O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi



Download 0,93 Mb.
bet3/115
Sana10.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#601861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi xalq ta\'limi vazirligi

I B O` L I M


IQTISODIY TARAQQIYoTNING UMUMIY ASOSLARI


MAVZU : IQTISODIYoT NAZARIYaSI FANINING
PREDMETI VA USLUBI
Asosiy savollar:



  1. Iqtisodiy ta'limotlarning paydo bo`lishi va rivojlanish bosqichlari.

  2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va iqtisodiy qonunlar.

  3. Iqtisodiy jarayonlarning bilish uslublari.



Tayanch iboralar:


Iqtisodiyot. Ehtiyoj. Iqtisodiy resurslar. Iqtisod fanining predmeti. Iqtisodiy qonun. Iqtisodiy kategoriyalar. Uslubiyot. Ilmiy abstraktsiya.

  1. Iqtisodiy ta'limotlarning paydo bo`lishi va rivojlanish bosqichlari

Iqtisodiyot asoslarini o`rganishga juda qadim zamonlardan buyon e'tibor berib kelinadi. Qadimgi grek mutafakkirlaridan Ksenofont, Platon, Arastu iqtisodiy jarayonlarni o`rganish, uni tushuntirish uchun harakat qilgan olimlardir. Ular birinchi bor iqtisodiy tushunchalarni o`rganganlar va ular o`rtasida bog`liqlik bor ekanligini isbotlab berganlar. «Ekonomika» (iqtisod) so`zi ham grekchadan olingan bo`lib «oykos» - uy, xo`jalik, «nomos»- o`rganish, qonun so`zlaridan olingan.


Shu bilan birga qadimgi Arab, Xitoy, Hindiston, O`rta Osiyo olimlari ham iqtisodiy jarayonlarni o`rganishda o`z hissalarini qo`shganlar. Iqtisodiy jarayonlarni o`rganishga munosib hissa qo`shgan olimlardan biri Abu Rayhon Beruniydir (973-1048). U pulning kelib chiqishi va ahamiyatini tadqiq qilgan. Sarflangan mehnat va ishlab chiqarilgan mahsulot o`rtasidagi nisbatni belgilashda pulning o`rnini ko`rsatgan. Pulning o`rnini bunday tushunish Arastuning fikrlaridan ustundir. Arastu pulning qiymat o`lchovi va muomala vositasi deb belgilagan, ammo u mehnat va qiymat o`rtasidagi bog`lanishni ko`rmagan.
Fan sifatida iqtisodiyot kapitalizm shakllanish davrida (XVII-XVIII asr) vujudga kelgan. O`sha davrda fan oldida «davlat qanday qilib boyiydi» degan savolga javob topish vazifasi turar edi. Merkantalizm-iqtisodiyotning birinchi maktabi bo`lib, unga frantsuzlardan A.Monkreten, inglizlardan U.Stefford, T.Man. A.Serra va boshqalar asos solganlar. Ular ijtimoiy boylikning o`sish manbaini ishlab chiqarish sohasidan emas, balki muomala sohasi savdodan izlaganlar. Bu esa ularning ilmiy tadqiqotlarini chuqur emasligi hamda cheklanganligidan darak beradi. Chunki muomala sohasida hech qanday boylik yaratilmaydi, bunda faqatgina pulni tovarga yoki tovarni pulga ayirboshlash ro`y beradi, xolos.
Dastlabki merkantalistlar (U.Stefford, A.Monkreten) davlatning siyosati mamlakatga ko`proq oltin va kumush jalb etish, pulni chetga chiqarishni ta'qiqlash orqali dastlabki jamg`armani amalga oshirish lozim, deb ta'kidlaganlar. Merkantalistlarning keyingi namoyondalari T.Man, A.Serra davlat tashqi savdoni keng rivojlanishini ta'minlashi kerak, buni manifaktura ishlab chiqarishni rivojlantirish yo`li bilan ta'minlash zarur deb hisoblaganlar.
Merkantalistlar izidan fiziokratlarning nazariy ta'limoti vujudga keladi. Uning asoschisi F.Kene (1694-1774) hisoblanadi. Fiziokratlar ishlab chiqarishni ijtimoiy boylikning manbai deb hisoblaganlar, ammo ular qishloq xo`jaligi tarmog`i bilan cheklanib qolganlar. Qishloq xo`jaligi mehnati «unumli» bo`lib, foyda shu tarmoqda hosil bo`ladi. Boshqa tarmoqlardagi mehnatni «unumsiz» deb hisoblaganlar.
Biroq shunga qaramasdan fiziokratlar ishlab chiqarishni yaxlit holda tadqiqot qilishga ilmiy asos soldilar.Ular cheklanmagan holda xususiy mulk hukmronligi, erkin raqobat va tashqi savdo erkinligini tarafdori bo`lganlar. Takror ishlab chiqarish qonunlari va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishini tadqiq qilishga harakat qilganlar.
Ko`rilayotgan mazkur savollarga klassik maktab namoyondalari asosiy javobni berganlar. Uning namoyondalari U.Petti, (1623-1687), A.Smit (1723-1790) D.Rikardolardir. (1772-1827).Ularning nazariyalari tarmoq xususiyatlarini e'tiborga olmagan holda ishlab chiqarish va moddiy boylikni taqsimlash qonuniyatlarini o`rganishga qaratilgan edi. Bu maktab namoyondalarining buyuk yutug`i mehnatning qiymat nazariyasini yaratganliklaridadir. Ana shu davrdan boshlab mustaqil iqtisodiyot faniga asos solindi.
Keyinchalik fanning rivojlanishiga marjinalizm (XIX asrning 70 yillari) ta'limoti munosib hissa qo`shdi. Jumladan, ular o`z-o`zidan tartiblanib turuvchi bozor ta'limotini rivojlantirdilar. Hozirgi davrda bu ta'limot neoklassiklar ta'limoti deb ham yuritiladi. Yirik namoyondasi Alfred Marshalldir (1842-1924).
XX asr boshlanishida iqtisodiyot fanida keynschilik maktabi munosib o`rin egallagan. Bu ta'limot ingliz iqtisodchisi Dj.M.Keyns (1883-1946) nomi bilan bog`liq. U iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarishda davlatning doimiy aralashuvi zarurligining tarafdori edi.
XX asrning 50-60 yillarida E.Xanss, Dj.Xiks, R.Xarrod, ye.Dolor Keyns ta'limotini davom ettirib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nazariyasini rivojlantirdilar. Shuning bilan yangi keynschilik iqtisodiy maktabiga asos solindi.
XX asrning o`rtalarida keynschilik ta'limoti to`liq amalga oshayotgan bir davrda (70 yillarning oxirida) eski an'anaviy iqtisodiy liberalizmga qaytish masalasi maydonga chiqa boshladi. U monetarizm ta'limoti edi. Asosiy e'tibor pul muomalasini tartibga solish, inflyatsiyani pasaytirish, pul birligi qurbini oshirishga qaratilgan. Bu ta'limotning yirik namoyondasi amerikalik iqtisodchi Milton Fridmen (1912).
Iqtisodiy ta'limot rivojiga qadimgi musulmon sharqi allomalari ham munosib hissa qo`shganlar. Muhammad (s.a.v.) payg`ambarning (570-632) muqaddas kitobi «Qur'on», arab donishmandi Ibn Xoldun (1332-1406), Markaziy Osiyodan X-XVI asrlar oraligida Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, A.Navoiy, Bobur kabilarning qarashlari shular jumlasidandir.




  1. Download 0,93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish