1 - LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Microsoft Power Point dasturida prezentasiyalar yaratish.
Power Point programmasining boshqa amaliy dasturlar bilan o’zaro aloqasi
Ishdan maqsad: a) Microsoft Power Point dasturi yordamida prezentasiyalar uchun slaydlar yaratishni
o’rganish;
b) Microsoft Power Point dasturini Microsoft Word va Microsoft Excel dasturlari bilan bog’lashni
o’rganish
Ishning nazariy qismi:
Power Point – bu grafik dasturlar paketi bo’lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni
uyushtirish va slayd filmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.
Prezentasiya- bu slaydlar va mahsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan
material, dokladni plan va konspekti shaklida bita faylda saqlanadi.
Slayd-bu prezentasiyaning alohida kadri bo’lib, o’z ichiga matnni , sarlavhalarni , grafik va
diagrammalarni olish mumkin.
Dizayn qolipi- professional tomonidan oldindan tayyorlab qo’yilgan grafiklar,bo’yoklar, jilolar,
tovushlar namunasi bo’lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo’ljallangan.
Animasiya- bu slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini oshiruvi tovush , rang,
matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig’indisidan iborat.
Power Point bir nechta slaydlarga ega bo’lgan prezentasiya faylini ochadi. Bu dastur foydalanuvchiga
har xil mavzularda katta miqdorda prezentasiya qoliplarini taqdim etadi.Bu qoliplar mahsus usulda
jihozlangan slaydlarga ega. Slayd maydonchasiga matnni, grafikani, jadval va diagrammalarni joylashtirish
mumkin. Undan tashqari biz didimizga mos dizayn tanlab san’atkorona jihozlashgan prezentasiya qolipini
o’zgartirishimiz mumkin. Bunda prezentasiya mazmuni saklab qolinadi,faqat uning tashqi ko’rinishi
o’zgaradi. Power Point programmasini quyidagi ketma – ketlikda ishga tushiriladi.
Pusk- Программы - Power Point
Power Point programmasining asosiy elementlari.
Ekranda axborotlarni ifodalash.
Power Point foydalanuvchiga ishlash va axborotlarni har xil ko’rinishlarini tomosha qilish imkoniyatini
beradi. Dastur bosh oynasining quyi qismidagi tugmachalardan birini bosib 5 ta ko’rinishlar bilan tanishish
mumkin.
1. Slaydlar qiyofasi ancha qulay holda bo’ladi, agar biz ohista har bir slaydni shakllantirsak ,unga
jihoz tanlasak, unga matn yoki grafika joylashtirsak.
2. Prezentasiya matni bilan ishlash uchun tuzilma qiyofasini o’rnatish kerak. Bu holda slaydlar
sarlavhasi, prezentasiyaning matn va tuzilmasi bilan tanishib chiqish mumkin bo’ladi.
3. Slaydlarni saralovchi qiyofasi slaydlarni ekrandagi muddatli boshlash uchun juda qulaydir.
Bundan tashqari bu rejimda slaydlarni almashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |