YIG‟ILISH RAISI: Bozarova F.
KOTIBI: Holnazarova I.
.
3- umumiy o’rta ta’lim maktabining xotin - qizlari bilan o’tkazilgan yig’ilish
Bayoni № 7
19-yanvar,2022-yil 3-maktab
Qatnashdi: 112 ta
Bular MMTIBDO’ o’rinbosari O. Jo’rayev, 19 ayollar, 93 qizlar.
KUN TARTIBI
“ Jamoat orasida va ko’chada o’zini tuta bilish odobi”mavzusida ma’ruza (Holnazarova I.)
“ Soch o’stirish ham mahorat” mavzusuda muloqat o’tkazish (Bozarova F.)
6 - sinf o’quvchi qizlari bilan olib borilgan ishlar yuzasidan axborot(Bozarova Feruza)
Tashkiliy ishlar,topshiriqlar va vazifalar yuklash.
Eshitildi:
Birinchi masala yuzasidan 7 - sinf rahbari, ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Qahharova Tursunoyning ma’ruzasi tinglandi. Har bir inson jamoat orasida o’zini tutish lozim. Bunda suhbatdoshini fikr - molohazalarini tinglashi, navbat bilan gapirishi, bergan savollariga o’rinli javob berish lozim. Begonalar gaplashib turganda ruxsatsiz ularni suhbatiga qo’shilish mumkin emasligini bilishimiz va buni hayotda qo’llashimiz mumkin. Ko’chaga yurish qoidalariga aml qilish ham madaniyatli kishilarning bir ko’rinishidir. Bunda svetafor qoidalariga amal qilsh emas, balki ko’chada odob saqlab yurish,ro’parada kelayotgalar bilan to’qnashmaslik, alanglab yurmaslik, tupirmaslik, og’izni ochib kulmaslik, saqich chaynamaslik, ovozi boricha gapirmaslik, o’rinsiz so’zlarni ishlatmaslik lozim.
Ikkinchi masala yuzasidan Bozarova so’zga chiqib, cosh ham husn ekanligini uqtirdi. Soch o’stirish uchun har bir ona yoshlikdan qizalrini sochlarini to’g’ri parvarishlash lozim. Har uch kunda sochni yog’li yoki yog’sizligiga qarab yuvish votitalaridan foydalanishi lozim. Xalqimizda “Soch kestirgan – baxt kestirgan” degan xikmatli gap bor. Bu har bir qiz uchun saboq bo’lishi lozim. Sochni o’stirish uchun qiz bolani ham o’zida harakat bo’lishi kerak. Soch kesmaslik haqida yil boshidan kelishib olgan edik. Buni uchun har bir qiz harakat qilishi va bu to’g’ri ekanligini anglab yetishi lozim.
Bu masalani hal qilishda ochiq muloqat o’tkazildi. Qizlarga soch o’stirishni xohlaysizmi? Sochni parvarishlash uchun nimalar qilasiz? Soch kesgan qizlarga qanday munosabat bildirasiz? Erkakcha soch qo’yib olgan ayollarga munosabatingiz? Siz onangiz, opangiz yoki dugonangizni shunday xolatda bo’lishini xohlaysizmi? Yo’q bo’la nima uchun? Talabalik davringizda sochingizni hozirgiday saqlay olasizmi? Kelinlik davringizdachi? Nima uchun yigitlar sochi uzun qizlarni ko’proq yaxshi ko’radi? Kabi savollar bilan murojaat qildi. Qizlar bu savollarga javob berdilar.
Uchinchi masala yuzasidan Bozarova so’zi tinglandi. 6 - sinf qizlari bilan olib borilgan ishlar haqida axborot berdi. Sinfda 17 ta qiz bola ta’lim - tarbiya olmoqda. Sinf rahbari O’tanov O’tkir. 5,11,19,26,30 - yanvar; 16, 25 - fevral kunlari qizlar bilan yig’ilish o’tkazgan. Ularni ota - onalari bilan ham 6, 13, 23 - yanvar, 9, 18, 25 - fevral va 6, 13 - mart kunlari suhbat o’tkazgan. ”Orastalik”kengashini ishlarida kamchilik bor. “Orastalik” burchagi talabga javob bermaydi.
To’rtinchi masala yuzasidan maktab xotin - qizlar qo’mitasi raisasi F. Bozarova so’zga chiqib, ”Navro’z” Milliy bayramimizni uyushqoqlikda tashkil etaylik. Maktabda tashkil etiladigan Ko’kalamzorlashtirish va Obodonlashtirish ishlarida barchamiz mas’ulliyat
bilan ishlar bajarishga harakat qilaylik. Sinflarga ajratilgan yerlarda ish tashkil etishda qizlar tashabbuskorlik qilishimiz lozim. Har bir sinf o’zlariga ajratilgan yer maydoniga mevali, manzarali daraxt ko’chatlari va gul ko’chatlari o’tkazishga erishsinlar. Aprel va may oylarida rejalashtirilgan ishlarni ham barchamiz uyushqoqlikda amalgam oshiraylik.
Barcha ko’rilgan masalalar yuzasidan munazara boshlandi.
Xazratqulova A so’zi:
Bugungi yig’ilishda bugungi kun hayotimizda muxim masalalar muhokama qilindi. Jamoat joylarida o’zini tutish, ko’chada yurish qoidalriga amal qilishi lozimligi haqida ko’p narsani bilib oldilaring. Shularga amal qilishga harakat qilinglar deyman. Chunki, odobli, madaniyatli va farosatli har bir inson o’zin saqlashga, har bir qoidaga amal qilishga harakat qiladi. Soch o’stirish haqida yaxshi gaplarni yatdilaring. Juda xursand bo’ldim. O’ylaymanki, bundan keyin birorta ham qiz sochin kesmasa kerak. Shuningdek, oila a’zolaringiz va yaqin qarindoshlaringizlarga ham buni tavsiya qilasiz deb o’ylayman.
7 - sinf o’quvchisi G’aybullayeva so’zi
Men sochi uzun qizlarni juda ham yaxshi ko’raman. Chunki, meni ham sochim uzun buni har doim parvarishlashga harkat qilaman. Maktabdosh va sinfdosh dugonalarimga, barcha tanishlarimga va qishlog’imiz qizlariga ham sochlarini yaxshi parvarishlarini va uni uzun bo’lishiga harakat qilishlarini iltimos qilaman.
6 - sinf rahbari O’tanov so’zi:
Men ham bugungi yig’lishdan xulosa chiqarib, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga harkat qilaman. Barcha qizlarni ko’rilgan masalalrdan to’g’ri xulosa chiqarib olishlarini so’rayman.
So’z maktab xotin - qizlar qo’mitasi raisasi F. Bozarovaga berildi:
Aziz o’quvchi qizlari va maktabimiz ayollari biz bugun barchamiz uchun zarur bo’lgan masalalarni ko’rib chiqdik. Bundan har bir yig’ilish qatnashchisi to’g’ri xulasoa chiqarib oldi. Qiz bolaning odobi, soch o’stirish va sinflarda qizlar bilan olib borilayotgan ishlarning samarasi haqida to’xtaldik. Har bir xodim, maktab o’quvchi qizlari o’zlariga yuklatilgan vazifa topshiriqlarni mas’uliyat bilan yondoshishga harakat qilsin va talab qilinganda bajargan ishlarini ko’rsata olsin.
Yug’ilish ko’rilgan masalalar yuzasidan qaror qildiu:
Ko’chada yurish va jamoat joylarda o’zini tutish odobi bo’yicha aytilgan fikr - mulohazalar inobatga olinsin va bunga amal qilish yo’lga qo’yilsin.
O’quvchi qizlarni soch parvarishiga, sochlarini kesmasliklariga e’tiborni kuchaytirishga erishilsin.
Soch parvarishlash va uni kesmaslik masalasini sinf yig’ilishlarida, ota - onalar yig’ilishlarida ham ko’rishga erishilsin.
6 - sinf qizlari bilan olib borilgan ishni kamchiliklari ko’rstilgan xolda qoniqarli deb topilsin.
Sinf qizlari bilan olib borilayotgan ishlarni tartibga solish barcha sinf rahbarlari uchun ham birday bajarilishini yo’lga qo’yilsin.
Maktabda tashkil etiladigan har bir tadbirda maktab xotin - qizlar qo’mitasi a’zolari mas’ulliyat bilash qatnashishga erishilsin.
Maktab xotin-qizlar qo’mitasi raisasi: N.Azimova
Kotiba: S.Djurayeva
18 - umumiy o’rta ta’lim maktabining xotin - qizlar qo’mitasini 2021 – 2022 - o’quv yilini birinchi yarim yilligida qilgan ishlari yuzasidan
H I S O B A T I
Maktab xotin – qizlar qo’mitasida ta ishchi xodimlar, o’quvchi qizlar hisobda turadi. Maktab xotin - qizlar qo’mitasin 5 - sentabr 2021 - yildan boshqara boshladim. Qo’mitamizni yillik rejasi mavjud bo’lib shu reja asosida ish olib boriladi. 12.09, 31.10, 30.11, 24.12 kunlari umumiy yig’ilishlar o’tkazildi.
O’tkazilgan tadbirlar:
30 - sentabr kuni tuman ijodkorlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
- oktabr kuni 3 - sinf qizlari o’rtasida “Jajji malik” tanlovi o’tkazildi.
- noyabr kuni ertalabki saflanishda o’qituvchi Shavqiyev V. “Bolalalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi” mavzusida ma’ruza o’qidi.
- noyabr kuni o’quvchi qizlar bilan “Inson go’zalligi nimada?” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
21 - dekabr kuni 7 - sinf qizlari o’rtasida “Uddaburon qizlar” bellashuvi bo’lib o’tdi. 27 – 28 - dekabr kunlari maktabda “Oila, mahalla, maktab” hamkorligida Sportning valeybol, stol tennisi, shaxmat yo’nalishlari bo’yicha musobaqa tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |