Audiokonferensiyalar. Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki boʻlinmalari oʻrtasida kommunikasiyalarni saqlab turish uchun audioaloqadan foydalanadi. Audiokonferensiyalarni oʻtkazishning eng oddiy texnika vositasi soʻzlashuvda ikkitadan koʻp ishtirokchi qatnashuvini ta’minlaydigan qoʻshimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi. Audiokonferensiyalarni tashkil etish kompyuter boʻlishini talab etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari oʻrtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni koʻzda tutadi. Audiokonferensiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini yengillashtiradi, u arzon ham qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: |