Ta’limiy maqsad: kiyim tikishda mashina chok turlaridan o`rinli foydalanish Fk-1, FK-2 elementlarini singdirish.
Tarbiyaviy maqsad: Qizlarimizni hayotga tarbiyalash. Tеjamkorlik ishbilarmon bo`lishlikni ongiga singdirish. TK-1, TK-2 elementlari asosida tarbiyalash.
Rivolantiruvchi maqsad: O`quvchilarni kasbga bo`lgan qiziqishini uyg`otish. TK-3, TK-4- elementlari asosida rivojlantirish.
Darsning jihozi: Tikuv mashinasi, mashina chok turlari, gazlama, ish qurollari, chok turlaridan na'munalar tarqatmali tеstlar .
Darsning uslubi: noanaviy tushuntirish va amaliy.
Darsning borishi:
a) Darsni mеtodik jihatdan to`g`ri tashkil etish.
b) ma`naviyat daqiqasini o`tkazish
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI:
№
|
Darsning bosqichlari
|
Foydalanadigan usullar, uyga vazifa berish
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism:
|
O’quvchilar davomatini aniqlash, darsga tayyorgarligini tekshirish, mehnat olamiga sayohat tashkil qilish, Prezidentimizning nutqlaridan bayon qilish
|
8 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
|
O’tgan mavzu yuzasidan savol- javob o’tkazish
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni:
|
Ko’rgazmalar va AKTdan foydalanish
|
15daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash:
|
O’yin tashkil qilish
|
10daqiqa
|
5
|
Uyga vazifa berish:
|
|
2-daqiqa
|
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar: O’quvchilarni darsga tayyorlash, sinfda ishchi muhitni yaratish. Dars qoidasini tashkil etish.
Dars qoidasi: 1.Intizom
2.Ozodalik
3.Vaqt
4.Bir-birini eshitish
5.Baxolashga shoshilmaslik
I. TASHKILIY QISM
O’qituvchi vatanimiz kelajaklari, bilim egallash uchun shaylangan bilimga chanqoq, aqlli, dono va zukko o’quvchilar bilan salomlashadi. Dars avvalida yaqinlashib kelayotgan “9-may − Xotira vaqadrlash kuni ” munosabati bilan marhum O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovni xotirlash daqiqasini o’tkazadi. Bu daqiqada o’qituvchi sobiq birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning bajargan ishlari, biz uchun yaratgan shart-sharoitlari, o’quvchilar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, bizlarga qoldirgan bebaho asarlari va go’zal betakror bo’lgan zamin Namanganga bo’lgan tashriflari haqida so’zlab o’tadi.
So’ng bugungi dars uchun ma’sul navbatchi o’quvchini axboroti tinglanadi.
Navbatchi axboroti tinglangach, o’qituvchi bugungi kun uchun o’quvchilar tomonidan yod olingan she’r bayon qilinadi.
Tashkiliy qism o’tkazilgach, O`tgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar beriladi
Ishchi tikayotgan dеtali bilan ko`zining orasidagi masofa nеcha sm bo`ladi?
Tikish uchun ish o`rni qanday tashkil etiladi?
Tikishda baxiya qanday hosil qilinadi?
Mashinada nеchanchi nomеrli ignalardan foydalanasiz?
Mashinadan foydalanishda xavfsizlik qoidalari?
Chok boshi va oxiri qaysi baxiya rostlagich yordamida puxtalanadi?
O’quvchilar ishtirokiga qarab rag’bat va jarima kartochkalariga ega bo’ladilar.
Yangi mavzu bayoni:
Mashinada bajariladigan ishlar uchun oddiy (univеrsal), maxsus va yarim avtomatlardan foydalaniladi.
U nivеrsal mashinalarga 97-A kl. OZLM, 1022-M kl, PMZ, 697 kl, OZLM, 8332-2705 kl. "Tеkstima", 292-163061 kl. "Dyukopp", 803 kl. PMZ kabi mashinalar misol bo`la oladi
Mashina asosan 4 qismga ega bo'lib, ular quyidagilardan iborat 1-yeng, 2- qo'l yuritma, 3- maxovik (harakatni uzatuvchi g’ildirak), 4- platforma.
Tikuv mashinasidan kiyimlar tayyorlashda va boshqa tikish ishlarini bajarishda foydalaniladi. Mashina yordamida bajarilgan ish qo'lda tikishga qaraganda bir necha marta tez bitadi. Mashina choklari tekis,, mustahkam va sifatli bo'Iadi. Uy sharoitida qo'l yuritmali mashina, oyoq yuritmali mashinadan, shuningdek elektr motorli mashinalardan ham foydalaniladi. Hozirgi tikuvchilik fabrikalarida yuqori unumli samara beradigan, tez ishlaydigan tikuv mashinalari, avtomat, yarim avtomat maxsus (tugma qadaydigan, petla tikadigan) mashinalar ishlatilmoqda.
Maxsus mashinalar moki va zanjirsimon baxyali bo`ladi. Moki baxyali maxsus mashinalarga yengni yeng umiziga o`tkazuvchi 302 kl PMZ, siniq baxyaqatorli 26 kl PMZ, 335-121 kl "Minеrva", 1026 kl. PMZ, bortga adipni ulaydigan 297 kl OZLM, 272-140042 ye2f "Dyurkopp", astarni isituvchi qatlam bilan qaviydigan K5122 yeSO "Mеka", shim pochasiga tasma bostirib tikadigan 428-2 kl "Minеrva", 72314-101 "Minеrva", ikki ignali 852-1 kl mashinalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |