O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi



Download 2,73 Mb.
bet8/17
Sana17.01.2022
Hajmi2,73 Mb.
#379955
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
1 Raxmonkulov Alisher

Kabinetda ishlash. To‘garak mashg`uloti individual tarzda biologiya kabinetida o‘tkazilishi va o‘quv asbob-uskunalaridan foydalanishni talab etadigan ayrim masalalarni tajribada mustaqil o‘rganish bilan aloqador bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi tomonidan darsda qo‘llaniladigan anchagina murakkab priborlar (mikroskop.priproval to`plamlar ,tonometr,fonedoskop, spirometr va boshqalar) bilan o‘quvchilar tanishib chiqqanlarida ularda odatda shunday ishga qiziqish paydo bo‘ladi. Darsda bitta-ikkita o‘quvchilar bilan gullarning ochilishi,urug`larning unuvchanligini tekshirib ko‘rish, istagini bildiradi. Ba’zan o‘quvchilarda o‘qituvchi tomonidan namoyish qilingan tajriba variantlarini (masalan, bargda organic moddalarning xosil bo`lishi tajribalarini) qo‘yib ko‘rish istagi paydo bo‘ladi. O‘quvchilar orasida shunday qiziquvchilar ham topiladiki, bular ko‘rgazmali qo‘llanmalar tuzish, yasash va ularni remont qilishga bir qadar qobiliyatli bo‘ladilar.

Bunday o‘quvchilar ko‘pincha o‘qituvchining ko‘ngilli yordamchilari, ishda unga qarashib turadigan jamoat assistentlari bo‘lib qoladilar. Demak, biologiya kabinetida o‘quvchilar o‘z organizmi ustida tajribalar qilib ko‘rishga imkon beradigan priborlar bilan ishlashi, hayvonlar ustida fiziologik tajriba varianlarni o‘tkazib ko‘rishi, priborlar tayyorlab, qurilmalar yasashi, darsga kerakli asbob-uskunalarni taxt qilib qo‘yishda ishtirok etishi mumkin.

Sinfdan tashqari o‘qish. Sinfda qo‘shimcha adabiyot o‘qib borishni tashkil etish katta o‘rin tutadi. Kitob bilan ishlash o‘quv-pedagogika jarayonining barcha shakllari bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Adabiyot o‘qish o‘quvchilarning individual qobiliyati va qiziqishlarini ayniqsa yaqqol aniqlab beradi va o‘qituvchining ayrim o‘quvchilar bilan To‘garak mashg`ulotining individual olib boriladigan mashg‘ulotlar tizimini ko‘rib chiqaylik.

Sinfdan tashqari o‘qishni tashkil etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: o‘qituvchining ilmiy ommabop adabiyotni o‘rganib, tanlab olishi; o‘quvchilarning sinfdan tashqari o‘qishiga rahbarlik qilishi, darslarda ilmiy-ommabop adabiyotdan foydalanish.

O‘quvchilarning atoqli fan arboblariga, fan tarixidan olingan yorqin sahifalarga juda zo‘r qiziqish bilan qaraydilar. Ilm – fanning muvaffaqiyatlari, istiqbollari to‘g‘risidagi adabiyotni ular jon-jon deb o‘qiydilar. Mana shuni hisobga olib, tajribali o‘qituvchilar o‘quv materialini tushuntirib berishdan oldin odatda mana shu masalalarni aks ettiradigan kitob va maqolalarni tavsiya etadilar. To`garak a`zolarining ko‘pchiligining sportga qiziqishi xarakterlidir. Biologiya o‘qituvchisi shunga tayanib, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilan birgalikda o‘quvchilarni sport va fiziologiyaga oid adabiyot bilan tanishtirishni tashkil qiladi.

Biologiyaga doir ilmiy-ommabop kitoblar mazmuni tematikasi hamda asosiy masalalari jihatidan shartli ravishda quyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin:

1) ayrim fan arboblari va buyuk ilmiy kashfiyotlarga bag‘ishlangan kitoblar;

2) meditsina masalalarini (kasalliklarga qarshi kurash, xirurgiyada qo‘lga kiritiligan muvaffaqiyatlarni ) tasvirlovchi kitoblar;

3)botanika, zoologiya, sanitariya - maorifiga bag‘ishlangan kitoblar;

4) umumiy anatomik-fiziologik masalalarni o‘z ichiga olgan kitoblar.

5)Qiziqarli biologiya

6)biologiya faniga oid internet ma`lumotlaridan foydalanish

O‘qituvchi o‘quvchilarning ishini mohirlik bilan uyushtirib borishi uchun sinfdan tashqari o‘qishga tegishli adabiyotni yaxshi bilmog‘i kerak.

O‘qituvchi darsda kitobdan parcha o‘qib berib, shu kitobni o‘qib chiqishni tavsiya etadi. Kitobning qichqacha annotatsiyasi, uni ko‘rsatish, o‘qituvchining aytadigan mulohazalari o‘quvchilarni shu kitob bilan tanishib chiqishga undaydi. O‘quvchi o‘zining o‘qib chiqqan narsasi to‘g‘risida so‘zlab beradigan bo‘lsa, bu boshqa o‘quvchilarda kitobdan yangi bilimlar olishga istak tug‘diradi. Ilmiy ommabop adabiyotdan olingan ma’lumotlardan foydalanib, javoblarga qo‘shimcha qilish hollarini alohida rag‘batlantirib borish lozim. Biroq, o‘qituvchi sinfdan tashqari o‘qishga tegishli materialdan foydalanar ekan, dars mantiqidan kelib chiqishi va sun’iy uydirma hamda umumlashmalarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Dars temasiga taalluqli kitoblar muhokamasi katta bahsga aylanib ketishi, ilmiy konferentsiya uchun tema bo‘lib qolishi mumkin va hokazo.

Sinfdan tashqari ishning barcha shakllarida badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotdan keng foydalaniladi. Bunday adabiyot, odatda, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uchun boy va xilma-xil mazmun berib turadiga asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.




    1. Download 2,73 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish