Didaktik material – foydalanilganda o‘quvchilarning bilim olishini faollashtirish, o‘quv vaqtini
iqtisod qilishni ta’minlaydigan o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan qo‘llanmalarning maxsus ko‘rinishi.
Didaktik tamoyillar – natijaviylikni ta’minlaydigan ta’lim jarayoniga qo‘yilgan eng umumiy talablar
tizimi.
Didaktik vositalar – o‘quv fanini o‘zlashtirish samaradorligini oshiruvchi pedagogik vositalar.
Differensiallashgan ta’lim - o‘quvchilarning moyilligi,qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda
o‘quv faoliyatni tashkil etish shakli.
Dizayn – o‘quv materialni ifodalash (tavsiflash, namoyish) usuli.
Jarayon - qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan amallar yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |