O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi tarbiya i-sinf uchun o‘quv-metodik qo‘llanma toshkent – 2020



Download 11,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/102
Sana18.01.2022
Hajmi11,44 Mb.
#390953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
Тарбия 1 методика узб 15.10.2020

SO‘Z BOSHI
Oldingizda Tarbiya kitobi hamda qarshingizda 
sa mimiyat va fidoyilikka asoslangan tarbiyangizga 
muntazir turgan murg‘ak qalb sohibu sohibalari. 
Sizning  yuksak  mahoratingiz,  chiroyli  sab­
ringiz, metin irodangiz tufayli bu fitrati pok, tiynati 
sof,  orzulari  beg‘uborlikka  limmo­lim  sirli  saltanat 
egalari  kelgusida  muqaddas  Vatani,  bag‘rikeng 
xalqi,  qadrdon  mahallasi,  mehribon  ota­onasi­
ga  nisbatan  munosib  farzand  bo‘lib  yetishadi! 
Shubha yo‘qki, bunday o‘ta mas’uliyatli va sharafli 
vazifani o‘z maqomingizda maromiga yetkazib ud­
dalashga Siz qodirsiz! 
Tan  olib  aytish  kerak,  bugungi  jadal  global­
lashuv,  innovatsion  taraqqiyot  sharoitida  dunyo 
hamjamiyati sahnida raqobatbardosh mamlakatga 
aylanayotgan,  yangilanayotgan  O‘zbekiston  dav­
lati va jamiyati oldiga qator milliy va umuminsoniy 
vazifalarni yuklamoqda. Bu, ijtimoiy hayotimizning 
barcha  jabhalarida  izchil  amalga  oshirilayotgan 
islohotlar  singari,  ta’lim­tarbiya  borasiga  ham  be­
vosita tegishlidir. 
Ushbulardan  biri,  shubhasiz,  muhtaram  Pre
-
zidentimizning  bevosita  tashabbuskorligida  davr 
talabiga  javob  beradigan,  milliy  va  umumin soniy 
qadriyatlar  uyg‘unligi  ta’minlangan,  xalqaro  tajri
-
ba  va  interfaol  uslublardan  unumli  foydala nilgan 
Tarbiya  fanining  yaratilishi  hamda  undagi  go‘zal 
insoniy  fazilatlar,  chuqur  foydali  bilimlarni  yosh 
avlodga o‘qitish va uqdirishdir. 
Bundan  ko‘zda  tutilgan  asosiy  maqsad 
–  yangi  davrning  mard  va  jasur,  adolatli  va 
 


4
sadoqatli, mehrli va oqibatli, hayoli va oriyatli, va­
tanparvar,  ezgu  maslagida  qati’yatli,  mustahkam 
e’tiqodga  ega  bo‘lgan  barkamol  avlodni  voyaga 
yetkazish sanaladi. 
Bunda, Sizdan yosh avlod ongu shuurida:
• 
mustaqil  va  erkin  fikrlashni  hamda  ularning 
yashirin salohiyatini yuzaga chiqarish; 
• 
muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlash; 
• 
faol fuqarolik pozitsiyalarini mustahkamlash; 
• 
burch  va  mas’uliyat,  huquqiy  ong  va 
huquqiy  madaniyat,  teran  dunyoqarash,  mustah­
kam  ezgu  e’tiqod,  ma’rifatparvarlik,  bag‘ri kenglik 
singari  go‘zal  fazilatlarni  shakllantirish  talab 
etiladi.
Shu  bilan  birga,  o‘quvchilar  o‘rtasida  kuzati­
layotgan  ayrim  salbiy  holatlarning  asl  sabablarini 
aniqlash va oldini olishdagi ishlar samaradorligini 
oshirish ham nazarda tutiladi. 
Bu  borada  Sizga  darslikda  keltirilgan, 
innovatsion tarbiya texnologiyalari, odob va axloq, 
chuqur  bilim,  teran  idrok  va  zukkolikni  targ‘ib 
etuvchi  hayotiy,  ta’sirchan  mitti  hikoya,  ri voyat, 
maqol,  hikmatlar,  jozibador  sehrli  so‘zlar  hamda 
qisqa  metrajli  videoroliklar  yordamchi  va zifasini 
bajaradi. 

Download 11,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish