O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi



Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
Sana28.10.2019
Hajmi0.92 Mb.

 

 

 



 

 

 



O‘zbekiston  Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 

Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi 

Sariosiyo tumani xalq ta’limi muassasalari  faoliyatini  

metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi 



 

3- maktabning  

Informatika fani o‘qituvchisi 

Qodirov Jamshidning  

 

mavzusida tayyorlagan  

 

(7-sinf uchun) 



 

 

 

 

 

 

 

 

Sariosiyo-2016 

 

 



Informatika. 7-sinf. 12-dars 

Маvzu: Internetda ma’lumotlarni izlash. 

 

Darsning maqsad va vazifalari:  

Dars maqsadlari:  

A)  Ta’limiy  maqsad:  O‘quvchilarga  qidiruv  tizimi  yordamida  Internet  tizimidan 

kerakli ma’lumotlarni izlab topish haqida tushuntirish; 



B)  Tarbiyaviy  maqsad:  O‘quvchilarni    milliy  istiqlol  g‘oyalari  ruhida  tarbiyalash, 

ularni  internet  tizimidan    vayronkor  g‘oyalardan  foydalanishga  qarshi  kurashish 

tarbiyasini berish; 

 C)  Rivojlantiruvchi  maqsad:  O’quvchilarda  politexnik  ta’lim  berish,    axborot 

zaxiralari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. 

 

Vazifalar: 

O‘quvchilarni izlanuvchanlik ruhida tarbiyalash. 

O‘quvchilarni axborot zaxiralari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. 

 

Asosiy tushunchalar:  

Qidiruv tizimi, 

qidiruv satri,  

qidirish tugmasi.  



Darsga kerakli bo’lgan jihozlar: 

Informatika  darsligi  va  plakatlar,  tarqatma  materiallar  tayyorlab  qo‘yiladi. 

Mavzuga  mos  elektron  qo‘llanmalar  kompyuterga  yuklab  ishchi  holatga  keltiriladi. 

Kompyuterlar Internetga ulanadi. 



 

Darsda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslub: 

 aqliy hujum, klaster, hamma-hammaga o‘rgatadi. 

 

Dars o’tish rejasi:  

1.   O`qituvchining kirish so`zi.  

3( daqiqa) 

2.  Uyga berilgan ““Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar”” 

mavzusiga oid bilimlarni  tekshirish.  

8 (daqiqa) 

3.  O‘quvchilar  bilimini  tekshirish.  (xotira  mashqi  orqali    oldingi 

o’tilgan mavzuni mustahkamlash –  

3 (daqiqa) 

4.  Yangi  mavzu  bayoni.  O‘qituvchining    ma’ruzasi.    Mavzuni 

Internet orqali amaliy bajarish bilan tushuntiriladi  

20(daqiqa) 

5.  Mavzuni mustahkamlash. (7 daqiqa) 

7 (daqiqa) 

6.   O`quvchilarni rag‘batlantirish, baholash  (Baholash uchun rag‘bat 

kartochkalari o‘qituvchi tomonidan rag‘bat  doirachalari oldindan 

tayyorlab  qo‘yiladi  va  ularni    dars  boshida  tushuntirilib  o’tadi. 

Bunda  qizil  ranglisi-5  ball,  yashil-4  ball,  binafsha-3  ball,  ko’k-2 

ball, sariq-1 ball bilan belgilanadi) 

2 (daqiqa) 

7.   Uyga vazifa berish  

2 (daqiqa) 



   

DARSNING BORISHI: 

1.Darsning tashkil etilishi: 

a) salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifani so’rash; 

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, sinfga jonli muhit yaratish; 

 

2.  Uyga  berilgan  “Internetda  ishlashni  ta’minlovchi  dasturlar”  mavzusiga  oid 

bilimlarni  tekshirish.  

O‘qituvchi tomonidan “Internetda  ishlashni ta’minlovchi  dasturlar”    mavzuga  

doir  “Galereya” metodidan foydalanib o’tilgan bilimlarni qanday egallaganliklari va bu 

mavzudan  nimalarni  bilib  olganliklari  aniqlanadi.  (mazkur  mashg‘ulotni  o’tkazishdan 

avval  o’quvchilarni  guruhlarga  ajratiladi  va  ularga  beriladigan  materialni  qanday 

internet  tizimida  bajarishlari  haqida  tanishtiriladi.  So‘ng  tarqatma  materiallar 

guruhlarga  beriladi.  Guruh  a’zolari  birgalikda  fikrlashib  tarqatma  materialda  berilgan 

topshiriqni  yozma  ifodalaydilar.  Mavzu  bo’yicha  imkon  boricha  to’laroq  ma’lumot 

berishlari kerak bo’ladi) 

1-guruh 

Tushunchalar 

Mazmuni 

Internet  Explorer  dasturi  interfeysini  ishga 

tushirish usullarini amaliy bajaring va yozing 

 

 



2-guruh 

Tushunchalar 

Mazmuni 

Internet 

Explorer 

dasturi 


interfeysi 

Menyular  satri  nimalardan  iboratligini  amaliy 

ko‘rsating va yozing 

 

 



3-guruh 

Tushunchalar 

Mazmuni 

Internet  Explorer  dasturida  uskunalar 

panelini  tashkil  eting,  amaliy  ko‘rsating  va 

yozing 


 

 

Har  bir  guruh  ajratilgan  vaqt  davomida  berilgan  topshiriqni  bajarib  bo’lgach, 



guruhdan bir o’quvchi taqdimot qiladi.   

O’qituvchi  guruhlar  javoblarini    to’g‘ri  yoki  noto’g‘riligini  izohlab,  rag‘bat 

doirachalarini tarqatib, o’tilgan mavzuni yakunlaydi.  

 

3. Xotira mashqi  orqali   oldingi  o’tilgan mavzuni mustahkamlash  (“Aqliy  hujum” 

savollari orqali xotirani sinash) 

     O‘quvchilar  (yakka  holda)  o`qituvchi  tomonidan  oldindan  tayyorlab    qo‘yilgan 

savollarga javob beradilar.

 

1-savol Web-brauzerlarning asosiy vazifalari nimadan iborat?  

javob:       

  Web-sahifalarni xotiraga yuklash va ko‘rish;  



  Web sahifani diskka yozib qo‘yish (saqlash); 

  WWWdagi adresi bo‘yicha Web-sahifani chaqirish. 



  

2-savol        Internet Explorer dasturida Fayl menyusi orqali asosan qanday 

ishlar amalga oshiriladi? 

Javob:    Fayl  menyusi  orqali  asosan  Web-sahifani  ochish,  uni  o‘z  nomi      yoki 

yangi  nom  bilan  yozib  qo‘yish,  Web-sahifani  qog‘ozga  chop  etish,  dasturdan  chiqish 

kabi ishlar amalga oshiriladi 

3-  savol.  Ma’lumotlar  oynasidagi  Web  –  sahifani  qog‘ozga  chop  etish  uchun 

uskunalar panelidagi qaysi tugma bosiladi?   



   Javob: Web – sahifani qog‘ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi “chop 

etish” tugmasi bosiladi    .    



 O’qituvchi  guruhlar  va  yakka  tartibda  javob  bergan  o’quvchilarni 

javoblarini  to’g‘ri yoki noto’g‘riligini izohlab, ularni baholaydi.      

               

4.  Yangi mavzu bayoni  

O‘qituvchini kirish so ‘zi bilan boshlanadi. 

Internetdan  biror  soxaning  aniq  bir  yo’nalishida  ma’lumot  olish  uchun  shu 

ma’lumot saqlanayotgan URL-adresni bilish zarur. Lekin, URL-adresda, odatda, faylda 

saqlanayotgan  ma’lumot  haqida  to’liq  yoki  umuman  axborot  bo’lmasligi  mumkin. 

Ya’ni,  URL-adres  fayldagi  ma’lumot  mazmunini  aks  ettirishi  shart  emas.  Shuning 

uchun, Internetdan kerakli ma’lumotlar qanday olinishi juda dolzarb masaladir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ma’lumki,  Internet  –  bepoyon  axborot  ummoni.  Axborotlar  Internetda  millionlab 

web-sahifalarda  saqlanadi.  Bizga  kerakli  axborot  saqlanadigan  web-sahifani  topish 

uchun  uning  Internetdagi  adresini  bilish  zarur.  Ammo  Internet  soat  sayin  yangi 

axborotlar  bilan  boyib  boradi.  Suningdek,  ba’zi  (eskirgan)  axborotlar  Internet 

tarmog‘idan  chiqarib  tashlanadi.  Internetdagi  ko‘p  qo‘llaniladigan  web-sahifalar 

adreslari maxsus spravochniklarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to‘liq axborot olib 

bo‘lmaydi. Chunki Internetdagi barcha web-sahifalar adreslarini chop etish uchun juda 

katta  hajmli  kitob  kerak  bo‘ladi.  Bu  kitob  chop  etib  tugatilmasidan  Internetdagi  bir 

qancha adreslar o‘zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari, ya’ni  Internet 

tarmog‘idan kerakli axborotni izlab topish uchun hizmat qiluvchi maxsus web-sahifalar 

ishlab chiqilishi bilan osonlikcha hal etildi. 



yahoo.com 

Hozirgi  kungacha  quyidagi  kabi  o‘nlab  qidiruv  tizimlari  ishlab  chiqilgan: 

www.rambler.ru,  www.aport.ru,  www.yahoo.com,  www.yandex.ru,  www.lupa.ru, 

www.altavista.com



 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ulardan  ko‘p  qo‘llaniladiganlari  sifatida  Rambler,  Aport,  Yahoo  larni  keltirish 

mumkin.  Har  bir  qidiruv  tizimi  Internet  tarmog‘ida  o‘z  adresiga  ega.  Masalan, 

yuqoridagi  jadvalga  ko’ra  sanab  o‘tilgan  qidiruv  tizimlari  mos  ravishda 



www.rambler.ru,  www.aport.ru  va  www.yahoo.com  adreslarga  ega.  Qidiruv  tizimi 

web-brouzer  orqali  ishga  tushiriladi,  ya’ni  brouzerning  adreslar  satriga  qidiruv 

tizimining adresi kiritiladi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shu o‘rinda o‘quvchilarga dasrlikdagi 7–yoki 8–topshiriqlar amaliy ishlash uchun 

topshirilisa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

 

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash: 

Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar 

va topshiriqlar bilan murojaat qilish yoki test vazifalarini berish mumkin. 

Darslikdagi 1, 2 – mashqlarni bajarish. 



 

Uyga vazifa:  

 

aport.ru 

Yandex.ru 

Darslikdagi  3 – mashqlar, 3 ta test yoki krossvord yoki skanvord tuzish. 

9, 10, 11, 12 – mavzularni takrorlash. 



Qo‘shimcha savol va topshiriqlar 

1. 


Qidiruv tizimlari nima uchun kerak? 

2. 


Qidiruv tizimlari qanday imkoniyatlarni beradi?  

3. 


Qidiruv tizimlaridagi .ru yoki .com sifatlari nimani bildiradi? 

4. 


www.google.uz sayti yordamida tariximizga oid ma’lumotlar oling. 

5. 


www.ziyonet.uz saytidan informatikaga oid ma’lumotlar oling. 

Mashqlar 

1.Google.uz  saytida  “kompyuter”  va  “dastur”  kalit  so’zlari  yordamida  topilgan 

sahifalar sonini aniqlang. 

2.www.rambler.ru qidiruv tizimi yordamida “компьютер” va “программа” kalit 

so’zlari yordamida topilgan sahifalar sonini aniqlang. 

3.1-2-mashqlarda  olingan  sonlarni  ikkilik  sanoq  sistemasida  tasvirlang  va 

taqqoslang. 

 

Testlar 

1. Quyidagi Internet-serverlardan qaysi biri qidiruv tizimi? 

a) rambler.ru 

b) yahoo.com 

d) aport.ru 

e) barchasi 

2. Faqat qidiruv tizimlari ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating. 

a) Opera, Rambler  b) Netscape 

Navigator 



d) Aport, Yahoo 

Mosaic, AdWiper 



3. Qidiruv tizimi yordamida quyidagilardan qaysi birini izlash mumkin? 

a) qurilmalar uchun zarur dasturlarni 

b) ta’limga oid kerakli hujjatlarni 

d) qiziqtirgan o’yin dasturlarini 



e) barchasini 

4. Qidiruv tizimi yordamida quyidagilardan qaysi birini izlash mumkin? 

a) yangi filmlarni 

b) maktab saytlarini 

d) latifalarni 



e) barchasini 

5. Qidiruv tizimida biror dasturni topish uchun qidiruv satriga nimalarni yozish 

mumkin? 

a) dastur nomini 

b) dasturning vazifasini 

d) dasturni ishlab chiqargan firma 

nomini 

e) barchasini 

 

 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 

 

1.B.Boltayev,  A.Abduqodirov  va  boshqalar                        “8-Sinfda  informatika  va 



hisoblash texnikasi asoslari” metodik qo‘llanma. Toshkent 2010 yil  

 

2.B.Boltayev va boshqalar. “7-Sinfda informatika va hisoblash texnikasi asoslari” 



metodik qo‘llanma. Toshkent 2008 yil  

 

3.T.X.Xolmatov,  N.I.Taylaqov,  U.A.Nazarov  “Informatika  va  hisoblash 



texnikasi” “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Toshkent 2001 

 


4.  Informatika  va  hisoblash  texnikasi  asoslari  fanidan  optimallashgan  o‘quv 

dasturi va uzvilashgan  DTS sharhlari.  

 

5. O‘z pedagogik tajribamdan. 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qodirov  Jamshid  Shokirovich  1978  yil  13-  oktabrda  Samarqand  viloyati,  Oqdaryo 

tumanidagi Loyish shaharchasida tavallud topdi.  

1996  yil  Samarqand  Davlat  Universitetining  “Iqtisodiyot”  fakultetiga  o’qishga  qabul 

qilinib, ushbu oily o‘quv yurtini 2000 yilda bitirdi. 

2008  yil  Surxondaryo  viloyat  pedagog  kadrlarni  qayta  tayyorlash  va  malaka  oshirish 

institutidan matematika fani bo‘yicha qayta tayyorlashdan o‘tdi.  

2012 yildan buyon Sariosiyo tumanidagi 3-umumiy o’rta ta’lim maktabida matematika 

va informatika fanidan dars berib kelmoqda. 

2012  yil  informatika  fanidan  “Yilning  eng  yaxshi  o‘qituvchisi”  ko‘rik-tanlovi viloyat 

bosqichi ishtirokchisi.  

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar