TEXNOLOGIYALAR » FANINING MAZMUNI
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
Ro`yxatga olindi
№БД 5140800-3.17
«13» avgust 2006y.
BOSHLANG`ICH TA’LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
fani dasturi
Bilim sohasi: 100000 - Ta’lim
Ta’lim sohasi: 140000 - O`qituvchilar tayyorlash va
pedagogika fani
Ta’lim yo`nalishi: 142000 – Boshlang`ich ta’lim va pedagogik
fanlar tarbiyaviy ishlari metodikasi.
Bakalavriat yo`nalishi: 5141600 – boshlang`ich ta’lim va sport
tarbiyaviy ish.
TOSHKENT – 2006
Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar fanining predmeti, maqsadi va vazifalari:
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida umumiy ma’lumot.
Zamonaviy pedagogik texnologiya tushunchasi, o`quv jarayoni, ta’lim muassasalarida o`quv jarayonini tashkil etishning Yangi metod va formalariga quyiladigan zamonaviy talablar. O`zbekiston Respublikasida ta’limning rivojlanishi va kadrlar tayyorlashning milliy dasturi.
Ta’lim jarayonida o`quvchi shaxsi, shaxsning sifat tizimi. O`qitish jarayonida bilim olish, malaka va ko`nikma hosil qilish. Innovatsion faoliyat tizimi va pedagogning innovatsion faoliyati.
Boshlang`ich ta’limda zamonaviy redagogik texnologiyalarga ilmiy- nazariy yondoshuv. Turli didaktikachi pedagoglarning pedagogik texnologiyalari haqida ma’lumot. Pedagogik texnologiyalarning YuNESKO e’tirof etgan tavsifi. Pedagogik texnologiyaning asosiy sifatlari, klassifikatsiyasi va ilmiy asoslari.
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiya: o`kuvchi shaxsiga yo`naltirilgan texnologiya, muammoli o`kitish, dasturli o`qitish, o`qitishning axborot texnologiyasi, mualliflik texnologiyasi, o`kitishning takomillashib borish texnologiyasi, o`yinli texnologiyalar, modul texnologiyasi, interaktiv texnologiyalar, bilimlarni nazorat qilish texnologiyasi. Tekxnologik karta.
Tuzuvchilar: Pedagogika fanlari doktori,professor
R.A. Mavlonova.
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
D.Abduraximova.
Taqrizchilar: pedagogika fanlari doktori,
professor U. Maxkamov.
Pedagogika fanlari doktori,
professor M.Xaydarov.
Dastur Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshidagi «Ta’lim» o`quv – metodik birlashmasida ko`rib chiqilgan va tavsiya qilingan.
2006 yil «___» _______dagi ____sonli majlis bayoni.
Oliy va o`rta maxsus kasb - hunar ta’limi o`quv- metodik birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning
2006 yil «___» _______dagi ____sonli qaydnomasi bilan tasdiqqa tavsiya etilgan.
1.KIRISH
1.1.Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar fani pedagogika universiteti va institutlarining boshlang`ich ta’lim va defektologiya fakulьtetning o`quv rejasiga kiritilgan bo`lib, mutaxassislik o`quv predmeti sifatida o`qitish ko`zda tutilgan.
Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiya fani yuzasidan tuzilgan mazkur dastur bo`yicha ishlashdan maqsad bo`lg`usi boshlang`ich ta’lim o`qituvchilariga, yordamchi maktab o`qituvchilariga pedagogik texnologiya fani yuzasidan nazariy bilim berish talabalarning pedagogik texnologiya fani bo`yicha savodxonligini oshirishdan iboratdir.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning asoslarini, asosiy operatsiyalarini, kategoriyalarini puxta o`zlashtirish jarayonida pedagogika institutlarning boshlang`ich ta’lim, defektologiya fakulьtetlari uchun nashr etilgan mavjud darslik, qo`llanmalar materiallariga ijodiy yondashish talab etiladi.
1.2. Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiya fanidan olib boriladigan darslar jarayonida talabalarning pedagogik texnologiya muammolarini taxlil qilish, kategoriyalarini puxta egallashlariga, mustaqil va ijodiy ishlash qobilyatlarini mumkin qadar rivojlantirishga, ilmiy izlanish, tadqiqot ishlari, malakalarini shakllantirishga ham e’tibor berish ko`zda tutilgan.
Shuningdek, ta’lim tizimini kadrlar tayyorlashni yangi vazifalarini mavjud o`qitish usullarini pedagogik texnologiya asosida qayta tashkil etish, auditoriyada, sinfda, darsda va darsdan tashqarida o`quv-tarbiyaviy ishlarni bajarishga kirishganda pedagogik jarayonning natijasini kafolatlash ham maqsad qilib olingan.
1.3.Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiya fanini chuqur o`rganish uchun pedagogika, pedagogik maxorat, psixologiya fanlaridan xabardor bo`lish talab etiladi.
1.4.Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyani puxta o`rgatish maqsadida o`qituvchining dars jarayonida slaydlar, prorektor, diaprorektorlar kabi zamonaviy texnologik vositalardan moxirona foydalanish maqsadga mufoqdir.
Texnik vositalar talabalarga o`qitilayotgan fanning mohiyatini chuqur anglashga imkon beradi, mashg`ulotning qiziqarliroq bo`lishiga, o`tilgan mavzuni eslab qolishga, vaqtni tejab qolishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |