2.Iqtisodiy rivojlanishning umumbashariy yo`nalishlari.
XX asrning oxirgi choragi mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy tizimi o`rtasidagi mavjud farqlar yer shari mamlakat va xalqlarining birligi va o`zaro bog`liqligini inkor qila olmasligini ko`rsatadi. Shu vaqtga faqat ayrim xalqlar oldida turgan yashash muommasi XXI asrga kelib umuman yer sharidagi hayotni saqlash muammosiga aylandi. Buyuk davlatlar o`rtasida kuchlar nisbatining o`zgarishi ham ulardan biriga cheklanmagan imkoniyatlarni qo`lga kiritishga kafolat bermay qo`ydi.
Shuning uchun ham dunyo mamlakatlari oldida markaziy dikkat-e'tiborni ular o`rtasidagi g`oyaviy-siyosiy muammolarni xal etishdan boshlab, iqtisodiy munosabatlarga o`tish, bashariyatni kelgusi avlod uchun asrash, tirikchilik vositalari va ko`p qirrali ekologik inqirozlardan chiqish, iqtisodiy o`sishni barqarorlashtirish yo`llarini topish zaruriyati paydo bo`ldi.
Dunyoning barcha mamlakatlari uchun ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidan qat'iy nazar resurslarning cheklanganligi, uning tabiiy turlari zahiralari tugab borayotganligi, ehtiyojlar (talab) esa doimo oshib borishi tabiiydir. Demak, ob'ektiv asosda dunyo mamlakatlari o`zaro iqtisodiy aloqalarni tobora mustahkamlab borishi, xalqaro mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv, kooperatsiya, moliyaviy yordam imkoniyatlaridan unumli foydalanishi shart: yagona maqsad-erda hayotning davomiyligini ta'minlash uchun butun iqtisodiy qudratni uyg`unlashtirishlari endi anglangan zaruriyat.Bu zaruriyat endi ijtimoiy tizim, iqtisodiy darajasidan qat'iy nazar dunyo mamlakatlarini yagona oila, yaxlit xo`jalik sifatida birlashtirmoqda.
Umumjahon xo`jaligida baynalminallashuvning muhim sabablaridan biri ixtisoslashgan yirik ishlab chiqarishning yuqori iqtisodiy samaradorligidir. Shuning uchun ham korxonalar hajmi faqat milliy ehtiyojlar miqdori bilan belgilanmaydi.
Jumladan; iqtisodchilar hisobiga ko`ra AQSh qishloq xo`jalik mashinasozlikning texnika va texnologiya darajasi yiliga 90 ming traktor ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo`lgan holda agar faqat ichki talab darajasida - 20 ming traktor tayyorlansa, imkoniyat darajasiga nisbatan xarajatlar 18%-20% ortiq bo`lar edi. Shuning uchun ham nisbatan ichki bozor tor bo`lgan kichik va o`rta mamlakatlar sanoat ishlab chiqarishining 75-90 %, rivojlangan mamlakatlarning esa aviatsiya, EHM, avtomobilsozlik, elektronika, kemasozlik, stanoksozlik, ximiya maxsulotlarining hal qiluvchi qismi baynalminal ehtiyojlar uchun mo`ljallangan. Umumjahon xo`jaligining tobora baynalminallasha boruvi yuqorida ta'kidlangan ixtisoslashuvning yo`nalishlari bilan ham uzviy bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |