2. Ta’lim va tarbiyaga bagʻishlangan saytlar. Bunday saytlar asosan ta’lim muassasasi xaqida ma’lumotlar keng ommaga tanishtirish, ta’lim muassasasida faoliyat olib boruvchilar hamda oʻquvchilarni ta’lim muassasasi bilan doimiy aloqasini ta’minlab turish maqsadida yaratiladi. Shuningdek ta’lim va tarbiyaga bagʻishlangan bir necha saytlar mazmunan va mantiqan birlashtirilib ta’limiy portalni tashkil qilishi mumkin.
Yuqoridagidan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, oʻquv muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar ayniqsa, informatika oʻqituvchilari hamda oʻquv muassasasi oʻquvchilari orasida qiziqishi katta boʻlgan oʻquvchilar birgalikda ushbu oʻquv muassasasining saytini yaratish, mazmunini yangilab borishda muhim ishtirokchilar hisoblanadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |