O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


-MAVZU: ZAMONAVIY TA`LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYASI MASOFALI O`QITISH TEXNOLOGIYASI



Download 8,02 Mb.
bet248/301
Sana07.08.2021
Hajmi8,02 Mb.
#141351
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   301
Bog'liq
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi

5 -MAVZU: ZAMONAVIY TA`LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYASI MASOFALI O`QITISH TEXNOLOGIYASI
 Reja:

  1. Axborot texnologiyasining maqsad va vazifalari.

  2. YAngi axborot texnologiyalarining tiplari.

  3. O’qituvchining komp’yuterli yangi pedagogik texnologiyalari.

  4. Masofali ta`lim haqida tushuncha. Masofali o’qitish tizimida o’qituvchining o’rni.

  5. Internet: masofalai ta`limning asosiy bo’g’ini. Masofali ta`lim tizimiga yondoshuv va ayrim muammolar.

Tayanch iboralar:

  Axborot texnologiya, Zamonaviy axborot texnologiyasi, yangi axborot texnologiyasi, o’qitishning yangi axborot texnologiyasi, o’qituvchining axborot madaniyati, telekommunikatsiya vositalari, hisoblash texnikasi vositalari, axborot texnologiyasining noan`anaviy manbalari, komp’yuterli texnologiyalar, universal tipdagi axborot texnologiyalar. Masofadan o’qitish, masofadan o’qitishning turlari, masofadan o’qitishning afzalliklari, masofadan o’qitishning kamchiliklari, elektron qo’llanma, WEB – sayt sahifasi, elektron qo’llanmaning imkoniyatlari.


  Pedagogik oliy o’quv yurtlari va universitetlarda bo’lajak o’qituvchilarni maktab ishiga tayyorlash tizimida yangi axborot texnologiyasi bilan qurollantirish muhim o’rni egallaydi. Maktab o’qituvchisi ishlab chiqarish taraqqiyotining kelajagi, yo’l-yo’riqlari va xususiyatlarini bilishi, shu bilan birgalikda o’zi yashab turgan xalqning an`analari va urf-odatlaridan xabardor bo’lishi lozim. Aholining ruhiyatini, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy, xuquqiy, maishiy, oilaviy odatlari haqida yangi axborot olib turishi va buni o’z ta`lim tarbiyaviy ishlarida foydalanishi axborot texnologiyasini vazifalaridan biridir. Bu yangicha mazmun – axborotlarni o’quvchilarga ma`lum vaqt chegarasida etkazish jarayonini tezlashtiruvchi omillardan biridir.

Asosiy e`tibor hozirgi zamon talablari asosida ishlay oladigan maktablar, bolalar bog’chalarida ijodkorlik, izlanuvchanlik bilan mehnat qilish, tajriba va sinovlar o’tkazishdan cho’chimaydigan, ta`lim sohasidagi islohotlar yo’nalishi va mohiyatini chuqur anglaydigan, o’z kasbiga sadoqatli o’qituvchi va tarbiyachilarni tarbiyalab berishga qaratilmoqda.

Zamonaviy axborot texnologiyalari, komp’yuterlashtirish va komp’yuter tarmoqlari negizida ta`lim jarayonini yangi axborotlar bilan taminlash rivojlanadi.

Axborot texnologiyasining yana bir maqsadi insonparvarlik g’oyalarini targ’ib etish bilan birga umumiy emas, aniq bir shaxs tarbiyasiga qaratilgandir. YA`ni hozirgi har bir o’quvchining va talabaning boshqa zarur sifatlardan tashqari mustaqil, erkin, xur fikrli bo’lib voyaga etishga butun diqqat e`tibor qaratilgan. Hozirgi yangi pedagogik texnologiya, ta`lim standartlari, ular asosida tayyorlanayotgan darsliklar va qo’llanmalar o’zining mazmun-mohiyati bilan yoshlarning ana shunday mustaqil fikrli qilib tarbiyalashga qaratilgan.

SHu nuqtai nazardan «Ta`lim to’g’risida»gi Qonunning yangilanishi tabiiy hol. Lekin mazkur qonunni oldingi qonundan farqli ravishda yana bir muhim hujjat «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bilan birgalikda qabul qilinishi uning ahamiyatini yana ham takomillashtirib yubordi. CHunki milliy dasturda ta`lim tizimimiz erishgan muvaffaqiyatlar, hal etilgan muammolar, ta`limni isloh qilishni unda ko’zda tutilgan barcha maqsad va vazifalarni amalga oshirish axborot berilgan.

Axborot texnologiyalari va ularning ta`limda qo’llash. «Axborot texnologiyasi» haqida tushunchalarni oydinlashtirish uchun quyidagi misolga murojaat qilaylik: Respublikamizda har kuni yuzlab ro’znomalar chop etiladi. Har qanday ro’znomalarni tayyorlanishi eng avvalo turli manbalardan (malliflardan, axborot agentliklaridan) olingan axborotlarni saralash va tahlil etish chiqishdan boshlanadi. Mazkur jarayon natijasida tanlangan materiallar tahlil uchun muharrirga beriladi. Ular chop etishga tayyor bo’lgach, ro’znomalarni sahifalarga joylashtirish maqsadida yana bir bor ko’rib chiqiladi va har bir material uchun talab etilayotgan satx aniqlanadi. endi ana shu satxlarni ro’znomaning sahifalariga joylashtirb chiqiladi va shu tariqa ro’znomalarning bo’lg’usi soni maketi tayyor bo’ladi. Bu maket chop etish uchun bosmaxonaga topshiriladi. Xarf teruvchilar mos shrift tanlab bo’lgach, ro’znoma ko’plab nusxada chop etiladi. Ko’rinib turibdiki, bir qancha jarayonlar bosqichma-bosqich bajarilmoqda. Mazkur jarayonlar ro’znomalarni chop etish texnologiyasini tashkil etadi. Demak, texnologiya deganda ma`lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchilik faoliyati tushuniladi.

Axbrotlarni qabul qilib qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug’ullanuvchi texnologiyalarni komp’yuter asosida joriy etish yangi axborot texnologiyalarini (YAAT) vujudga keltirar ekan. Hozir zamonaviy mutaxassisni uning komp’yuter savodxonligisiz tasavvur etib bo’lmaydi, chunki zamonaviy ishlab chiqarish va uni boshqa jarayonlarni YAAT dan u yoki bu darajada foydalanishni taqozo etadi. SHu talablar darajasida kelib kelib chiqib YAAT ikki guruhga bo’linadi:

1. Matn protsessorlari, elektron jadvallar, ma`lumotlar jumlasi, grafik muharrir, mul’ti model va telekommunikatsion texnologiyalar. Bu axborot texnologiyalarini universal tipdagi yangi axborot texnologiyalari deyiladi.

2. Ma`lum bir tor yo’nalishdagi kasbiy faoliyatda ishlatiluvchi maxsus yangi axborot texnologiyalaridir. Bularga ro’znomani chop etish, buxgalterlik hisobini amalga oshirish, komp’yuterli animatsiya va loyihalar tayyorlash kabi komp’yuterli texnologiyalar kiradi.

Ana shunday maxsus YAAT larning hozirda unchalik rivojlanmagan, lekin kelajagi porloq bir qismi o’qitishning yangi axborot texnologiyalari (UYAAT) ni tashkil qiladi. YUqoridagi ta`rifga ko’ra UYAAT har qanday ta`lim texnologiyasining asosiy qismi bo’lish bilan axborot berish va uni qabul qilish jarayonlarning komp’yuterlashtirish jarayonida vujudga keladi. UYAAT ning universal tipdagi farqi shundaki, ommaviy YAAT o’quvchilar tomonidan qandaydir bir ijobiy ishni (devoriy gazetani bezash, prasm chizish, musiqa yaratish va hokazo) amalga oshirish uchun ishlatiladi. UYAAT esa o’quvchini emas, u eng avvalo o’qituvchining texnologiyasidir. O’quvchi UYAAT ni o’rganmaydi, balki uning mahsulotidan o’qitishning vositasi sifatida foydalanadi. O’qituvchi UYAAT ni qo’llab darsga tayyorlanadi, darsni tashkil qiladi. O’quvchilar bilishini nazorat qiladi va ularga uy vazifalarini beradi. Hozirgi kundagi va yaqin kelajakdagi ta`lim tizimini takomillashtirishda komp’yuterlashtirishni eng yuqori darajasi UYAAT ning yangilarini yaratish va ularni ta`lim jarayoniga olib kirishdan iborat.

UYAAT dan ta`lim tizimida foydalanish o’qituvchiga ham, o’quvchiga ham quyidagi qulayliklarni yaratadi:

1. Zamonaviy UYAAT o’quvchilarga axborotni noan`anaviy manbalariga murojaat qilish imkoniyatini ochib beradi. Mustaqil ishlari samaradorligini oishardi va ijodiy faoliyat bilan shug’ullanishlari uchun keng imkoniyat beradi.

2. UYAAT qo’yilgan didaktik maqsadlarni amalga oshirish uchun o’qituvchilarga o’qitishning turli shakllaridan foydalanish imkoniyatini beradi. UYAAT dan foydalanar ekan, o’qituvchi komp’yuterlashtirilgan o’qitish va nazorat qilish dasturlarini o’z talabiga ko’ra o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

3. UYAAT ni qo’llash orqali o’qituvchilar o’quvchi shaxsini rivojlantirish, ijodiy izlanish va birgalikda ishlash, o’quv dasturlarini eng maqbullarini tanlash yoki yangilarini yaratish uchun qo’shimcha imkoniyatlarga ega bo’ladi.

4. Telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishga asoslangan YAAT ni qo’llash natijasida o’quvchilar o’zini axborot bilan ta`minlanganlik darajalarini oshiribgina qolmay, balki deyarli butun dunyodagi hamkasblar bilan muloqot qilishdek ajoyib imkoniyatga ega bo’ladi.

Bu vazifalarni bajarish yo’lida yaqin yillar ichida quyidagi ishlar qilinishi maqsadga muvofiqdir:

1. Komp’yuterlashtirishning har ikkala tizimi ham rivojlanib boradi. Buning uchun shu sohada qabul qilinayotgan me`yoriy, xuquqiy hujjatlarga asoslangan holda uzluksiz ta`lim tizimini maktabgacha tarbiya tizimidan tortib, kadrlar malakasini oshirish bosqichigacha bo’lgan barcha bo’g’inlarini komp’yuterlashtirish tizimini vujudga keltirish kerak.

2. Ta`lim muassasalarini eng kamida to’rtinchi avlodga mansub xisoblash texnikasi bilan ta`minlashni yo’lga qo’yish va komp’yuterlarni mul’timedia vositalari bilan jihozlashga alohida e`tibor berish lozim.

3. Hozirda juda ham oz bo’lgan o’qitishning yangi axborot texnologiyasini yaratish bilan shug’ullanuvchi alohida ilmiy-metodik markaz tuzilmog’i va unda tajribali metodistlar va malakali dasturchilarni birgalikdagi faoliyatini tashkil etish lozim.

4. Telekommunikatsiya vositlari va komp’yuterlararo tarmoqlardan foydalanish asosida masofadan o’qitish tamoyillarini ta`lim tizimiga joriy etish lozim.

SHunday qilib, UYAAT o’qituvchi va o’quvchilarni bilim olish yo’lidagi asosiy omillardan bo’lib qoladi.

2001-2005 yillarda komp’yuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Zamonvaiy komp’yuter» va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta`limning barcha sohalariga keng joriy etish, halqaro axborot tizimlariga, shu jumladan «Internet» ga kirib borishni kengaytirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida 2001 yil 24 may Vazirlar Mahkamasining qarori chiqqan edi.

SHu munosabat bilan barcha o’quv muassasalarida, oliy o’quv yurtlarida, o’quv tizimini yangidan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng jalb qilish, rivojlangan mamlakatlar o’quv tizimidagi yangiliklar, yutuqlarni o’rganish va ularni o’zimizda tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.

Hozir bu yo’nalishda Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligida, qolaversa, bir qator universitetlarda, jumladan O’zbekiston Milliy universitetida keng ko’lamda ilmiy-uslubiy ishlar olib borilmoqda. Bunda «Masofadan o’qitish» alohida o’rini tutishini uqtiramiz.

Hozirda bu jumladan rivojlangan mamlakatlar o’quv tizimining asosini tashkil etadi. Bu tizim orqali talabalar faqat belgilangan joydagi auditoriyalarda ta`lim olmasdan, ma`lum masofadan turib o’rganish, muloqot o’rnatish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu kabi o’quv tizimi Amerika, Hindiston ochiq universitetlarida keng yo’lga qo’yilgan.

Masofadan o’qitishning turli ko’rinishlari mavjud:

- lokal komp’yuter tarmog’i orqali;

- global komp’yuter tarmog’i orqali;

- maxsus kabel’ televideniyasi orqali;

- har xil kompakt disklar, kassetalar orqali foydalanish turlari.

Masofadan o’qitishning ustun tomonlari quyidagilardir.

- o’qituvchi va talaba vaqtdan yutadi;

- talabani zamonaviy texnologiyalarga yaqinlashtiradi;

- har tomonlama tejamkorlikka ega;

- albatta asosiysi – o’qitishda, masofa tanlamaydi;

- talabalarning o’rganishi uchun qulay, oson va sodda;

- qayta o’zlashtirish, takrorlash, vaqtga moslash imkoniyati mavjud;

- keyinchalik ish joyida zamonaviy texnologiyalarda tadbiq etish uchun mos;

-o’quv materialini zamon talabiga binoan tez va doimiy o’zgartirish imkoniyati mavjud.

SHu bilan birga kelajak uchun muammo bo’lmagan kamchiliklari ham mavjud;

- albatta foydalanishda zarur komp’yuter va texnika qurollari mavjud bo’lishi;

- kerakli texnologiyalardan foydalanishda etarli ko’nikmaga ega bo’lish;

- texnik ko’rsatkichlarga tobeligi.

Masofaviy ta`lim quyidagi model bo’yicha bajariladi.

Bu modelda ko’rsatilgan, yuqoridagi 3 ta bo’limdan 1 tasi bo’lmasa ham masofaviy ta`lim bajarilmaydi, albatta 3 ta bo’lim bo’lishi zarur va murojaat ham ko’rsatilgan yo’nalishlr bo’yicha bajarilishi lozim.

Masofadan o’qitishni naafaqat ta`lim sohasida, balki kundalik turmushimizning barcha sohalarida ham qo’llash mumkin va yaxshi natijalar beradi:

- bank va moliya sohasida – turli ma`lumot olish, almashish;

- huquqni muhofaza qilish organlarida – tezda ma`lumot almashish;

- savdo – sotiq sohalarida;

- bog’cha – yaslilarda qo’llash;

- transport tizimida foydalanish;

- harbiy sohalarda qo’llash;

- meditsinada hamkorlikda ish olib borishda qo’llash;

- kutubxona tizimida foydalanish;

- dam olishda va boshqa sohalarda foydalanish imkoniyatlari mavjud.

Hozirda masofadan o’qitishning bir necha modellari ishlab chiqilgan qo’llanmalarni ularda joylashtirish va ulardan foydalanishni tashkil qilish bo’lsa, ikkinchisi har xil elektron qo’llanmalarni tayyorlash va ularni SD lar orqali foydalanishni tashkil qilish hisoblanadi. SHu munosabat bilan o’quv yurtlari uchun SD o’quv materiallarini tezda chop etuvchi markaz tashkil qilish zaruriyati tug’iladi.

SHu maqsadda bakalavr yo’nalishlar uchun «Informatika» fani bo’yicha elektron qo’llanma tayyorlandi. Bu qo’llanmani Internetga joylashtirish yoki SD lar orqali foydalanuvchilar e`tiboriga havola qilish mumkin.

Elektron qo’llanma asosan Oliy o’quv yurtlari uchun mo’ljallangan, lekin undan barcha bilim yurtlari, kollej talabalari, o’qituvchilar va umuman ixtiyoriy foydalanuvchi o’ziga tegishli ma`lumot olishi, o’rganishi mumkin.

Elektron qo’llanma zamonaviy uslub va dizaynlar asosida WEB – sayt ko’rinishida yaratilgan deb qarash mumkin. SHu bilan birga qo’llanma oddiy foydalanuvchi uchun oson, qulay ko’rinishda bo’lishiga ham e`tibor berilgan. U oddiy va qulay interfeysga ega.

WEB – sayt (sahifa) uchun O’zbekiston Milliy universiteti, informatika kafedrasi mudiri, prof. M.Aripov tahriri ostida Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun yozilgan «Informatika» nomli o’quv qo’llanmasi asos qilib olindi va uning elektron varianti ishlab chiqildi. Undan Respublikaning ixtiyoriy oliy o’quv yurti, o’rta kasb-hunar ta`limi talabalari, o’qituvchilarni joylarda (hatto xorijiy mamlakatlarda) turib foydalanish mumukin.

Bu WEB – sayt hozirgi zamon programmalash texnologiyalari hisoblangan FrontPage 2000, CorelDraw, Word 2000, Power Point 2000, MacroMedia Flash 5, MS Liquid Motion, Java tili, Java Script vositalaridan foydalangan holda, animatsion ko’rinishda va zamonaviy informatikaning mul’timdia imkonyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Qo’llanma muloqot shaklida tuzilgan. WEB – saytga murojaat qiluvchi avval bosh (homepage) sahifaga ulanadi va u orqali mundarijaga o’tib, kerakli bo’lim (bob)ga kirishi mumkin. Har bir bo’lim ham o’z navbatida yana qism bo’limlarga bo’lingan bo’lishi mumkin, bu esa kerakli ma`lumotlarni tez ko’rib chiqish va foydalanishga qulayliklar yaratishga xizmat qiladi. SHu bilan birga komp’yuter ish tezligini ham oshiradi.



Download 8,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish