O‘zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi


-Mavzu: Nutqning kommunikativ (aloqaviy) sifatlari (2 soat)



Download 1,17 Mb.
bet13/112
Sana05.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#318591
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112
Bog'liq
НУТК МАДАНИЯТИ ОМК

5-Mavzu: Nutqning kommunikativ (aloqaviy) sifatlari (2 soat)
Reja:

1.Nutqning to‘g‘riligi.

2.Adabiy til va mezon.

3.Nutqning to‘g‘riligi va badiiy adabiyot.


Tayanch tushunchalar

Voiz – diniy mazmunda va`z qiluvchi, va`z aytuvchi, va`zxon.

Jargon – (fransuzcha) biror ijtimoiy guruhning o‘ziga xos va o‘zigagina tushunarli bo‘lgan, boshqalar tushunmaydigan yasama tili.

Uzus – biror til jamoasida til sistemasida mavjud bo‘lgan imkoniyatlarning foydalanib kelinayotgan qismi. Uzus bir tilni boshqasidan ajratib turadigan shartlarni ham tilning ichki normalarini ham o‘z ichiga oladi. Nutq normasi.

Har qanday nutq ma`lum bir so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi yoki o‘quvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan tashqi ko‘rinishidir. Albatta bu yo‘llangan nutq tinglovchiga etib borib ma`lum bir ta`sir ko‘rsatsagina unga nisbatan yaxshi nutq deyishimiz mumkin. Nutq har tomonlama yaxshi bo‘lishi uchun o‘z oldiga ma`lum talablarni qo‘yadi. Bu talablar nutqning asosiy sifatlari, xususiyatlari deb yuritiladi. Ular nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ta`sirchanligi, tozaligi, tushunarliligi va maqsadga muvofiqligidir va b.

1.Nutqning to‘g‘riligi. “To‘g‘rilik deganda,-deb yozadi V.Y.Kostomarov, -nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma`lum paytda qabul qilingan normasiga qat`iy va aniq muvofiq qilinishi, uning talaffuz, imloviy lug‘at va grammatik normalarini egallashini tushunish lozim bo‘ladi”.

Nutqning to‘g‘riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq to‘g‘ri bo‘lmasa boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron bo‘ladi. Nutqning tuzilishi to‘g‘ri bo‘lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur etadi.

Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun, asosan, ikki normaga – urg‘u va grammatik normaga qattiq amal qilishni talab qiladi. So‘zlardagi urg‘uning ko‘chishi bilan ma`nosi ham ba`zan o‘zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak. Bu ham nutqning buzilishiga olib keladi: Olma – olma, hozir – hozir, yigitcha-yigitcha, o‘quvchimiz – o‘quvchimiz, yangi – yangi va h.k.

Gap tarkibidagi bir so‘zga tushadigan mantiqiy (logik) urg‘uni ham ma`noni farqlashdagi xizmati katta.

Grammatik normaga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalarni qo‘shishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik, kelishik qo‘shimchalarini o‘z o‘rnida qo‘llash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo‘laklarni ularga bog‘lanish qonuniyatlari tushuniladi.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish