O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 73,5 Kb.
Sana07.01.2022
Hajmi73,5 Kb.
#328887
Bog'liq
6-мавзу музыка узб (1)



6-Mavzu : Musiqa tinglash. Musiqa savodi. Bolalar ijodi.
R e j a :

1.Bog`chaning har xil guruhlarida bolalarga musiqiy tarbiya berish xususiyatlari

2.Musiqa darsiga kerakli asbob va uskunalar
Kichik yoshdagi bolalarga musiqiy tarbiya berishdagi tarbiyachining asosiy vazifasi-bu bolalarda musiqa tinglashda paydo bo`lgan emotsoinal javob berish, eshitish qobiliyatlarini rivojlantirish, tovushlarning yuqori yoki pastligini ajratish qobiliyatini rivojlantirish bo`lib topiladi. Musika darslarida pedagog bolalarni qo`shiq aytishga o`rgatadi.

Bolalarda ritmikani rivojlantirishda tarbiyachi ularni musiqa ostida yurishga oddiy o`yin (tantsa) harakatlarini bajarishga, qo`l shappatlashga va boshqalar o`rgatish. Shuningdek, bolalarni musiqa ostida predmetlar bilan murakkab emas harakatlar ishlashga o`rgatadi. Masalan : bayroqchani yuqori ko`tarish.

Musiqa tinglashda o`yinchoq ko`rsatishda keng qo`llaniladi. Bu demak qo`shiqning mazmuniga qarab tanlanib olinadi. Kichik bolalarning musiqiy tarbiyasi faqatgina darslarda emas, kundalik hayotida amalga oshiriladi. O`rta guruhlarda musiqiy tarbiya bo`yicha tarbiyachining vazifasi bolalarni musiqaga tortish, unga degan qiziquvchanligini tarbiyalash. Bolalarning musiqaga degan hislarini boyitish, unga degan javobini shakllantirish kerak. Qo`shiq aytishda bolaning tovushi musiqaga degan qobiliyatini rivojlanadi.

Bolalarning musiqaga degan hislarini boyitib, unga degan javobini shakllantirish kerak. Qo`shiq aytishda bolaning tovushi musiqaga degan qobiliyati rivojlanadi.

O`yin va tantsalarda harakatlarning tartibliligi shakllanadi. Musiqa darsida bolalarga yaxshi tovush bilan o`zgalarni aniq aytish orqali qo`shiq aytishga o`rgatiladi. Bu bolalar odatda tez o`zlashtira olmaydi. U dastlab so`zlarni aytishi mumkin. Shuningdek bolalarni musiqa xarakterini sezib, uni o`yinlarida berishga o`rgatish kerak.

Qo`shiqlar, raqslar (tantsalar), bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab tanlab olinadi. Qo`shiqlar murakkab emas, takrorlanishi naqoratlari bilan bo`lishi kerak. Qo`shiqlarning xarakteri bog`chada o`tkaziladigan ertaklarning mazmuniga karab tanlanib olinadi. Bolalar ayniqsa tabiat, yomg`ir, quyosh, gullar va h. haqidagi qo`shiqlarni qanaotlandirish bilan tinglaydi.

Pedagog qo`shiq o`rgatishda dastlab uning mazmunini tushuntirib, so`ng uning bajarilish sifatini nazorat qiladi. Kata guruhlarda musiqiy tarbiya berish asosida tarbiyachining vazifasi musikaga degan qiziquvchanlik uyg`otish, quvonib bilishga o`rgatish, tinglash tilagini uyg`otish. Musiqa yordamida ularda Vatanga, xalqiga muhabbatini uyg`otish kerak.

Bolalarni har tomonlama musiqiy tomonidan rivojlantirishda har xil musiqiy faoliyatning turlari qo`llaniladi :

1.Musiqa tinglash

2.Qo`shiq tinglash

3.Musiqiy ritmik harakatlar

4.Bolalarga bag`ishlangan musiqali asboblarda o`ynash

Maktab yoshigacha bolalar o`ynash xarakatini o`zlashtirilgan bo`lishi kerak.

Bolalar musiqiy tarbiyasi ularning rivojlanishi va o`qitilishi kattalar tomonidan quyidagicha metodlarni qo`llangan sharoitda amalga oshiriladi.

1.Katta odam tomonidan musiqani ta`sirli bajarish

2.Qisqa va obrazli tushuntirishlar

3.Topshiriq

4.Ko`rsatma

5.Badiiy harakatning usulini ko`rsatish

Musiqa asboblari haftasiga 2 marta o`tkaziladi. Kata guruhda dars davomiyligi 30-35 minut.

Bolalarni musiqiy, estetik tomonidan tarbiyalashni amlaga oshirish uchun musika asbob, qo`llanma o`yinchoqlar kerak bo`ladi.

2.Har xil musiqiy asarlar bilan tushuncha berishga musiqiy mavzuga Yangi o`yin o`ylab topishdan iborat.

3.Musiqiy tarbiya mashg`ulotlarini bog`cha tarbiyasi bilan bog`liq bog`chada o`tkaziladigan har xil rejalarni va tayyorliklarni o`rganilgan kuy va qo`shiqlardan keng turda foydalanish, har xil ertaliklar, kontsertlar tashkil qilish orqali musiqa kundalik hayotimizning ajralmas yo`ldoshi ekanligi haqida bolalarda tushuncha qoldirish, bolalar bog`chasida va maktablarda musiqa bilan shug`ullanishi asosan qo`shiq aytishga, musiqa tinglash, musiqaning ritmiga harakat qilish, bolalarning yoshiga mos tovush diapazoniga loyiq qo`shiqlarni aytish, shuningdek soz asboblarida kuylarni o`rganishdan iborat bo`lganasosiy musiqaning elementlari haqida uslubiy tushunchalar beramiz.

Shu sohada aytilgan barcha qoidalar bolalar bog`chasidagi musiqiy tarbiyaning vazifalarini aniqlab berishga imkon tug`diradi, bu qoidalar bolaning shaxsining har tomonlama tarbiyalashning umumiy maqsadiga bo`ysundirilib, musiqiy san`atning farqi bilan maktab yoshigacha bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olib ishlanadi:

1.Musiqani sevishni va qiziquvchanlikni tarbiyalash

Bu vazifa bolaning eshitgan asarlarining mazmunini chuqurroq sezib, tushunishga yordamlashadigan musiqiy idrok qilishni, musiqani esda saqlash qobiliyatini rivojlantirish yo`li bilan echiladi. Musiqaning tarbiyaviy ta`siri amalga oshiriladi.

2.Bolalarni har xil musiqiy asarlar bilan tanishtirib, ularning musiqiy tasavvurlarini boyitish kerak.

3.Bolalarni musikaning eng oddiy tushunchalari bilan tanishtirish, musiqa tinglash, qo`shiq aytish, musiqiy navo harakat bolalarning musiqiy asboblarida o`ynash sohasidagi qobiliyatini rivojlantirish kerak.

4.Emotsoinal ta`sir olish sensor qobiliyatlari bilan lad baland tovushlarni ajrata bilishni, navo tovushini takomillashtirib, qo`shiqchilik tovush bilan harakatlarini rivojlantirish kerak.

5.Qo`shiq aytishning oddiy turiga va qiymil harakatlariga o`rgatish, bu ishda musiqiy asarlarning tabiiy va ta`sirli bajarilishini nazorat qilish kerak.

6.Olgan ta`sirlari bilan musiqa xaqidagi tushunchalari asosida musiqiy didini paydo bo`lgan bolalarning dastlabki ko`rinishiga yordamlashish kerak, u uchun eng avval ularning musiqiy asarlarini tinglashga, so`ng kuzata bilishga yordamlashgan to`g`ri.

7.Musiqaning bolalarga tushunarli barcha tushunchalarida o`yinlar bilan xorovodlarda xarakterli obrazlarni berishda, o`rgangan o`yin harakatlarini o`zlari topgan yangi uylesimlardan foydalanishda, esdan chiqargan qo`shiqlarni aytishda ijodiy chaqqonlikni rivojlantira berish kerak. Shunda har tomonlama o`rgangan repertuarni kundalik hayotda qo`llanishga degan intsiativa paydo bo`ladi, musiqiy asboblarda o`ynashga, qo`shiq aytishga degan xushtorlik shakllanadi.



Download 73,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish