Informatika va axborot texnologiyalari fanidan testlarni tuzish,
o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish shakl va usullari
Test (ingliz – text - tajriba) diagnostika metodi bo’lib, standartsavollar beriladi.
Test sistemasi o’quvchilarni baholashning boshqa ko’rilganmetodlariga qaraganda
qanday afzallikka ega? Undan foydalanishmohiyati nimada? Bu savollarga jabov
beramiz.
1. Barcha o’quvchilarga teng sharoit yaratiladi (vaqt hisobida ham, testsavollarini
tanlash hisobida ham).
2. Ma’lum vaqt ichida ham o’quvchilarning keng doirasini, hammavzuning to’liq
mazmunini qamrab olish mumkin.
3. Berilgan savollarda tasodifiylik elementlari kamayadi, bu esaimtihon
oluvchining noxolisligini yo’qqa chiqaradi.
4. Imtihon oluvchi va topshiruvchi o’rtasida sub’ektiv fikrni yo’qqachiqaradi.
5. Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birgao’qituvchi va
o’quvchi ustida nazoratni yengillashtiradi.
6. Test javoblariga mashina tomonidan tezda statik ishlab chiqish imkoniyatiga ega
bo’ladi, chunki savol va javoblar standart shaklgaega.
Testlarni bir qancha turlari mavjud: eslash va to’ldirish uchun testlar; tanlov
testlari. Tanlov testlari o’z navbatida alternativ, ko’ptanlovli va kesishuvchi tanlovli
testlarga bo’linadi.
9
Eslash va to’ldirish turdagi testlar o’quvchilarga gapdagi yoki bog’lovchi
matndagi bo’shliqlarni to’ldirish vazifasini qo’yadi. Masalan:
1-test. Qolib ketgan so’zni qo’ying.
Belgili o’zgaruvchanlik -- bu .... olingan belgilar ketma-ketligi.
A. Qo’shtirnoq.
V. Qavs.
S. Dumaloq qavs.
D. Kvadrat qavs.
Muqobil test - bu o’quvchi ikkita “ha yoki yo’q” javoblarini tanlashkerak bo’lgan
vazifalar.
2-test. Bayt 8 bitdan iboratmi?
A. Ha
V. Yo’q
Kesishuvchi tanlovli testlar bir qancha vazifalardan iborat bo’lib,bu vazifalar
bajarilgandan so’ng o’quvchi olgan natijalar va taxmin qilingan natijalar o’rtasida
muvofiqni tekshiradi.
3-test. Har bir son uchun Paskal tilida yozuv toping.
a) 7 1) 3E -10
b) 6,0 2) 1
v) 7,345678 3) 4.E 27
g) 0,00012 4) 87 8787.8
d) 0,00000000003 5) 6.0
e) 4 *1027 6) 999. Ye-11
j) 2,34455628921 7) 12. Ye-5
z) 1,000000001 8) 7
i) 878787,8 9)2.344556
k) 9,91*10 -12 10) 7. 345678
Ko’p tanlov testlari vazifa va javoblar to’plamidan (javoblardanbiri to’g’ri) iborat.
O’quvchi ushbu to’plamdan uning fikriga to’g’ri hisoblangan javobini tanlash kerak.
4-test. Delphi-bu:
A. Programma
V. Programmalash tili.
S. Yuqori darajali programmalash tili.
D. Ikkilangan kod tili.
Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda olinayotgan nazorat natijalari
haqiqiyligini ta’minlash uchun maxsus kompyuterli test usullar qabul qilingan:
10
- O’quv zahiralariga murojaatni maxsus parollar va identifikatorlar orqali amalga
oshiriladi; testlarning o’zi va natijalari maxsus shifrlar va kodlar yordamida
himoyalanadi; umumiy ma’lumotlarga murojaat maxsus vositalar yordamida amalga
oshiriladi
- Himoya uchun qo’shimcha qurilmalar, masalan videokamera, pin-kodlarni o’qish
qurilmalarini qo’llash
- Test savollari va javoblari variantlarini almashtirish va javob uchun aniq
belgilangan vaqt o’rnatish
Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda testlash. O’quvchilarning IAT
fanidan olgan bilimi sifatini baholash uchun maxsus tayyorlangan materiallar –
testlardan foydalanishimiz kerak. Ular tajriba to’plashning har bir bosqichi bo’yicha
tuzilgan bo’lishi kerak. Test – bu olingan bilimning sifati va darajasini aniqlab beruvchi
vosita hisoblanadi.
Testlash jarayonida sun’iy intellekt va bilimlar injeneringidan foydalanish
jarayonning mukammal bo’lishiga va natijalarning aniq chiqishiga yordam beradi.
Talimiy soatlarda ko’pincha real vaqtda ishlovchi testlarni ko’rish mumkin. Bu
rejimda test topshiruvchi serverdagi dasturga to’g’ridan-to’g’ri muloqot orqali javob
beradi. Testlar savollar va jabob variantlari (qoida bo’yicha biri to’g’ri qolganlari
noto’g’ri) dan iborat. O’quvchi javob berishi uchun kerakli variant ustiga sichqon
tugmasi bilan bosadi va keyingi savolga o’tishi mumkin bo’ladi. SHu asnoda test
variantlari tugatiladi va foydalanuvchiga u erishgan natija (to’g’ri javoblar soni) hamda
o’qishni davom ettirish (tugatish) haqidagi xabar chiqariladi.
Ko’p yillardan beri testlashni o’tkazish uchun xalqaro standart mavjud. Bu
standartga ko’ra o’tish bali to’g’ri javoblar soni bilan emas, balki, ma’lum bilimlarni
talab qiluvchi testlarga beriladigan javoblar bilan aniqlanadi.
Kompyuterli test tuzuvchilar bir qator qoidalarga rioya qilishlari kerak:
test testlash maqsadlariga to’g’ri kelishi kerak;
bilimlar qiymatini o’tiladigan darslarning umumiy tizimida aniqlash kerak;
testning formasi va mazmuni orasida aloqa bo’lishi kerak;
test topshiriqlari mazmun jihatdan to’g’ri bo’lishi kerak;
test mazmuni o’tilgan materiallarning mazmuniga mos kelishi kerak;
test fanning zamonaviy darajasiga mos kelishi kerak;
test mazmuni mukammal va muvozanatlangan bo’lishi kerak;
test mazmuni tizimli, shu bilan birga variantlarga ega bo’lishi kerak.
11
Har bir test boshlanishida masalani yechish uchun qisqa ko’rsatma beriladi.
Masalan: “To’g’ri javobni tanlang ...”, “Eng to’g’ri javobni tanlang...”, “bo’sh
maydonga mos javobni tanlang...” va h.k.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan testlarni yaratishda eng avval
qismlarga mo’ljallangan yo’nalishga asoslangan bo’lishi kerak. Bunda bitta
o’quvchining bilim, malaka va ko’nikmasi kutilgan natijalar bilan taqqoslanadi.
Testlash jarayonida boshlash, davom ettirish, to’xtatish va tugallash
imkoniyatlarini yaratish kerak. Testni boshlashdan oldin qatnashchi tizimga o’zini
tanishtirishi (autentifikatsiyadan o’tishi) kerak.
Lomovtseva N.V. o’quvchilarni masofaviy o’qitishda nazoratini tashkil qilishda
ko’zda tutilishi kerak bo’lgan quyidagi asosiy printsiplarini ajratadi:
Ob’ektivlik printsipi – informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda bilish
faoliyati sub’ektiv faktorga minimal ta’sir vaqtida baholanishi kerak.
Demokratiklik printsipi – informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda
hamma o’quvchilar, nazorat topshiruvchilar uchun bir xil sharoit yaratilishi kerak.
Ommaviylik va qisqa muddatlilik printsipi – Informatika va axborot
texnologiyalarini o’qitishda nazorat iloji boricha qisqa muddatdao’tkazilishi va iloji
boricha ko’proq o’quvchilarning bilimini sinash kerak.
Umumiy o’qitish nuqtai-nazaridan Informatika va axborot texnologiyalarini
o’qitish o’zaro aloqada bo’lgan va o’zaro bog’liq quyidagi tizimlardan iborat deyishimiz
mumkin: ma’lumotni yetkazib berish, materialni mustahkamlash, bilimlarni tekshirish,
o’quvchilar muvaffaqiyatlarini saqlash.
Nazorat turlari, uni o’tkazish tartibi va mezonlari o’quv ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosarlari tavsiyasi bilan umumiy o’rta ta’lim maktabining o’quv-uslubiy
Kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o’quv
dasturida mashg’ulot turlari bilan birgalikda ko’rsatiladi.
Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga
ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari
haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda o’quvchilarga e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |