Oraliq test sinovi – ta’lim jarayonida bilimlarni nazorat qilish shakli.
Pedagogik axborot texnologiyalari – kompyuter, tarmoq texnologiyasi va didaktik vositalarni
foydalanishga asoslangan texnologiyalar.
Server – axborot-ta’lim resurslarini tarmoqda joylashtirish va uni tarqatish uchun mo‘ljallangan
kompyuter qurilmalari majmui.
Sinxron kommunikasiya – real vaqt rejimidagi muloqot (chat, video-audio konferensiyalar) qilish
imkoniyatini beradigan muloqot shakli.
Ta’lim maqsadi – tizimlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, faollik va
mustaqillikni rivojlantirish, butun dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish.
Tasvir –o‘quvchilar tomonidan ko‘rish orqali qabul qilishga mo‘ljallangan axborot shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |