ilmiy- nazariy g`oyalarni;
shaxsiy, xususiy va kollektiv ijodiy ishlarni;
ijodiy faoliyat, san'at, ijodiy murabbiylikni;
pul ( valyuta)ni;
Qimmatbaho qog`ozlar ( aktsiya, obligatsiya, sertifikat,
veksel, lotoreya va boshqalar)ni;
ishchi kuchini;
axborot va ma'lumotlar kabilarni kiritish mumkin.
Bozor sub'ekti sifatida tovar va xizmatlarni taklif qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar xaridorlar sifatida ham chiqadilar.
Odatda, bozor sub'ekti sifatida turli yo`nalishdagi birjalar, ishlab chiqaruvchilar uyushmasi, savdo-tijorat firma-lari yoki ularning vakillari muomalaga kiradilar.
Ayni vaqtda bozor sub'ektlarining taklif qilish mavqei o`zgarmas holat emas. Bugun muayyan turdagi bozorda tovarni taklif qilgan sub'ekt ertaga bozorning ikkinchi bir ko`rinishida yoki aynan shu shaklida ulgurji iste'molchi bo`lib munosabatga kirishi mumkin.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bozor ham, bozor iqtisodiyoti ham jamiyatning bosh maqsadi emas. Har qanday jamiyatning yetakchi partiyasi, uning lideri va hukumatning oliy maqsadi-borki, u mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirish, boyligini ko`paytirish, uning iqtisodiy mustaqilligini va ijtimoiy siyosiy erkinligini ta'minlash hamda shu asosda jamiyat a'zolarining turmush farovonligini ko`tarishdan iborat.
Shuning uchun ham deyarli, barcha mamlakatlar taraqqiyotining asosiy yo`nalishi sifatida bozor va bozor iqtisodiyoti tanlanadiki, hozircha bundan boshqa samarali usul yo`q. Hozircha tarixiy tajribada sinalgan yagona yo`l shu.
Bozorning vazifalari, shakllari va turlari.
Bozor o`z mohiyatiga ko`ra jamiyat taraqqiyotini boshqaruvchi iqtisodiy vositalar kompleksidan iborat bo`lib, uning vazifalarini ikki guruhga bo`lish mumkin:
Tartibga solish vazifasi.
Rag`batlantirish vazifasi.
Bozorning birinchi vazifasi ob'ektiv iqtisodiy qonun bo`lgan qiymat-qonunining amal qilishi bilan bajariladi.
Ishlab chiqaruvchilar, jamiyatning mahsulotlarga bo`lgan talabini mutloq hisobga olishlari mumkin emas, chunki bozorda talab va taklifning nisbati doimiy emas.
Shuning uchun bozorda talab va taklif o`rtasidagi nomutanosiblik bo`lib turishi tabiiy holat.Qiymat qonuni esa baho orqali (uni pasaytirish yoki oshirish) ular o`rtasidagi mutanosiblikni tartibga soladi.
Demak, bozor orqali (jamiyat) ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan mahsulot, hamda unga sarflangan mehnatni tan olish yoki rad etish jarayoni yuzaga chiqadi.
Chunki ishlab chiqaruvchilar jamiyatning o`z mahsulotiga talab darajasini aniq bila olmaganliklari kabi, o`zlarining mehnat sarfi.(individual xarajatlari) shu sohadagi ijtimoiy mehnat sarfidan ortiq yoki kamligini bevosita bila olmaydilar. Bu bozorda ayriboshlash jarayonida ma'lum bo`ladi. Agar mahsulot qiymatidan past bahoda sotilayotgan bo`lsa, demak, ishlab chiqaruvchi uni ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zarur mehnatdan ko`p mehnat sarflagan. Shuning uchun u nisbatan kam foyda olayapti yoki zarar ko`rayapti. Aksincha qiymatidan yuqori bahoda sotayotgan bo`lsa, uning mehnat sarfi ijtimoiy mehnat sarflaridan kam. Shuning uchun nisbatan ko`p foyda olayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |