O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Mulk shakllari. O`zbekistonda mulkiy islohotning yo`nalishi



Download 0,93 Mb.
bet17/115
Sana10.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#601861
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi xalq ta\'limi vazirligi

2. Mulk shakllari. O`zbekistonda mulkiy islohotning yo`nalishi

Mulk shakllari deb, avvalo shu mulkning egasi kim ekanligi bilan belgilanadigan turlariga aytiladi. Mulk shakli turli xil mulk ob'ektlarini tabiatning qandaydir bitta, yagona umumiy sub'ektiga - odamga, oilaga, guruhga, jamoaga va shu kabilarga tegishli ekanligini anglatadi.


Birinchi qarashda, bu ta'rifdan go`yoki yuqorida sanab o`tilgan mulk sub'ektlari qancha bo`lsa, shuncha mulk shakllari mavjud bo`ladi, ya'ni mulkning shaxsiy, oilaviy, guruhiy - jamoaviy, hududiy, xalq mulki shakllarini farqlash kerak deb tushunish mumkin - haqiqatdan esa mulk shakllarining ancha torroq majmuasini ajratish qabul qilingan. Ba'zan mulk shakllari faqat ikki turga - xususiy va davlat mulki shakliga keltiriladi. Bu esa ularni o`rganishni soddalashtiradi.
Bayon qilinganga asoslanib, diqqatimizni shunday mulk shakllariga qaratamizki, birinchidan ular fanda va amaliyotda keng e'tibor topgan, ikkinchidan ular eng ko`p tarqalgan, bo`lsin.
Xususiy, shaxsiy, individual mulk deb shunday mulkka aytiladiki, unga nisbatan mulkdor alohida shaxs bo`lib, ajralib turadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxsiy mulkka egalik qilish huquqi bir odamgagina beriladi. Biroq ko`pincha oila mulkini, garchi u oila a'zolari o`rtasida hamma vaqt bo`linavermasa ham shaxsiy mulkka kiritiladi.
Eski adabiyotlarda, marksizm-leninizm printsiplariga ergashib, mulkdorni shaxsiy va xususiy deb ajratish, qabul qilingan edi, lekin bunday ajratish ancha shartli xarakterga egadir.
Mulkning bu ikki shakli tarafdorlarni xususiy mulkka shaxsiy mulkdan farqli ravishda mulk egasi bevosita o`z ehtiyoji uchun ishlatilmaydigan, umuman olganda foydalaniladigan buyumlar va ishlab chiqarish vositalarini kiritadilar.
Iqtisodiyot nuqtai nazaridan xususiy mulk deb aytilganda iqtisodiy jarayonlarga ta'sir ko`rsatadigan asosiy mulk shakli tushuniladi, shaxsiy mulk esa ko`proq shaxsiy ehtiyojni belgilaydi va iqtisoddan ko`ra ko`proq sotsiologiyaga taalluqli bo`ladi.
Davlat mulki va xususiy mulk o`rtasidagi o`rinlarni jamoa mulki egallaydi. Qat'iy qilib aytganda, oila mulki ham qo`shimcha mulk hisoblanadi. Odatda jamoa mulkining sub'ekti ijtimoiy guruhlar, mehnat jamoalari, aholi hisoblanadi.
Jamoa mulki kichik guruhlardan tortib to umumxalq ko`rinishigacha yoyiladi. Bunda mulk sub'ektining shaxsiylashtiri-lishi yoyilib ketgan bo`lib, mulkka egalik huquqi hamma fuqarolarga, mamlakat aholisiga, xalqqa beriladi. Shu bilan bir vaqtda umumxalq mulkida shaxs mulkdor sifatida gavdalanmaydi deyish to`g`ri bo`lmaydi. Umumxalq mulki - bu hamma birgalikda va har kimga alohida tegishli mulkdor, ya'ni jamiyatning har bir a'zosi muayyan darajada mulk huquqiga ega bo`ladi. Bu narsa faqat har bir odamga mulkning biror qismi ajratib berilgani emas, balki aniq darajada shartlarda har bir odam umumxalq mulkining muayyan ob'ektiga egalik qilishi mumkinligini anglatadi. Masalan, o`rmondagi qo`ziqorin, mevalar, daryodagi baliqlar, dengiz bo`yidagi cho`milish joylarini umumxalq mulkiga kiritish o`rinlidir. Lekin siz o`rmondan topib olgan ko`ziqoriningiz, daryodan tutib olgan balig`ingiz - sizning mulkingizdir.
Yuqorida aytilgan fikrlar faqat umumxalq mulkiga taalluqli bo`lmay, jamoa mulkining boshqa ko`rinishlariga ham tegishlidir. Chunki ularda u yoki bu ma'noda shaxsiy va umumiy asoslar birlashib ketadi. Shuning uchun u yoki bu darajada mulkning aralash shakli gavdalanadi. Bunday «aralashlik» darajasi turlicha bo`lishi mumkin. Masalan, ayrim hollarda jamoa mulkni «hammasi hammaga tegishli» printsiplaridan kelib chiqib, uni bo`lmaydilar. Bunday printsip «xalq korxonalarida» qo`llaniladi. Boshqacha hollarda mulk ulushlarga ajratiladi, natijada «jamoa ulushi» mulk shakliga aylanadi.
Agar ulush mulkdor tomonidan ajratilib olinsa, u xususiy mulkka aylanadi.
Ko`pgina hollarda ulushli mulkka egalik faqat uning ob'ekti qiymatiga egalik qilishni ifodalaydi yoki mulk ob'ektini boshqarishda qatnashish huquqini beradi. Lekin mulkdor o`z ulushini moddiy ashyoviy holda ajratib olishi, aktsioner korxonani boshqarishda ishtirok etishi mumkin, lekin u aktsioner korxonasidan o`z aktsiyasining qiymatiga mos qismini o`ziga ajratib olish huquqiga ega emas. Masalan, unga biror stanok olib ketishga yo`l qo`yilmaydi. Hattoki u stanoklarning qaysi biri unga tegishli ekanligini bilmaydi, bilishi kerak emas va mumkin ham emas. Aktsionerlik jamiyati va aktsionerning haq-huquqlari to`g`risida keyingi mavzularda batafsil tanishamiz.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish