MAVZU: YAKUNIY TAKRORLASH
148-topshiriq. To„g„ri javobni belgilang
1. Qaysi manbada yurtimizning tarixiy viloyatlari aholisining madaniyati
to„g„risida hikoya qiladi?
A) “Tarix” B) “Behistun” bitiklari
C) “Avesto” D) “Tarixiy yilnomalar”
2. Bronza davriga xos ma‟lumotlarni ko„rsating.
1. Ortiqcha qishloq xo„jaligi mahsuloti vujudga keldi
2. Yegulikni zahira sifatida saqlab qolishni o‟rganish
3. Urug„ni yetarli mahsulot bilan taminlash erkaklar qo„liga o„tdi.
4. Ibtidoiy chorvachilik vujudga keldi
5. Matriarxat vujudga keldi.
6. O„zbekistonda ilk ibodatxona vujudga keldi.
A) 1,5,6 B) 2,4,5 C) 1,3,6 D) 2,3,6
3. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich?
A) Ibtidoiy to„da B) Ibtidoiy jamoa C) Urug„ D) Qabila
4. Mis-tosh davriga oid bo„lmagan hodisalarni ko„rsating?
1. Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga keldi
2. Metal-misdan foydalanish
3. Paxsadan imorat qurish
4. Sun‟iy sug„orish paydo bo„ldi
5. Kulolchilik charxi vujudga keldi.
6. Kulolchilik xumdonlari vujudga keldi
A) 1,3,5 B) 1,4,6 C) 2,3,6 D) 2,3,5
5. Tarixiy xatolikni toping.
− 76 −
A) Pitekantrop odami ilk paleolit davrida yashagan.
B) O„zbekistondagi ilk shahar bronza davrida qurilgan
C) Diniy e‟tiqodlar o„rta tosh davrida paydo bo„ldi
D) So„nggi paleolitda odamlar urug„ jamoasiga birlashdi
6. Misrda so„nggi podsholik boshlangan asrda qaysi davlat qudratli
davlatga aylandi?
A) Ossuriya B) Midiya C) Baqtriya D) Tir-sidon
7. Urug„ jamoalarining nafaqat Osiyo va Afrika hududlarida, balki
Yevropa shimolida ham keng joylasha boshlagan davrni toping.
A) Paleolit B) Mezolit C) Neolit D) So„nggi paleolit
8. Qaysi xalqlar o„zlari yaratgan xudolardan qo„rqar, ularga qurbonlik va
ibodatxonalar barpo etishar edi?
A) Yunonlar B) Misrliklar C) Rimliklar D) Hindlar
9. Misrda siyoh vazifasini nima o„tagan?
A) Rangli suv B) Daraxt sharbati
C) Mineral bo„yoq D) Papirus poyalari
10. Tarixiy haqiqatga muvofiq keladigan hodisani toping.
A) Zikkuratlar toshdan terilgan muhtasham inshoot bo„lgan
B) Gilgamish Ur shahri podshosi edi
C) Bobil podsholigi Navuxodonosor II davrida eng qudratli davlatga
aylandi
D) Mesopotamiyada dalalarga qullar va erkin yollanma ishchilar ishlov
berishgan
11.Bronza davri dehqonlarining manzilgohlari O„zbekistonning qaysi
hududlaridan topilgan?
1.Farg„ona 2.Buxoro 3.Qashqadaryo 4.Toshkent 5.Xorazm 6.Surxondaryo
7.Qashqadaryo 8.Samarqand
A) 1,3,4,8 B) 2,3,6 C) 2,5,6 D) 1,5,6
12. Qadimgi misrliklar e‟tiqodicha, qaysi xudo marhumlar va
mumiyolanganlar xudosi hisoblanadi?
A) Osiris B) Set C) Ptax D) Anubis
13. Qaysi tarixiy davrdan boshlab jamiyat harbiy demokratiya qoidalariga
asosan yashay boshladi?
A) neolit B) bronza C) eneolit D) temir
− 77 −
14. Elam davlati Eronning qaysi tomonida joylashgan?
A) Shimoli-sharqida B) Janubi- g„arbida
C) Janubi-sharqida D) Shimoli-g„arbida
15. Afrosiyob shahri vujudga kelgan davrda ?
A) Isroil davlati vujudga keldi
B) Urartu gullab yashnadi
C) Magadha, Koshala va Mala vujudga keldi
D) Chjou davlati markaziy hokimiyati zaiflashdi
16. Hamma narsa atomlardan tuzilgan deb aytgan yunon faylasufi
Demokritning shahri qadimda qayerda joylashgan edi?
A) O„rtayer dengizi g„arbida
B) Boltiq dengizining sharqida
C) Qora dengiz bo„yida
D) Bolqon yarimorolining sharqida
17. Hindostondagi kastalar nimasiga qarab guruhlarga bo„lingan edi?
A) Kiyimiga qarab B) Yumushiga qarab
C) Diniga ko„ra D) Tiliga qarab
18. Marg„iyona mill.avv. VII asrda qaysi davlat ta‟sirida bo„lgan?
A) Baqtriya B) So„g„diyona
C) Afrosiyob D) Parfiya
19. Minoy sivilizatsiyasini kimlar barbod etdi?
A) Doriylar B)Skiflar C) Oriylar D) Axeylar
20. Mironning “Diskobol” haykali qayerda o„rnatilgan?
A) Olimp tog„ida B) Ibodatxonada
C) Palestrada D) Bozor maydonida
21. Avestoda hududiy qo„shnichilik jamoasi qanday nomlanadi?
A) varzana B) daxyu C) vis D) nmana
22. Eng qadimgi odamlar va ularning suyak qoldiqlari topilgan joylar bir-
biriga mos keluvchi javob variantini aniqlang.
1.avstralopitek 2.zinjantrop 3.pitekantrop 4.kromanyon
a)Fransiya b)Indoneziya c)Sharqiy Afrika d)Janubiy Afrika
A)1a,2b,3c,4d B)1d,2c,3a,4b
C)1a,2b,3d,4c D)1d,2c,3b,4a
23. Misrliklar yozuvni o„rganayotganlarida nimalarga yozishgan?
− 78 −
A)mato bo„laklariga B)papirus poyalariga
C)sopol buyum parchalariga, ohaktoshga
D)teri pergamentlariga
24. Perikl hukmronligi tugashidan 50 yil avval qanday voqea sodir
bo„lgan?
A) Yunon-fors urushlari tugadi B) Fermopl jangi
C) Plateya jangi D) Xroneya jangi
25. Mesopotamiyada katta yer mulklar kimlarga qarashli bo„lgan?
A).Hukmdor va kohinlarga B).Kohinlarga
C).Hukmdor va noiblariga D).oliy xudolarga
26. Ijtimoiy tuzum taraqqiyotida hududiy qo„shnichilik jamoasidan
keyingi bosqichni aniqlang.
A)urug„ jamoasi B)davlat C)qabila D)qabilalar ittifoqi
27. Tarixiy xatolikni toping.
A) Mil.II asrda Xitoyda “Sariq ro„mollilar” qo„zg„oloni
B) Buyuk Xitoy devorini qurish IV asrda boshlangan
C) Bundan 2,5 ming yil avval xitoyliklar bambuk o„rniga qog„ozdan
foydalanishga otishdi
D) Sin Shixuandining 36 viloyatini noiblar boshqarar edi
28. Mil.avv VII asrda Misr …
A)iqtisodiyoti va madaniyati yuksalishi boshlandi
B)Eron ahamoniylari tomonidan bosib olindi
C)o„z qudratining cho„qqisiga erishdi
D)Old Osiyoga yirik yurishlar uyushtirdi
29. Mil.avv. VI-IV asrlarda madaniyat rivojlanishi qaysi manbalar asosida
o„rganiladi.
A) Yozma va arxeologik B)Etnografik va ma‟naviy
C) Antropologik va moddiy D)Yozma va moddiy
30. Quyidagi yunon xudolari bilan Rim xudolarini taqqoslang.
1.Poseydon 2. Gefest 3.Artemida 4. Ares
a) Vulkan b) Neptun c) Mars d) Diana
A) 1-b 2-d 3-a 4-c B) 1-c 2-b 3-d 4-a
C) 1-b 2-a 3-d 4-c D) 1-b 2-a 3-c 4-d
31.Yunoncha ,,viloyat‟‟ ma‟nosini anglatuvchi so„z?
− 79 −
A)Xshatra B)Provinsiya C)Nom D)Polis
32. Ilgari rimliklar o„z hukmdorlarini saylashar edi. Hukmdorlar qanday
vazifalarni bajargan?
A)kohin, konsul, hakam
B)kohin, diktator, harbiy boshliq
C)sudya, harbiy boshliq, kohin
D)hukmdor, kohin vazifasini bajargan
33. Tarixiy haqiqatga muvofiq keladigan javobni ko„rsating
A) VI asr boshida forslar Yunonistonga tahdid sola boshladi
B)Yunon-fors urushlaridagi eng yirik jang Marafon jangi
C) Xeroneya jangida makedonlar harbiy hiyla qo„llagan
D) Xristian dini tarqalishi bilan Olimpiya o„yinlari taqiqlandi
34. Kushon podsholigi vujudga kelgan asrda …
A) Xitoyda qog„oz ixtiro qilindi
B) Rimda muntazam qo„shinga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga
aylandi
C) Xorazmda mahalliy taqvim yuzaga keldi
D) Rim eng yirik aholisi ko„p shaharga aylanadi
35. Marv shahri qaysi davlat davrida Marg„iyona Antioxiysi deb atalgan?
A) Salavkiylar B) Makedoniya
C) Yunon-Baqtriya D) Parfiya
36.Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi qayerdan boshlangan?
A)Yunonistondan B)Qadimgi Misrdan
C)Hindistondan D)Qadimgi Sharqdan
37. Kserks armiyasining eng yaxshi jangchilari kimlar edi ?
A) So„g„d va Baqtriya B) Sak va Massaget
C) Sak va Xorazm D) Sak va Baqtriya
38.Yunonchadan ,,odam haqidagi fan‟‟ ma‟nosini anglatuvchi so„zni
toping.
A) Etnografiya B) Arxeologiya C) Antropologiya D) Etimologiya
39. Yunon alifbosidagi kushon bitiklari qayerdan topilgan?
A) Baqtriya B) Surxko„tal
C) Eski Termiz D) Qoratepa
40. Etrusklarning asosiy mashg„ulotini toping?
− 80 −
A) Chorvachilik B) Dehqonchilik
C) Savdo-sotiq D) Hunarmandchilik
41. Yangi Bobil podsholigi tashkil topganidan qancha vaqt o„tib Rim
imperiyasining “oltin asri” sodir bo„ldi?
A) 7 asr
B) 3 asr
C)9 asr
D)11 asr
42. Varvarlar Rimga qaysi tomondan kirib kelgan?
A) Janubi- g„arb B)Shimoli -g„arb
C) Shimoli- sharq D)Sharqdan
43. Buyuk Ipak yo„li kesib o„tgan hududlar ketma-ketligini aniqlang.
1)Sharqiy Turkiston; 2)Pomir; 3)Sariq dengiz; 4)Misr; 5)Eron; 6)Efes;
7)Mesopotamiya; 8)O„rta yer dengizi sohiligacha; 9)O„rta Osiyo;
A)3,1,9,5,7,8 B)3,1,2,7,8,9 C)3,9,1,4,6,7 D)3,1,9,7,5,8
44. Quyidagi voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.
1.Makedoniya taxtiga Aleksandr o„tirdi
2.Shanga qo„shni chjou qabilasi bostirib kiradi
3.Xan imperiyasi uchta podsholikka parchalanib ketdi
4.Ilk bora Olimpiya o„yinlari o„tkazildi
5.Yunonistonda teatr dunyoga keldi
A)1,3,5,2,4 B)2,4,5,1,3 C)2,1,3,4,5 D)2,4,1,5,3
45. Qaysi jangdan keyin Kserks qo„shinlari O„rta Yunonistonga yetib
bordi?
A)Marafon B)Fermopil C)Salamin D)Plateya
46. Qaysi hukmdor davrida Bobil o„z ravnaqi cho„qqisiga erishadi?
A)Navuxodonosor II B)Xammurapi C)Nabonid D)Salavka
47. Xristian jamoalariga kim peshvolik qilgan?
A) Xristianlar B)Yepiskoplar
C) Apostollar D)Noiblar
48. Germanlarning vandal qabilalari Rimni necha kun taladi?
A) 14 kun B) 7 kun C) 3 kun D) 9 kun
49. Hozirgi O„zbekiston hududida hunarmandchilik va savdoning
rivojlanishi natijasida qadimgi shaharlar rivojlangan davrda sodir bo„lgan
voqeani toping.
A)Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi
B)Hindistonda Magadha, Koshala, Malla singari davlatlar vujudga keldi
− 81 −
C)hozirgi Eron hududida Fors podsholigi vujudga keldi
D)Urartu davlati gullab-yashnadi
50. Rim hukmdorlariga xos xususiyatlarni ko„rsating
1. Oktavian 2. Trayan 3. Konstantin 4. Yuliy Sezar
a) Suriya va Mesopotamiya bosib olindi.
b) Bir paytda ham imperator ham diktator bo„ldi.
c) Vizantiya shahri poytaxt deb e‟lon qilindi
d) Rimda ko„plab saroy va ibodatxonalar qurildi
A) 1-a 2-b 3-c 4-d B) 1-d 2-a 3-c 4-b
C) 1-b 2-c 3-d 4-a D) 1-d 2-b 3-c 4-a
Amaliy daftar yuritilishi yuzasidan o„qituvchi izohi________________
_______________________________________________________________
_______________________________________________________________
_______________________________________________________________
_______________________________________________________________
_______________________________________________________________
_______________________________________________________________
_______________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |