Oʻquv jarayonida oʻquv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish oʻqituvchilarga:
internet tarmogʻi yordamida u yoki bu oʻquv fanlardan toʻplangan tajriba va uslublarni boshqa kasbdoshlari bilan almashish;
bir vaqtning oʻzida turli toifadagi ta’lim oluvchilar uchun har xil oʻqitish uslublarini amalga oshirish orqali oʻquv jarayonini
individuallashtirish;
oʻquv muassasalari uchun yaratilgan saytlardagi nazorat topshiriqlaridan mashq sifatida foydalanish natijasida ta’lim oluvchilarda fan boʻyicha egallangan bilimlarni koʻnikma va malaka darajasiga yetkazish;
qoʻlda bajariladigan ishlarni kamaytirish hisobidan ta’lim oluvchilarga yakka tartibda ishlash va oʻz qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatini yaratish;
ta’lim oluvchilarni mustaqil bilim olish jarayonini samarali tashkil etish kabi imkoniyatlarni yaratadi.