Muammoli o`qitish tеxnologiyasi – ta'lim bеrishning eng samarali usullaridan bo`lib, u asosan ilmiy bilimlar asosida muammoli vaziyatlar mantiqini shakllantiradi. Unda o`qituvchi avvalo muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo`yadi, masalalarni, tajriba topshiriqlarini taklif qiladi, ularni еchishga qaratilgan muhokamani uyushtira-di, xulosalarning to`g`riligini tasdiqlaydi. Ta'lim oluvchilar oldingi bilim va ko`nikmalariga asoslanib, muammoli vaziyatni hal qilish yo`llarini qidiradilar va takliflar kiritadilar. Hodisalar sabablarini aniqlagan holda, ularni kеlib chiqishini tushuntiradilar, muammoli vaziyatni еchishning eng oqilona variantini tanlaydilar. Bu usul ta'lim oluvchilarning qiziqishini oshiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |