O`zbеkiston rеspublikasi


Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari



Download 7,55 Mb.
bet117/141
Sana18.01.2017
Hajmi7,55 Mb.
#599
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141
Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari:
Ilmiy tadqiqot metodlari ko’proq oilaviy muammolarni hal qilish ma qsadida tadqiqotchilar tomonidan olib boriladi. Oilaviy muammolarni o’rganish dastlab manba’larga murojat etiladi shu jihatdan dastlabki metod

Adabiyotlarni o’rganish metodi. Oila pedagogikaiga doir adabiyotlarni o’rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagogik olimlarning asarlari, Mustaqil O’zbekistonning iqtisodiy, siyosiy, va ma’naviyatiga doir adabiyotlar, O’zbekiston yurtboshisi

I.A.Karimov asarlari risola va ma qolalar, pedagogik, psixologik, badiiy va ommaviy adabiyotlarni o’rganish.



Kuzatish metodi. – Kuzatish adabiyotlarni o’rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishda ota – ona biror maqsadni ko’zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga ko’ra ikki turga ajraladi: qis qa va uzoq muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish ob’ektning kundalik faoliyatidagi o’zgarishlardan ma’lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish - qo’yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga
kelinadi. Kuzatishning yakunini qayd qilishda kinos’yomka, video yozuvi, televideniya va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish metodidan to’g`ri foydalanish o’quv – tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi.

Suhbat metodi - Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida ma’lum ma’sul shaxslar bilan og`zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So’ro qlar mavzu doirasida manti qan, mazmunli, tartibli, aniq ifodasiga ega bo’lishi lozim va uni to’g`ri yoki noto’g`riligiga qarab jadval tuzib natijasi ani qlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu ham olish mumkin. O`rinli, manti qan yuksak javoblar yoki noani q javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig`ib olish metodi anketa metodi deb ataladi. Anketalar ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Tadqiqot natijalarining ishonchligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to’ldirilgan anketalar soniga bog`liq bo’ladi. Odatda anketalar anketa ma’lumotlarini EXMda qo’llab matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon beradigan

qilib tuziladi. Hujjatlarning yetarli darajada aniqlik bilan shunday tahlil qilinishi aniq pedagogik jamoalarning real faoliyatidagi sababli bog`linishlari va bog`li qliklarini aniqlashga yordam beradi.



Pedagogik eksperiment. - Har qanday ilmiy – pedagogik tadqi qotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy gipotezalarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika tizimlarining ayrim elementlari o’rtasidagi bog`li qlik va munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti pedagogik eksperiment asosiy turlari hisoblanib, ular ko’pgina turlarga bo’linadi. Tabiiy eksperiment sharoitida Yangi o’kuv rejalari, dasturlar darsliklar va hokazolar odatdagi o’quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment – bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning o’tish sharoitlarini muntazam o’zgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etilgan bo’ladi. Pedagogik jarayon ani qro q o’rganish uchun eksperimentator o’zi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayoniga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma’lumotlarini, aniq sharoitlarni va o’qitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishini talab etadi. Laboratoriya pedagogik eksperiment ilmiy ta qi qotning qat’iy shaklidir. Juda keng pedagogik konteksdan uning muayyan tomoni ajratib olinadi, natijalari ani q tekshirib borishga va o’zgaruvchan kattaliklar o’rnini almashtirishga imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi. Јuyidagilar pedagogik eksperimentning bos qichlari hisoblanadi: eksperimentni rejalashtirish, eksperiment o’tkazish va natijalarni sharhlash. Rejalashtirish eksperiment ma qsadi va vazifasini belgilash,

eksperiment natijasi ta’sir etuvchi omillar va ular darajasining mi qdorini ani qlashni, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o’tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirishmetodlarini o’z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil eti shva o’tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bos qichida ma’lumotlar yig`iladi va qayta ishlanadi. Eksperiment o’tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak, ya’ni:

1) Tekshiruvchilar soni va tajribalar mi qdorining optimal bo’lishi;

2)Tad qi qot metodlarini ishonchliligi;

3)Far qlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.

Turli metodlarning samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga


matematika metodlarining hamda hisoblash – yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi. Odatda o’rtacha arifmetik mi qdor, modda, merdiana, dispersiya, tanlab olinadigan to’plam majmuining o’rtacha kvadratik chetga chi qishi, o’rtacha olingan qiymat hatosi, belgilarni tuzatish koeffitsiyentlari hisoblab chi qiladi. Ilmiy tad qi qot natijalarini amalda qo’llanishi. Tugallangan tad qi qotda eng muhim narsa uning natijalarini amalda qo’llashdir. Mustaqil O`zbekiston sharoitida Yangi ilmiy bilimlar juda tez to’planib bormo qda. Biro q ularni amaliy ishga joriy etish yo’lida qiyinchiliklar ham borligi ko’zga tashlanmo qda.

Bu qiyinchiliklar oiladagi tarbiya jarayonini takomillashtirish usullari ha qidagi bilimlarining ortib borishi bilan ulardan foydalanishning faol imkoniyatlari o’rtasidagi nomuvo qlikdan iboratdir. Shunday bo’lsa – da, bu ularni joriy

etish yuzasidan ma qsadga muvofi q ishlar olib borishni istisni etmaydi. Joriy etish jarayoni pedagogik tajribani takomillashtirishga qaratilgan foliyat deb qaraladi. Shu sababli joriy qilinishi lozim bo’lgan tavsiyalarga yu qori talablar qo’yiladi. Talablarning ilmiy asoslanganlik darajasi, ular mazmuni ani qligi asosiy talablar qatoriga kiradi. Talablar mazmunining ani qligi pedagoglar bilan o’ quvchilarning mo’ljallagan kuch g`ayrati mezonining to’g`ri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun bir tadbirlar kompleksi bo’lib, u olingan hulosalar ha qida pedagogik jamoatchilikni habardor qilishning yangi o’ quv va metodik qo’llanmalar yaratishning metodik yo’l – yo’ri q va metodik tavsiyalar ishlab chi qishni o’z ichiga oladi.

Oila shajarasini o’rgatish tahlil qilish metodi – pedagogika hodisalari va faktlarini tekshirishda oilaning kelib chi qish tarixi mukammal va chu qur o’rganmo q lozim. Oila ha qidagi ma’lumotni tahlil qilishda ta’lim qonuniga amal qilinmog`i lozim.

Bolalrni oilada ijodiy qobiliyatini o’rganish metodi – oilada bolalarni ijodini hamda ularni turli – tuman ishlarini o’rganish va tahlil qilish pedagogik tad qi qotning samarali metodlaridan biridir. I qtidorli bolalar a qliy qobiliyatlari, olijanob ahlo qiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qizi quvchiliklari bilan ajralib turadi. Ta’lim konunida va milliy dasturida pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va faktorlarini chukur bilishga xamda ularni yanada tarakkiy ettirish va takomillashtirishning tugri yullarini kursatib berishga karatilgan.

Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez kilish metodi – pedagogik tad qi qot kerakli statistika ma’lumotlarini ma’lum bir ma qsad bilan sistemali o’rganish mustaqil O`zbekistonda Fan

madaniyat, ta’lim – tarbiyani tara q qiy etishga salmo qli hissa qushadi.

Anketalar metodi – oila a’zolari va bolalarni so’rash usuli bo’lib, u oila jamoasining ma’lumotlari to’g`risidagi kerakli ma’lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va qarashlarini ani qlash uchun va kasbga yo’llashni belgilash uchun maxsus formada ishlangan bo’lmog`i lozim. Anketada ko’zlangan ma qsadga muvofi q savollari bo’lib, ularni javoblaridan pedagogik natijalar kelib chi qmog`i lozim.



Download 7,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish