O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi toshkent viloyati oqqo`RG`on tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
Sana25.11.2019
Hajmi0,58 Mb.
#27114
Bog'liq
soz birikmasi va gap


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

                    TOSHKENT VILOYATI OQQO`RG`ON   TUMANI 

XALQ TA’LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI 

 METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH BO`LIMI 

 

 

 

 

 

 

  

 

49-

UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI  

ONA TILI VA ADABIYOTI FANI O`QITUVCHISI 

MUROTOVA SADOQATNING 8- SINF UCHUN 

“SO`Z BIRIKMASI VA GAP ” MAVZUSIDAGI  

DARS ISHLANMASI 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MAVZU: SO`Z BIRIKMASI VA GAP 

 

Darsning maqsadi: 

1. Ta`limiy: so`z birikmasi va   gap, ular o`rtasidagi  farq  yuzasidan  tushunchalar  

berish. 

2. Tarbiyaviy: o`quvchilar ongiga  umuminsoniy qadriyatlarni singdirish. 

3.  Rivojlantiruvchi:  o`quvchilarning    mustaqil  va  ijodiy    fikrlash    ko`nikmalarini  

rivojlantirish. 



 

Darsning shiori: 

Qoidani unutma 

Ma`nodan uzoq ketma 

Gapni cho`zma oz gapir 

Keng ma`noli soz gapir. 

Darsni tashkil etish texnologiyasi:  

Metod: aqliy hujum,VENN diagrammasi, tushunchalar tahlili 

Dars  turi: yangi bilim beruvchi. 

Dars  usuli: noan`anaviy. 

Darsda  qo`llaniladigan  vosita.  I.Karimovning  „Yuksak  ma`naviyat  –  yengilmas 

kuch“  asari,  proyektor,  perfokartalar,  tarqatmalar,  slayd,    rasmlar,  markerlar,  A-4 

o`lchamdagi qog`ozlar 

DARSNING BORISHI 

I.  Tashkiliy  qism:  (2 daqiqa) 

a)  sinf tozaligini tekshirish

b) davomatni aniqlash

d) sinf o`quvchilarini   uchta guruhga ajratish va guruhlarni  nomlash.  

Guruhlar nomi. “Topqirlar”,   “Bilimdonlar”,   “Zukkolar” 



II.    O`tilgan  mavzuni  takrorlash  (12    daqiqa  ).  O`quvchilarning  o`tilgan 

mavzular yuzasidan olgan bilim va egallagan ko`nikmalari 3 bosqichda tekshiriladi.  



1-bosqich.  O`quvchilar  diqqati  quyidagi  grammatik  topishmoqqa  qaratiladi.  (shu 

o`rinda  “Aqliy hujum”usulidan foydalaniladi).  

Namuna:  



Qalam bilan yozamiz, 

Men bilan sen yozamiz. 

Bunda ikki “bilan”  bor. 

Bir-biridan farqi bor

Toping, qanday farqi bor? o`quvchilar tomonidan  topishmoqning  javobi aytiladi.  

2-bosqich.   So`z  birikmasi  yuzasidan  o`tilgan  mavzularni  takrorlash  maqsadida 

o`quvchilarga perfokartalar tarqatiladi va ular bilan ishlash tartibi tushuntiriladi. Slaydda 

quyidagilar aks ettiriladi.  

A – Bitishuv usuli 

B – Moslashuv usuli 

D – Boshqaruv usuli 

So`ngra    o`qituvchi  birin-ketin  quyidagi  so`z  birikmalarning  har  birini  navbati 

bilan  2-3  martadan  o`qiydi.  So`z  birikmalari  proyektor  orqali  ekranda  ham  ko`rsatilib 

turiladi.  O`quvchilar  so`z  birikmalarini  diqqat  bilan  tinglab  kerakli  ustundan  to`g`ri 

javobni X shaklida belgilaydilar.   

 

1. Uy qurmoq     (boshqaruv) 



2. Birga kelmoq    (bitishuv) 

3. Zavq bilan kuylamoq    (bitishuv) 

4. Gilos danagi     (moslashuv) 

5. Qalam bilan chizmoq    (boshqaruv) 

6. Bizning uy    (moslashuv) 

 

Perfokartalardan namuna:  

 

     



   

   


  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

  



  

  

 



 

 

 

  



To`g`ri javoblar soni _________ ta.    

Bahosi:__________ 

 

 



O`qituvchi  tomonidan  oldindan  javoblar  belgilangan    perfokarta    tayyorlangan.  

O`quvchilarning  perfokartalari  yig`ib  olingandan  so`ng  tekshiriladi  va  baholanadi. 

(bunda  o`quvchilarning  tayyorlagan  perfokartasi  ustiga  o`qituvchining  perfokartasi 

qo`yiladi  va  to`g`ri  javoblar  aniqlanadi).  So`z  birikmasi  mavzusi  yuzasidan 

o`quvchilarning egallagan bilim va ko`nikmalari  shu yo`sinda  tekshiriladi. 



3-bosqich.  Guruhlar  diqqatiga  quyidagi  jadval  havola    (slayd  ko`rsatiladi)  etiladi 

(“Tushunchalar tahlili” metodidan foydalaniladi).  



 

Topshiriq: jadvalda berilgan tushunchalarga izoh yozish.  

 

t-r 



Tushuncha 

Mazmuni 


So`z 


 

Qo`shma so`z 



 

So`z birikmasi 



 

Erkin bog`lanma 



 

Turg`un bog`lanma 



 

Gap 



 

 

 



Guruhlar  taqdimoti  o`tkazilgandan  so`ng    ekranda  quyidagi  jadval  ko`rsatiladi. 

Guruhlarning  javoblari  to`g`ri  javobga  to`liq  yoki  qisman  to`g`ri  kelishiga  qarab 

rag`batlantiriladi. 

 

T-r 



Tushuncha 

Mazmuni 


So`z 


Leksik hodisa, tushuncha anglatadi 

Qo`shma so`z 



Tushuncha  anglatadi,  qismlari  orasidagi 

grammatik 

aloqa 

yo`qolgan, 



bitta 

so`roqqa  javob  beradi,  umumiy  bir 

urg`uga ega. 

So`z birikmasi 



Grammatik  hodisa,  qismlari  alohida 

so`roqqa va alohida so`z urg`usiga ega. 

Erkin bog`lanma 



So`z birikmasi 

Turg`un bog`lanma 



Ibora 

Gap 



Grammatik hodisa, fikr anglatadi 

 

III. Yangi mavzuning  bayoni: (12 daqiqa). Darslik bilan ishlash. Darslikdagi 92, 

93-mashq bajariladi.  

Guruhlarga topshiriq: 

So`z  birikmasining  gapdan  farqini  aytish  va  izohlash.  (o`quvchilarning  mustaqil 



fikrlashi  va  ijodiy  tafakkuri    rivojlantiriladi).    Navbatdagi  topshiriq  bo`yicha  har  bir 

guruh  “Venn  diagrammasi`dan  foydalanib  so`z  birikmasi  va  gap  o`rtasidagi  farq  va 

umumiy tomonlarini topadi. 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

So`ngra  o`qituvchi  tomonidan  quyidagi  “Bilib  oling!”  rukni  ostida  grammatik 



tavsif havola etiladi.  

 

 



 

 

 



 

IV.  Yangi  mavzuni  mustahkamlash (16 daqiqa)   

         

94-mashq  og`zaki  bajariladi.  95-mashqdagi  oling  so`zi  1-guruh,  qurdilar  so`zi     

2-guruh,  g`oliblardanmiz  so`zi  asosida  3-guruh    tomonidan  so`z  birikmalari  tuziladi. 

Berilgan  javoblar    A  4  formatli  qog`ozda  o`z  aksini  topadi.  Guruhlar  bir-birlarining 

javoblarini  tekshirib  taqdimot  o`tkazishadi.  So`ng  har  bir  guruh  bittadan  savol  va 

topshiriqqa jabob beradilar. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

V. Faol guruhni aniqlash, o`quvchilarni  baholash  va  baholarni  izohlash  (3 

daqiqa). 

 

VI. 



Uyga  vazifa  ko`p variantli tarzda  beriladi (2 daqiqa.) 

1-guruhga: “Yurtimning obodligi” mavzusida ijodiy matn yaratish. 

2-guruh:    adabiyot  darsida    o`qilgan  asardan  qiziqarli  voqea  qismidan 

boshqaruv munosabatli so`z birikmalari yozish. (10 ta). 

3-guruh:  “Kechasi  tiniq  osmonda  yulduzlar  charaqlaydi”  gapidagi  so`z 

birikmalarini aniqlash va yozish. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish