O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, tamoyillari



Download 0,93 Mb.
bet44/115
Sana10.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#601861
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi xalq ta\'limi vazirligi

1.Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, tamoyillari,
shartlari va ko`rinishlari.

Tadbirkorlik faoliyati biznesning bir shakli sifatida namoyon bo`ladi va uning turli sohalarida amalga oshiriladi.


O`zbekistonning «Tadbirkorlik to`g`risida»gi qonuni-ga asosan tadbirkorlik-fuqarolarning foyda yoki shaxsiy daromad olishga yo`naltirilgan mustaqil, tashabbuskor faoliyati bo`lib, u fuqaroning o`z nomidan, o`zining yoki yuridik shaxsning mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladi.
«Tadbirkorlik-mulkchilik sub'ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko`rsatishidir»1
Tadbirkorlik insonlarning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ochib berishga yo`naltirilgan iqtisodiy faoliyat bo`lganligi sababli ko`pchilik tadbirkor bo`lishga intiladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali asta-sekin mamlakatda mulkdorlar sinfi shakllana boshlaydi.
Mulkdorlar sinfini shakllantirish borasidagi «...eng muhim va dolzarb vazifa - … mulkni haqiqiy egalari qo`liga berishni jadallashtirish, tadbirkorlik uchun keng yo`l ochib be rish va mulkdorda yangi mulk egasi xissiyotini tarbiyalashdan iborat»1dir.
Tadbirkorlikning asosiy tamoyillari mavjud bo`lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. Mulk sohibi bo`lish. Tadbirkor resurslar yoki mahsulotlarning egasi bo`lishi kerak.

  2. Foyda olishga intilish. Tadbirkorning boyishdan iborat iqtisodiy manfaati bo`lib, foyda olish orqali erishiladi.

  3. Iqtisodiy erkinlik.

  4. Iqtisodiy mas'uliyat. Tadbirkor mas'uliyatni o`z zimmasiga olib, ko`rgan foyda yoki zarariga o`zi javob beradi.

  5. Iqtisodiy tavakkalchilik. Tadbirkor tavakkal qilib, iqtisodiy xavf-xatarni o`z zimmasiga oladi, chuv tushib qolishdan qo`rqmaydi.

  6. Qonun-qoidalarga rioya qilish. Tadbirkor say'i-harakatining o`z qoidalari bor, ularga itoat qilishi shart.

  7. Raqobat kurashida qatnashish. Tadbirkor har doim boshqalar bilan «kim yutqazadi» qoidasiga ko`ra bellashuvi shart.

  8. Halollik bilan ish yuritish. Tadbirkorlik halol yo`l bilan pul topishga asoslanishi zarur, qalloblik, g`irromlik va aldamchilik esa uning tabiatiga zid.

  9. Tadbirkorlik siri. Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish, bozor topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi.

  10. Nufuz (imij)ga ega bo`lish. Nufuz xalq orasida, tadbirkorlar doirasida obro`-e'tiborli bo`lishni bildiradi.

Tadbirkorlikda o`z-o`zini boshqarish tartibi bor. Davlat firma ishiga aralashmaydi, balki iqtisodiy siyosati bilan tadbirkorlarga ko`maklashadi, qonunlar orqali tadbirkorlik uchun sharoit yaratadi.
Quyidagi tadbirkorlik shakllari mavjud:

  • Faoliyat yo`nalishi bo`yicha : ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va innovatsion tadbirkorlik faoliyati;

  • Tadbirkorlikning qanday vazifani bajarishiga yo`naltirilganiga qarab : ishlab chiqarishni boshqarish, moliyalashtirish, vositachilik va maslahatchilikka qaratilgan tadbirkorlik, faoliyat turlarining soni bo`yicha: bitta sohadagi va ko`p tarmoqli tadbirkorlik;

  • Faoliyat murakkabligi bo`yicha: maxsus bilim talab qiladigan, texnologiyaga va nodir bilimga asoslangan tadbirkorlik;

  • Faoliyatning tarmoq yo`nalishlari bo`yicha sanoat, agrosanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish va boshqa xo`jalik tarmoqlaridagi tadbirkorlik.

Tadbirkorlikning sub'ektlari jismoniy va yuridik shaxslar bo`lishi mumkin.
-xususiy tadbirkorlik jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalda o`zining shaxsiy (xususiy) mulki asosida tashkil qilinadi.
-jamoa, tadbirkorligi -fuqarolar guruhining jamlanma mulki asosida tashkil qilinadi;
-aralash tadbirkorlik bitta (yoki bir necha) yuridik shaxs (korxona) va bir necha jismoniy shaxslar mulkini birlashtirish asosida tashkil qilinadi;
-qo`shma tadbirkorlik-ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslar (shu jumladan chet el korxonalari) mulkini birlashtirish asosida tashkil topadi;
-shartnomaviy tadbirkorlik-mulk egasi bo`lmagan korxona rahbari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish