O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Banklar va ularning iqtisodiyotdagi roli va o`rni



Download 0,93 Mb.
bet85/115
Sana10.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#601861
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi xalq ta\'limi vazirligi

Banklar va ularning iqtisodiyotdagi roli va o`rni.

Banklar kredit munosabatlariga xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o`z ichiga olib, kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi.


Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo`lib, o`z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi. «Markaziy bank boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish» ustuvor yo`nalishlardan hisoblanadi.1
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.
Markaziy bank ko`plab, xilma-xil vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyojlarini saqlaydi.Bu ehtiyojlar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta ehtiyojlarini saqlash vazifasini ham bajaradi.
Ikkinchidan, cheklarni qayd (inkasatsiya) qilish mexanizmini ta'minlaydi va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi.
Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi.
To`rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg`unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Beshinchidan, xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi.
Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish mas'uliyatini oladi, milliy valyutani muomalaga chiqaradi.
Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga soladi.
Tijorat banklari o`zlarining xo`jalik mavqeiga ko`ra aktsionerlik tipidagi muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko`ra, faoliyatning biron bir turiga xizmat ko`rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo`lishi mumkin.
Tijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb etilgan pul mablag`lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o`rtasida hisob-kitobni amalga oshiradi, shuningdek vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shug`ullanadi.
Ixtisoslashgan tijorat banklari- iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat tamoyillari asosida kredit - pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi. Jumladan bizning respublikamizda sanoat qurilish banki - sanoat, transport, aloqa va moddiy texnika ta'minoti sohalarida; zamin, galla, paxta, banklari-agrosanoat kompleksi tarmoqlari va sohalarida; tadbirkor banki mayda va o`rta biznes, kooperativ va yakka tartibdagi mehnat faoliyati sohasida kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi.
Xalq banki- mamlakatda omonat ishlarni tashkil etishni, naqd pulsiz hisob-kitob qilishni va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirishni, aholi shaxsiy ehtiyojlariga kredit berishni va shu kabi operatsiyalarni ta'minlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo`shma korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig`ma valyuta rejasining ijrosini, valyuta resurslaridan tejab foydalanishni nazorat qiladi, shuningdek tashqi iqtisodiy operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga oshirishni ta'minlaydi.
Barcha tijorat banklari ehtiyoj (rezerv) larining hajmi va tarkibi bo`yicha Markaziy bank tomonidan o`rnatiladigan ma'lum talablarga javob berishi zarur.
Bugungi kunda respublika xududida mulkchilikning turli shaklidagi 30 dan ziyod tijorat ixtisoslashgan banklar va ularning 3, 7 mingdan ko`proq filiallari faoliyat yuritib turibdi. Shulardan uchtasi (tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, xalq banki va «ASAKA» bank) davlat tasarrufidagi banklar hisoblanadi. Ulardan 22 bank (73%) aktsionerlik jamiyati, 8 tasi (27%) mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidadir.
O`zbekistonda tijorat banklarning rivojlanishi dastlab iqtisodiyotning alohida sohalariga xizmat qiladigan ixtisoslashgan banklar tashkil etilishidan boshlangan bo`lsa, keyinchalik (1995 yildan) ixtisoslashgan kredit - moliya muassasalarini tashkil etishga kirishildi. Shu asosda «Biznes fond», «Madad» sug`urta va investitsiya kompaniyalari kabi ixtisoslashgan moliya-kredit muassasalari tashkil etildi

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish