiriladi; bilimlarni kundalik mavzuga oid va yakuniy tekshirish tat­biq etiladi.
Boshlang'ich sinflarda ona tilidan bilim, ko'nikma, malakalar og'zaki va yozma shaklda tekshirilsa-da, bir umumiy baho qo'yiladi. Bunda o'quvchilarning grammatik aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, so'zni va gapni tahlil qila olishlari, bilim ni yozma nutqqa (diktant, bayon, inshoga) tatbiq eta olishlari hisobga olinadi. O'quvchilar yozma ishlarni qanday bajarganliklari muntazam tekshirib boriladi. O'qituvchi 1-sinfda o'quvchilarning barcha yozma ishlari (uy va sinf ishlari)ni tekshiradi. Boshqa sinflarda yangi mavzu o'rganilgan davrdagi yozma ishlarni tekshiradi, boshqa vaqtda tanlab tekshiradi.
Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, shuningdek, grammatik, so'z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlarni bajarish, tekshiruv ko'chirib yozishdan foydalaniladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirishda yozma ishlarning turli variantlaridan foydalanish mumkinligi haqida hozirgi paytgacha bitiruv malakaviy ish i bajarilmagan bo‘lib, bu jihat ishimiz mavzusining dolzarbligini belgilaydi.

Download 194 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish