Analogli signallarni raqamlashtirish
Ovozni saqlash va uzatish iborasiga ko’p marta duch kelganmiz. Lekin bu jarayon haqiqatda qanday
sodir bo’lishi haqida hamma ham aniq tasavvurga ega emas.
Ovozni yozish tabiiy ma’noda Edison fonografidagi ovoz yozish jarayonidagina tushunilishi mumkin.
Qolgan barcha hollarda ovoz saqlanganida ovozning o’zi emas, balki yozish vaqtida havo tebranishi qanday
bo’lganligi haqidagi ma’lumot saqlanadi.
Hozirgi vaqtda ovozli ma’lumotlarni saqlash va uzatishning ikki usuli mavjud – analogli va raqamli.
Analogli holatda tovush bosimining o’zgarishi boshqa fizik kattalik, masalan, elektr kuchlanishining
o’zgarishiga proporsional bo’ladi. Elektr kuchlanishining o’zgarishi ovozli ma’lumot “tashuvchisi”
hisoblanadi. Yaqin kunlargacha ovoz yozish va radioaloqalarda bu usul yagona bo’lgan. Analogli
elektronikada kuchlanishning o’zgarishi tovush bosimining o’zgarishiga mos bo’lishi muhim bo’lgan.
Ma’lumki, tovush to’lqini amplitudasi ovoz balandligini, uning chastotasi esa ovoz tonining balandligini
aniqlaydi, demak, analogli uslubda ovozli ma’lumotning ishonchli saqlanishi uchun elektr kuchlanishi
amplitudasi tovush tebranishi amplitudasiga proporsional bo’lishi kerak. O’z navbatida, kuchlanish chastotasi
tovush tebranish chastotasiga mos bo’lishi kerak. Bundan ko’rinadiki, elektr signal shakli tovush tebranish
shaklining nusxasi bo’lib, amalda ovozli ma’lumot tashuvchisi bo’la oladi. Tovush tebranishini elektr
kuchlanishiga aylantirish uchun oddiy mikrofondan foydalanish mumkin. Elektr kuchlanishi o’zgarishini esa
magnitofonlarda lenta magnit maydoni o’zgarishiga yoki optik ovoz yozishlarda kinoplyonka ovoz
yo’lakchasidagi ovoz potoklariga mos qo’yish mumkin bo’ladi. Ovoz haqida ma’lumot olishining ikkinchi
usulida tovush to’lqinlarida bosim qiymatining o’lchanishi, bunda tovush tebranishini ifodalovchi raqamlar
38
ketma-ketligi – raqamli signallar nazarda tutiladi. Signal shaklini to’g’ri uzatish uchun bu o’lchashlarni tovush
signallarining eng yuqori chastotali davrida tez-tez o’tkazish zarur. Raqamli ovozlar tizimiga raqamli
mikrofon (ovoz bosimi o’lchagichi), raqamli magnitofon yoki uzatgich (katta miqdordagi raqamlar massivini
saqlash va uzatish uchun) va raqamli ovoz kuchaytirgich (raqamlar ketma-ketligini ovoz bosimi o’zgarishiga
aylantirish uchunqurilma)larni kiritish mumkin. Hozirgi kunda raqamli ovoz yozish tizimlarida asosan
anologli elektroakustik mikrofon va ovozkuchaytirgich (dinamik) lar qo’llaniladi, raqamli qayta ishlashda esa
ovoz chastotalarining elektrik signallari tahrir qilinadi.
Umuman olganda raqamli signallar o’zida elektr sxemalardagi turli zanjirlarni mantiqiy elementlar
yordamida ulovchi va uzuvchi to’g’ri burchakli hsakldagi impulslarni namoyon qiladi. Raqamli signallar
shakli va kuchlanishi bilan ishlovchi anologli elektronikadan farqli ravishda raqamli elektronikada ikkilik
signallar – “0” va “1” ga mos keluvchi diskret darajali signallar qo’llaniladi.
Analogli signalni raqamliga o’tkazish deyarli barcha tizimlarda bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Dastlab analogli tovush signali signal chastota yo’laklarini chegaralovchi va tovushning tiniq eshitilishiga
xalaqit beruvchi shovqinlarni tozalovchi analogli filtrga tushadi. So’ngra analogli signaldan tanlash/saqlash
sxemalari yordamidagi sanoq boshlanadi: ma’lum bir davrdagi analogli signallarning lahzalik darajasi saqlab
boriladi. Sanoq anologli-raqamli o’tkazgichlarga o’tib, unda har biri raqamli kodga yoki songa aylantiriladi.
Hosil bo’lgan raqamli kod bitlar ketma-ketligi ovozli signallarning raqamli shakli hisoblanadi. Shunday qilib,
uzluksiz analogli ovoz signallari vaqt va kattalik bo’yicha raqamli-diskret qiymatga aylanadi. Ko’pchilik ovoz
kartalarida standart diskretizatsiya chastotasi 44.1 va 48.0 KGsni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |