O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi



Download 7,18 Mb.
bet6/25
Sana02.04.2022
Hajmi7,18 Mb.
#525218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
лаборатория

IV-ISH YUZASIDAN HISOBOT.

  1. …………………..(sanada, t …………………..soatda.

Yulduz turkumlarining joylshishi

Chiqayapti:

Yuqori kul’m.

Botayapti






















  1. 15 martda.

Yulduz turkumlari

Yulduz turkumlarining joylshishi ( chiqishi , botishi, yuqori va quyi kul’minatsiyada bo’lishi).

t=os

t=6s

t=12s

t=18s

Katta Ayiq













Kassiopeya













Orion













Gerkules













III.


Yulduzlarning nomi

Yulduz turkumidagi belgisi

Vaqt soatda

data

Yuqori kul’minasiya

Quyi
Kul’minasiya














































IV…………………….yulduz turkumlari botmaydi.


V.

Data

V A Q T D A

Chiqadi

Yuqori kul’minatsiya

Botadi

I

2

3

4

21 III










22 VI










23 IX










22 XII












Nazorat savollari



  1. Surilma xarita necha qismga bo’linadi ?

  2. Surilma xaritadan qanday maqsadlarda foydalaniladi ?

  3. Bahorgi va kuzgi teng kunlik nuqtalarining koordinatalarini (α,δ) toping ?

  4. Umuman botmaydigan yulduzlarini aniqlang ?

  5. Datalar limbasi necha qismdan tashkil topgan ?

  6. Vaqt limbasi deb nimaga aytiladi ?



Taklif: O’qituvchi ushbu laboratoriya ishini o’tishda ham darsning “Axborot texnologiyalarini qo’llash” (“yulduz turkumlari” uchun yaratilgan “elektron dastur”dan (TDPU, Sattorova B.)), “fanlararo bog’lanish” (geografiya, fizika) hamda “BBB” (bilaman, bildim, bilishni istayman) usullaridan foydalansa, maqsadga muvofiq bo’lardi.
LABORATORIYA ISHI – 4


GEOGRAFIK KOORDINATALAR, YER HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


ISHNING MAQSADI: Geografik xaritadan ob’ektlarning geografik kengligi va geografik uzoqligini, ya’ni koordinatalarini aniqlash.


KERAKLI ASBOBLAR VA QO’LLANMALAR: Globus, geografik xarita, osmon sferasining modeli.


QISQACHA NAZARIYA

Yerning o’z o’qi atrofida aylanishidan ikkita geografik qutb vujudga keladi. Bu nuqtalarda Yerning faraz qilingan o’qi uning yuzi bilan tutashadi.


Ekvator - globus va xaritalarda qutblarga nisbatan bir xil masofaga o’tkazilgan aylana chiziq . Ekvator Yer sharini Shimoliy va Janubiy yarim sharlarga bo’lib turadi. Uning uzunligi 40075 km, ekvatordagi 10 yoyning uzunligi esa 111,3 km (bu qiymar qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tomonidan ham hisoblab chiqilgan).
Parallel - ekvatorga nisbatan parallel o’tkazilgan aylana chiziqdir. Parallellarning uzunligi ekvatordan qutblarga tomon qisqarib boradi. Masalan, 300 li parallelning 10 yoy uzunligi 96,3 km, 600 parallelniki 55,6 km, 900- 0 km. Parallellar g’arb va sharq tomonlarni ko’rsatadi.
Meridian - globus va xaritalarda geografik qutblarni birlashtirib turuvchi aylana chiziqdir. Barcha meridianlarning uzunligi bir xil. Ular shamol va junub tomonlarni ko’rsatib turadi. Meridianlardan biri nolinchi yoki Bosh meridian deb qabul qilingan. Xalqaro kelishuvga binoan 1884 yildan boshlab London shahri yaqinidagi Grinvich observatoriyasi orqali o’tgan meridian 0 (nolinchi) meridian deb belgilangan.
Globus va xaritalarni biz daraja to’rlarisiz tasavvur qila olmaymiz. Bu to’rlar yordamida xaritadan xohlagan nuqtani topa olishimiz va ularning geografik koordinatalarini aniqlashimiz mumkin. Bu nuqtalarni topish uchun biz geografik kenglik va geografik uzunlik nimaligini o’rganib chiqishimiz kerak.
Geografik kenglik - Yer yuzidagi biron-bir nuqtaning ekvatordan boshlanadigan va darajalarda ifodalangan masofasidir. Ekvatorga nisbatan ikki xil - shimoliy va janubiy kengliklar mavjud. Kengliklar 00 dan 900 gacha belgilanadi va hisob olinadi. Masalan, Toshkent shahri 410 361 shimoliy kenglikda joylashgan (1-rasm).



1-rasm. Geografik kenglik


Geografik uzunlik - Yer yuzida biron-bir nuqtaning bir meridiandan boshlab hisoblanadigan va darajalarda ifodalanadigan masofasidir. Uzunlik Bosh meridianga nisbatan 00 dan 1800 gacha belgilangan bo’lib, g’arbiy va sharqiy uzunliklardan iborat (2-rasm).

2-rasm. Geografik uzunlik


Masalan, Toshkent shahri 690 121 sharqiy uzunlikda joylashgan. Yer sharidagi istalgan nuqtaning kengligi va uzunligi uning geografik koordinatalarini tashkil etadi.
Ekvatordan 180 ta parallel o’tkazish mumkin. Geografik kenglikni parallel bilan aniqlaymiz. Bosh meridiandan 360 ta meridian o’tkazish mumkin.


ISHNI BAJARISH TARTIBI

1. Quyida berilgan koordinatalar bo’yicha kartadan punktlarni aniqlang.


1) 400251 sh. k. Madrid
30411 g’. u.
2) 370501 j. k. Melburn
440581 Shq. u.
3) 330561 j. k. Keyptaun
180251 Shq. u.
2. Geografik xaritadan punktlarning koordinatalarini aniqlash.






500

к



0
D




400

600



А

700

х = 100 х АК


АВ
K punktning geografik kengligi
AV= 100
AK= x


K punktning geografik uzunligi

К = 100 х ОК
ОD

OD= 100


OK = x
Тoshkent shahrining koordinatalari.
1) AV = 5,5 sm = 55 mm x = 50 x 15 mm = 75 mm = 10361
55 mm 55 mm
AV = 50, OD = 50 K = 410 361 shimoliy kenglik
2) OD = 4 sm = 40 mm x = 50 x 33 mm = 165 mm = 40181
40 mm 40 mm
OK = 3,3 sm = 33 mm K = 690121 sharqiy uzoqlik

Parij shahrining koordinatalari


AV = 4,5 sm = 45 mm AV = 100
AK = 4 sm = 40 mm OD = 100


x = 100 x 40 mm = 400 mm = 80 81
45 mm 45 mm
Shimoliy kenglik 48081
OD = 3,0 sm = 30 mm OD = 100
OK = 0,6 sm = 60 mm
x = 100 x 60 mm = 60 mm = 20
30 mm 30 mm
Parij 48081 shimoliy kenglik, 20 sharqiy uzoqlik

  1. Mexiko shahrining koordinatalarini toping.

AV = 4,4 sm = 44 mm AV = 100
AK = 4,2 sm = 42 mm
x = 100 x 42 mm = 4200 = 9081
44 mm 44 mm
99081 g’arbiy uzoqlik
OD = 3,0 sm = 30 mm OD= 100
OK = 2,9 sm = 29 mm
x = 100 x 29 mm = 2900 = 9061
30 mm 30 mm
Mexiko 99081 g’arbiy uzoqlik 19061 shimoliy kenglik
2. Pekin shahrining koordinatalari.
AV = 4,1 sm = 41 mm AV = 100
AK = 3,9 sm = 39 mm
x = 100 x 39 mm = 9081
41 mm
39081 shimoliy kenglik
OD = 2,6 sm = 26 mm OD = 100
OK = 1,6 sm = 16 mm
x = 100 x 16 mm = 160mm = 6011
26 mm 26 mm
116011 sharqiy uzoqlik
3. Sidney shahrining koordinatalari
AV = 4,5 sm = 45 mm AV = 100
AK = 2,8 sm = 28 mm
x = 100 x 28 mm = 6021
45 mm
36021 janubiy kenglik
OD = 2,7 sm = 27 mm OD = 100
OK = 0,2 sm = 20 mm
x = 100 x 20 mm = 200mm = 0071
27 mm 27 mm
150071 sharqiy uzoqlik


Sidney - 36021 j.k 150071 shq.u
VAZIFALAR

Quyida berilgan joylarning geografik koordinatalarini geografik xaritadan foydalanib toping.



  1. Qorag’iyo cho’kmasi– dengiz sathidan-132 metr pastda joylashgan.

  2. Kanin burni– Kanin yarim orolida, Barens dengizining pastki qismida joylashgan.

  3. Gilman tizmasi- Komi avtonom respublikasi hududida joylashgan.

  4. Yug daryosi – Shimoliy Dvina dayosi irmog’i..

  5. Narodnaya tog’i – Qutb oldi (приполярный) Ural tog’ida joylashgan, balandligi 1894 metr.

  6. Il’men’ ko’li – Novgorod shahrining pastki qismida joylashgan.



Nazorat savollari



  1. Geografik uzunlik deb nimaga aytiladi ?

  2. Geografik kenglik deb nimaga aytiladi ?

  3. Meridian deb nimaga aytiladi ?

  4. Ekvator deb nimaga aytiladi ?

  5. O’zingiz yashayotgan shaharning geografik kengligini toping.

  6. Parallellar deb nimaga aytiladi ?


Taklif: O’qituvchi ushbu laboratoriya ishini o’tishda darsning “fanlararo bog’lanish” (geografiya) hamda “o’quv konferensiya” (chunki talaba laboratoriyada ishlatiladigan ayrim ma’lumotlar bilan oldindan tanish) usullaridan foydalansa, maqsadga muvofiq bo’lardi.


LABORATORIYA ISHI -6


ASTRONOMIK KALENDARLAR VA QO’LLANMALAR


ISHNING MAQSADI: Astronomiya o’qitishda keng qo’llaniladigan astromik kalendarlar bilan tanishish.
KERAKLI ASBOBLAR VA QO’LLANMALAR: Aстрономический календарь ― постоянная часть (Астрономик йилнома ― доимий қисм), Aстрономический календарь ― переменная часть (Ежегодник) (Астрономик йилномa―даврий қисм), yulduzlar osmoning surilma xaritasi.


QISQACHA NAZARIYA

Astronomiya kursini o’tish jarayonida mazkur o’quv yilda kuzatish mumkin bo’lgan astronomik hodisalar va astronomik obektlar haqida ma’lumotlar berish talab etiladi.


Ko’rinma yoritgichlarning osmondagi vaziyati yil mobaynida va yildan–yilga o’zgarib boradi. Bu vaziyatlarni nazariy astronimiya usullarini qo’llab oldindan hisoblash mumkin. Bizning mamlakatimizda osmon jismlariga tegishli barcha hisoblashlar, sobiq ittifoq fanlar akademiyasiga qarashli maxsus nazariy astronomiya institutlari tomonidan olib boriladi. Bunday hisoblashlar asosida osmon yoritgichlarining koordinatalari ko’rsatilgan va ko’pgina osmon jismlariga tegishli boshqa ma’lumotlarni o’zida aks ettirgan jadvallar 2-3 yil oldin tuzilib, astronomic har yilliklar (Ежегодник) lar nashr etiladi. “Aстрономический ежегодник”- asosan observatoriyalar va astronomo-geodezik dala ishlari uchun mo’jallangan qo’llanmadir. Unda Quyosh, Oy, sayyoralar haqida kundalik kerakli ma’lumotlar, yulduzlarga doir turli ma’lumotlar keltiriladi, maxsus jadvallar beriladi.
Aстрономический календарь ― переменная часть (Ежегодник) ning birinchi bo’limi “Эфемеридлар” deb nomlangan bo’lib, unda vaqtni o’lchash, Quyosh va Oyning chiqishlari, yuqori kulminatsiyalari va botishlari momentlarini aniqlash usullari haqida misollar keltirilgan. Sayyoralarning ko’rinma harakati ifodalangan kartalar, Quyosh va Oy tutilishlari, o’zgaruvchan yulduzlar va hokozolar haqida ma’lumotlar beriladi. Kalendarning ilovalar qismida turli astronomik yangiliklar, Yer sun’iy yo’doshlari, kosmik stansiyalar haqidagi materiallar keltiriladi. Quyosh va Oy efemeridalari 16 betdan boshlanib, “Солнца”, “Луна” sarlavhasidagi jadvallar ko’rinishida beriladi. Bundagi son ustunlari quyidagilarni ifodalaydi.

Data

Yulian davri kunlari

Vosxod (V)-Chiqish

Zaxod (Z)- Botish

Botish va chiqishning azimut nuqtalari

To’g’ri chiqish, α

Vaqt tenglamasi, η

Og’ish, δ

Og’ishning soatlik o’zgarishi, δ

Yulduz vaqti, S0

Jadvalda Quyoshning chiqish va botish vaqtlari, chiqish va botish nuqtalarning azimutlari Grinvich meridiani =0h va Moskva kenglamasi φ=560 uchun berilgan. Chiqish va botish nuqtalarining astronomik azimutlari berilgan ustun tepasiga ± ishoralari qo’yilgan, bu ishoralar ustundagi hamma sonlarga doir va (-) chiqishi (+) botishi ifodalaydi. Astronomik azimutlar janub nuqtasidan hisoblanib, g’arbga tomon musbat, sharqqa tomon manfiy deb olinadi.
Quyoshning to’g’ri chiqishi , vaqt teglamasi =( o’rtacha Quyosh vaqti- haqiqiy Quyosh vaqti), Quyoshning og’ishi δ va og’ishning bir soatlik o’zgarishi ∆ δ miqdorlar dunyo vaqti 0h uchun berilgan. Oxirgi ustundagi qiymatlar S0ning bosh meridiandagi, (o’rtacha Quyosh vaqti hisobida) Grinvich yarim tuni, ya’ni dunyo vaqti 0h gat eng bo’lgan vaqtdagi, yulduz vaqtini ifodalydi.
Jadvallarning pastki qismida sayyoralarning va boshqa obektlarning mazkur oyda ko’rinishi haqidagi ma’lumotlar berilgan.
Oy efemeridasi chiqish, yuqori kulminasiya, botish vaqtlarini, chiqish va botish niqtalarining azimutlarini, , δ larni, Grinvich yarim tunida Oyning ko’rinma burchak raduslarini o’z ichiga oladi. Jadvallarning pastida mazkur oydagi Oy fazalari, sayyoralarning Oy bilan to’silishi haqidagi ma’lumotlar berilgan. Oyning asosiy fazalari quyidagicha belgilangan.: ●- yangi oy, ) - birinchi chorak; O- to’linoy, (-oxirgi chorak. Belgilar yonida shu faza dunyo vaqtida qachon bo’lishi berilgan.
Sayyoralar haqidagi ma’lumotlar “Planetalar” bo’limida har oyning ayrim sanalari uchungina beriladi.

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish