Bog'liq O`zbekiston respublikasi xalq ta\'limi vazirligi
Birinchi holatda bozorning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati yuzaga chiqadi. U foydalilik darajasi past ishlab chiqaruvchilarni mavjud resurslardan samarali foydalanish, kam mehnat sarflab ko`p foyda topishga iqtisodiy majbur qilish yoki rag`batlantirish orqali shu sohadagi talab va taklif mosligini yuzaga chiqaradi. Bundan ko`rinadiki bozor vazifalarini amalga oshirishda markaziy nishon harakatlantiruvchi kuch talab va taklifdir.
Talab oddiy ma'noda jamiyatning muayyan tovar va xizmatlar turlariga bo`lgan ehtiyojlarning ifodasidir.
Biroq hamma ehtiyoj ham talab emas.
(Kishilarning, odamning ehtiyojlar klassifikatsiyasi cheksiz, u orzu-havas hisoblanadi). Qondirilish imkoniyati bo`lmagan ehtiyoj talab emas.
Demak, iqtisodiy kategoriya sifatidagi talab-jamiyatning sotib olish imkoniyati bilan ta'minlangan mahsulot va xizmat turlariga bo`lgan ehtiyojlardan iborat.
Taklif, sodda ma'noda ayriboshlashga chiqarilgan mehnat mahsullari yig`indisidir.
Mahsulot ishlab chiqarish kancha tez sur'atda rivojlansa talab hajmi ham shuncha o`sadi. Uning tarkibi shuncha kengaya boradi.
Shuning uchun oluvchi ishlab chiqarish natijalarining ifodasidir. Talab va taklifni bir-biridan ajratish mumkin emas, ular o`zaro uzviy aloqadagi bir-birining shakllanishiga ta'sir ko`rsatuvchi , egizak iqtisodiy kategoriyalardir.
Talab va taklif mushtarakligi bozor iqtisodiyotiga xos bo`lgan doimiy holat.
Talab va taklif, hamda ular o`rtasidagi nisbat doimiy emas, u barqaror turmaydi doimo ular o`rtasidagi nisbatning o`zgarib turishi iqtisodiyot uchun kundalik xususiyat.
Bu odatda talab va taklifning bir biriga nisbatan qayishqoqligida ko`rinib ko`p hollarda ularning qayishqoqlik yo`nalishi teskari proportsionallikda bo`ladi. Talab va taklifni aloqadorligi iqtisodiy hayot uchun barqaror voqelik bo`lgani sababli bu munosabat talab va taklif qonuni sifatida yuzaga chiqadi.
Tadbirkorlikka asoslangan iqtisodiy sharoitda bu qonun ishlab chiqaruvchilar uchun asosiy nishon yoki harakat mezoni hisoblanadi.
Qaysi jamiyatda talab va taklif qonunining talablari shunday mezon sifatida tan olinmasa bozor rag`batlantiruvchi vazifani bajara olmaydi.
Yuqoridagilar asosida bozorning jamiyatdagi o`rni haqida shunday xulosaga kelishimiz mumkin, bozor (o`ziga xos birlikda) bozor iqtisodiyotining yadrosini tashkil qilib, u hozirgi vaqtda iqtisodiy ijtimoiy taraqqiyotni rag`batlantiruvchi, hozirgi zamon uchun mos ta'sirchan iqtisodiy munosabatlar tizimidir.