O'xshatish – narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to'larok, aniqroq, bo'rttiribroq ko'rsatib berish o'xshatish deyiladi. O'xshatish eng qadimiy va ko'p qo'llanadigan tasviriy vositalardandir. U asosan, nutqiy hodisa hisoblanadi.
O'xshatish to'rt asosiy qismdan tarkib topadi: 1) o'xshatilgan narsa; 2) o'xshatiladigan narsa; 3) o'xshatish asosi, belgi; 4) o'xshatish vositasi. Masalan:
«Tog'lardagi qip-qizil lola
Bo'lib guyo yoqut piyola.
Buloqlardan uzatadi suv
El ko'zidan qochadi uyqu» (H.Olimjon).
Bunda o'xshatilgan narsa – lola, o'xshatiladigan narsa – piyola, o'xshatish asosi – yoqut, o'xshatish vositasi – guyo. O'xshatishda chog'ishtiriladigan narsa ham asosan uning to'g'ri ma'nosida qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |