O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 1.03 Mb.
Sana24.02.2017
Hajmi1.03 Mb.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


Urganch shahar 1-son o’rta ta’lim maktabining “Mehnat ta’limi”fani o’qituvchisi Sanobar Raxmanovaning

OCHIQ
DARS ISHLANMASI

Mavzu: Milliy bosh kiyimlardan doppi tikish tehnalogiyasi. Doppini bichish . bo’laklarga tanlangan naqsh elementlarini biser, piston yordamida tikib tugatish. Bo’laklarni bir-biriga ulash,ishni yakunlash



Mashg’ulotning texnologik xaritasi va o’tkazilish ishlanmasi


Mavzu:

Milliy bosh kiyimlardan doppi tikish tehnalogiyasi. Doppini bichish . bo’laklarga tanlangan naqsh elementlarini biser, piston yordamida tikib tugatish. Bo’laklarni bir-biriga ulash,ishni yakunlash

6-sinf 4- chorak 59-60 mavzu.



Maqsad, vazifalar

Maqsad: O’quvchilarga milliy bosh kiyimlardan doppi tikish tehnalogiyasi haqida tushuncha berish.

Vazifalar:

  • o’quvchilarni o’rganganlarini hayotga tadbiq etishga, tejamkorlikga, texnika va gigiena qoidalariga rioya qilishga o’rgatish;

  • o’quvchilarning ijodiy faolliklarini oshirish, texnik tafakkurini rivojlantirib mustaqil ishlashga o’rgatish.




O’quv jarayonining mazmuni

O’quvchilar buyumlarning eskizi va texnologik xaritasini tuzishni o’rganadi. Tayyorlanma uchun materialni tanlashni va uni rejalashni o’rganib, tayyorlash ko’nikmalariga ega bo’ladi. Amaliy mashg’ulotlar jarayonida xavfsizlik va gigiena qoidalariga rioyaqilish qilishni o’rganadi.


O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Suhbat, ko’rgazmalilik, aqliy hujum, toza-doska.

Shakl: Kichik guruhlarda ishlash, amaliy, hamkorlikda ishlash tehnologiyasi.

Jihoz: Mavzuga oid slaydlar, tarqatmalar, rasmlar.

Nazorat: Kuzatish, savol-javob.

Baholash: Rag’batlantirish, 5-balli tizim asosida.


Kutilayotgan natijalar

O’qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar o’zlashtirishlariga erishadi. O’quvchilarning mashg’ulot davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga, kasb-hunarga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Mashg’ulot davomida barcha o’quvchilarni baholashga erishadi.

O’quvchi: Mavzu bo’yicha yangi bilimlarni egallaydi. Guruhda ishlashni o’rganadi. Bilim, ko’nikma va malakalari rivojlanadi.

Uyga vazifa

O’qituvchi: Mavzu bo’yicha qo’shimcha yangi ma’lumotlar to’plash. Mavzuga oid test va tarqatma materiallarni tayyorlash. Kelgusi dars jarayoniga tadbiq etish.

O’quvchi: Mavzu bo’yicha olgan bilim, ko’nikma va malakalarini amaliy mashg’ulot jarayonida qo’llash va mustaqil ravishda doppi tikishni o’rganish



Kelgusi rejalar

O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish, dars jarajoniga tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratini oshirish.

O’quvchi: Texnologik xarita bilan mustaqil ishlashni o’rganadi va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. O’zining va guruh fikrini tahlil qilib, bir echimga kelish malakasini hosil qiladi.


Darsning borishi


Bosqichlar

Mazmuni

Metodlar

Ajratilgan vaqt


Tashkiliy qism:

Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, guruhlarga bo’lish.

Suhbat

10


O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

Mavzuga oid muammoli savollarni tarqatma material sifatida guruhlarga tarqatadi. Bergan javoblariga qarab guruh a’zolari baholanadilar

Bahs-munozara, savol-javob

10


Yangi mavzu bayoni:

Mavzuning maqsadi, ma’no-mazmuni , qo’llaniladigan ish usullari o’quvchilarga tushuntirib beriladi.

Ko’rgazmalilik, aqliy hujum

15


Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash:

Klaster va toza doska metodlari asosida o’quvchilar bilimi mustahkamlanadi.

Klaster, toza doska

10


Amaliy mashg’ulot:

Oquvchilarning bilimini mustahkamlash maqsadida sabzi taxta yasash topshirig’i beriladi.

Amaliy

35


Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

doppi tikish

Og’zaki

10



Yangi mavzu
Har bir millatning o‘zligini namoyon etadigan, boshqalardan ajralib turadigan turmush tarzi, urf-odat va an’analari, tarixan shakllangan qadriyatlari bor. Bu esa asosan xalq hunarmandchiligi, me’morchiligi, liboslari, umuman olganda madaniy va ma’naviy hayotda o‘z aksini topadi. Mamlakatimiz rahbarining biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz deyishi bejiz emas.


Do’ppi — O’zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do’ppi kiyish dastlab Eronda va turkiy xalqlar o’rtasida, . Rossiyada esa XIII asrda rasm bo’lgan. Asrlar davomida do’ppining turli xillari vujudga kelgan. Baxmalga, satinga, sidirg’a shoyiga ip, ipak va zar bilan do’ppi gullari tikilgan. O’zbekistonda, Toshkent, Chust, Buxoro, Samarqand, Boysun, Shahrisabz do’ppilari mashhur bo’lib, ular o’ziga xosdir. Jumhuriyatimizning barcha rayonlarida do’ppi tikiladi. Uning Iroqi, Chust do’ppi, Gilam do’ppi, Chakma to’r, Qizil gul, Piltado’zi, Zardo’ppi, To’ldirma deb nomlanadigan milliy do’ppilar bor. Har bir do’ppi yaratilish uslubiga ega bo’lib, ular bir-biridan farq qiladi. O’zbekistonda ommaviy bosh kiyimi asosan uch xil shaklga ega bo’ladi. «Kuloh», «araqchin», «tusdo’ppi».

Kuloh—konussimon bosh kiyim. U asosan darveshlar qalpog’i. Uning matohi toq uchburchak parchalaridan bichilib yonlamasiga tikiladi. Kuloh (erkaklar bosh kiyimi) hozir juda kam uchraydi.

Araqchin — sharsimon do’ppi, uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda sharsimon do’ppilar kanda xayol, bosma, chakmato’r, iroqi chok usullarida tikiladi.

Tus do’ppi — Keng tarqalgan yassi yuzali do’ppi. Ko’pincha tus do’ppi chust do’ppi deb yuritiladi. Tus do’ppilarning birgina klassik variantining o’zida sakkizta yuvelir chok uslubi qo’llaniladi. Masalan, zanjira, to’g’ri chok, chita, kungura, yetalatma, taroq, ova, pildiroq. Chust do’ppisi-ning tepasiga kvadrat shaklida bo’rtib chiqib, yarim shar ko’rinishida bo’ladi.? Toshkent do’ppisi sidirg’a baxmaldan (gulsiz) tikilgan bo’ladi. Buxoro do’ppilari sidirg’a yoki gulli baxmaldan jiyakli qilib tikipadi, jiyagi turli xil ipaklardan rangdor naqshli yo’rma usulida tikilgan bo’ladi.

Qadimgi davrlarda bosh kiyimga qarab o`zbeklarning etnik va lokal guruhlari bilan farq qilingan. Erkaklar boshiga asosan turli xildagi do`ppi (do`ppi, taqyo) kiygan, ayollar esa ko`pincha rang -barang ro`mol yopingan. Do`ppining dastavval tagini va gardishi (kizagi) ni ayrim holda tikib kashtalaganlar va mayda kavalab qo`shib tikkanlar



Biroz yapaloq yassi shaklda ichiga o`rab qog`oz bilan mayda qaviq qilingan do`ppilar asosan Farg`ona vodiysida ma`lum. Ayniqsa «Bodom» yoki «qalampir» chaqish oq ipak ip bilan tagi qora matolarga kashtalangan Chust do`ppisi nafaqat vodiyda, balki Chustdan tashqarida ham mashhur. Tagi kashta qilinib, rang -barang gul shaklidagi Xo`jand-o`rtatepa do`ppilari butun o`zbekitonga tarqalgan.





Xorazm o`zbeklarining ayollari ipakdan tikilgan doirasimon shakldagi gulli taxyo (do`ppi) ga ipdan yoki qush patidan popuk o`rnatganlar, tangalar osganlar.

Odatda, do`ppiga nozik gul qadab tikiladi, ayrim ayollarning do`ppisiga mayda munchoq, marjonlar. Xorazmliklarda jiyak va popuk taqiladi. Ilgari konus shaklidagi do`ppilar Toshkent, Samarqand, Shahrisabzda tarqalgan, endi esa Shahrisabzda saqlangan.






Bugungi kunda Respublika Davlat amaliy san’at muzeyida badiiy ijodiyotning mustaqil turi bo‘lgan o‘zbek do‘ppilarining noyob namunalari saqlanadi. Xususan, Toshkentning «iroqi», «chorgul», «chamanda gul», «takdo‘zi», «oqlar», Shahrisabzning «iroqi», «gilam do‘ppi» deb ataluvchi turlari, Chustning qora satinga oq ipak bilan tikilgan «qalampir» nusxasi, Denov, Urgut, Samarqand va boshqa joylarda tayyorlangan do‘ppilar bir-biridan o‘ziga xos kashta gullari bilan ajralib turadiki, ulardan hayratlanmaslik mumkin emas.




O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning «Do‘ppi» nomli she’rida shunday satrlar bor:



Rost do‘ppilar, Yolg‘on do‘ppilar... Chust do‘ppilar, Anjon do‘ppilar, Munchoqdek Marg‘ilon do‘ppilar...

Go‘yoki shoir ushbu fikrlari bilan ba’zan e’tiborsizligimiz, ba’zan esa mohiyatini anglamasligimiz oqibatida boshimizga kiyib olgan «do‘ppi»larni nazarda tutayotganday tuyiladi. Bir paytlar arab davlatlaridan sovg‘a sifatida keltirilgan «oq do‘ppilar» bugungi kunga kelib ancha ko‘payib qoldi.



Zero, asrlar davomida aziz boshimizni bezab turgan haqiqiy o‘zbek do‘ppisi bilan har qancha g‘ururlansak arziydi.







Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa