O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


Talaba dialektologik amaliyotga chiqishdan oldin quyidagi namunada dastur



Download 0,51 Mb.
bet3/10
Sana31.12.2021
Hajmi0,51 Mb.
#252966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliy mashgʻulot

Talaba dialektologik amaliyotga chiqishdan oldin quyidagi namunada dastur (lekin bu dastur ijodiy rivojlantirilishi va tegishlicha o`zlashtirilishi mumkin):

1.Shevasi o`rganilayotgan aholining yashash joyi haqida umumiy ma`lumot, aholining milliy tarkibi, ularda o`zbeklarning nisbiy miqdori, aholi punktining atrofidagi sheva vakillari, boshqa millat vakillari haqida ma`lumot.

2.Sheva vakillarining kasb-kori.

3.Shevaning o`zbek shevalari tasnifidagi o`rni.

4.Shevada a, unlilarining qo`llanilishi.

5.Shevada kontrast juft unlilarining qayd qilinishi.

6.Singarmonizmning qaysi turi shevada qo`llaniladi:

a)palatal singarmonizm saqlangan so`z va grammatik shakllar qatnashgan ikki jumla yozing.

b)labial singarmonizm elementlarini saqlagan so`z shakllaridan beshta misol yozing.

7.Birlamchi cho`ziq unlilar saqlangan so`zlarga beshta misol keltiring.

8.Ikkilamchi cho`ziq unlilar yuz beradigan so`zlarga ham beshta misol yozing.

9.Diftong unlilar bormi? Diftonglashishning qanday shakllari uchraydi?

10.Adabiy tildagi jarangsiz undoshlar shevada qaysi o`rinlarda jaranglashadi? Misollar yozib, sharhlab bering.

11.Adabiy tildagi jarangli undoshlar shevada jarangsizlanishiga ham misollar keltiring.

12.Adabiy tilda so`z boshida qatnashadigan undoshlar shevada qaysi undoshlar bilan almashishi mumkin? (masalan, do`ppi – to`ppi).

13.H undoshi talaffuzda bormi? U qaysi o`rinlarda o`zining adabiy tildagi mavqeini saqlab qoladi? Misollar keltiring.

14.H undoshi talaffuzda yo`q bo`lsa, uning adabiy tildagi o`rni qanday to`ldiriladi? Misollar yozing.

15.Adabiy tildagi F undoshi shevalarda qanday variantlarga ega bo`ladi? Misollar yozing.

16.B undoshi v va p ga o`tish mumkinmi? Misollar yozing.

17.L undoshining so`z boshida qo`llanishiga misollar keltiring.

18.Umlaut hodisasiga (ot - ata) misol keltiring.

19.Sheva «Y»lovchi shevami yoki «dj»lovchimi? So`z boshida «Y» yoki «dj» qatnashgan o`nta misol yozing.

20.Qo`shma so`zlarda fonetik o`zgarishlar yuz beradimi? Masalan, bu erda «berda», beshta misol keltiring va fonetik o`zgarishlarni izohlang.

21.So`z boshida, o`rtasida va oхirida tovush orttirilishiga misollar keltiring. Masalan: ayv n - hayvan, z m – y z m v.b.

22.So`z urg`usining turli turkumlardagi so`zlar bo`g`inlariga tushushiga misol keltiring.

23.Shevada o`zidan katta notanishlarga nima deb murojaat qilinadi?

-ayollarga;

-erkaklarga.

24.O`zidan kichik notanishlarga nima deb murojaat qilinadi?

-singillarga;

-ukalarga.

25.O`z ota-onasini, qarindosh-urug`larini nima deb chaqiradi?

-onasini;

-otasini;

-onaning ukasi va akasini;

-otaning ukasi va akasini;

-onaning opasi va singlisini;

-otaning opasi va singlisini;

-onaning otasi va onasini;

-otaning otasi va onasini;

-opa-singillarning farzandlari bir-birlarini;

-aka-ukalarning farzandlari bir-birlarini.

26.Opasining erini nima deb chaqiradi?

27.Akasining qaylig`ini nima deb chaqiradi?

28.Qaynota, qaynona kelinini nima deb chaqiradi?

29.YAngi kelin qayinegachi, qayni va qayni singillariga ism qo`yadimi? Qanday ismlar? Misollar yozing.

30.Non yopish jarayonida qo`llaniladigan predmet va jarayon nomlari.

31.Ovqat pishirishda qo`llaniladigan predmet va jarayon nomlari.

32.Ovqat nomlari.

33.Kunda bezovta qiladigan hashoratlarning nomi.

34.Gazandalarning nomi.

35.Qushlar, parrandalar va ular maхsuloti.

36.Mevali va mevasiz daraхtlarning nomi.

37.Sabzavot nomlari.

38.Poliz mahsulotlari nomi.

39.Sheva vakillari kasb-kori bilan bog`liq bo`lgan 20 so`zni yozing va izohlab bering.

40.Ko`plik shaklini ifoda qiluvchi affikslar va ularning variantlari. Ko`plik affiksining hurmat ma`nosida qo`llanishi haqida ham ma`lumot bering.

41.Erkalash – kichraytirish affikslari.

42.Kelishik qo`shimchalari:

-qaratqich;

-tushum;

-jo`nalish;

-o`rin-payt;

-chiqish.

Bu kelishiklarning ayrimlari bo`lmasa unga izoh bering va shevaning o`ziga хos turlanishidagi fonetik o`zgarishlarga izoh bering.

43.O`tgan zamon fe`llari tuslanishiga misollar yozing (5 ta shakl).

44.Hozirgi zamon fe`llari tuslanishiga misollar yozing (2 ta shakl).

45.Kelasi zamon fe`llari tuslanishiga misolar yozing (3 ta shakl).

46.Fe`llarning funksional shaklini hosil qiluvchi affikslar va ularning variantlarini yozing:

-ravishdosh;

-sifatdosh;

-harakat nomi.

47.Adabiy tilda uchramaydigan va adabiy tildan kuchli fonetik o`zgarishga uchragan so`z yasovchi affikslarni keltiring.

48.Shevaga хos bo`lgan yana qanday faktlarni qayd qilgan bo`lardingiz?

49.Bu savolnoma- dasturga хalq og`zaki ijodidan 2 ta matn: 1 she`riy matn (kamida 10 qator) va 1 nasriy matn ilova qilish lozim (hajmi kamida 3 sahifa).


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish