Modul boʻyicha tinglovchilarning bilim, koʻnikma, malakasi va kompetensiyalariga qoʻyiladigan talablar:
Tinglovchi: - zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va ularning turlarini;
- multimedia va uning tashkil etuvchilarini;
- virtual borliq va unda qoʻllanadigan texnologiyalarni;
- kompyuter tarmoqlarini va uning turlarini;
- internet tarmogʻining asosiy xizmatlarini;
- multimedia va uning texnik-dasturiy vositalarini;
- mobil ta’lim va ommaviy onlayn ochiq kurslarni bilishi;
Tinglovchi: - zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan oʻquv jarayonida foydalanish;
- multimedia va uning texnik-dasturiy vositalarida ishlay olish;
- internet tarmogʻining asosiy xizmatlari va resurslaridan foydalana olish;
- ziyonet.uz ta’lim portalida va ta’limga oid internet saytlaridaishlash koʻnikmalarga ega boʻlishi;
Tinglovchi: - oʻquv jarayonida oʻz mutaxassisligi boʻyicha axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish;
- dars ishlanmalarini yaratishda multimedia imkoniyatlarini qoʻllash;
- mashgʻulotlarni tashkil etishda internet tarmogʻining asosiy xizmatlaridan foydalanish;
- multimedia va uning texnik-dasturiy vositalaridan foydalanish;
- ziyonet.uz ta’lim portali va ta’limga oid internet saytlari imkoniyatlaridan foydalangan holda darslarni tashkil etish malakalarga ega boʻlishi;
Tinglovchi
- ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish va amaliyotda qoʻllay olish kompetensiyalariga ega boʻlishi lozim.
Ishchi dastur
Kirish Har qaysi davlat oʻz rivojlanish yoʻlini ilm fansiz tasavvur eta olmaydi. Shuningdek bizning mamlakatimizda ham ilm fanni rivojlantirish, malakali teran fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Butun dunyoda ta’lim tizimini rivojlantirish uchun juda koʻp mablagʻ sarflanadi.
Dunyo pedagoglarining eng katta muammolaridan biri oʻqitish jarayonini soddalashtirish, oʻquvchilarning bilim darajasini yuksaltirish, ularning fanni chuqur oʻzlashtirish uchun koʻplab ta’lim shakllari hamda metodlar ishlab chiqilmoqda.
«Ta’lim toʻgʻrisida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021 -yillarga moʻljallangan “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi”, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3931, shuningdek Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, oʻquv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish taqozo etadi.
“Oʻquv jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qoʻllash” modulining ishchi oʻquv dasturi halq ta’limi xodimlari va oʻqituvchilari malakasini oshirish kursining oʻquv dasturi asosida tuzilgan boʻlib, bu modul oʻqituvchilarining pedagogik faoliyatida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini vositalaridan oʻquv jarayonida foydalanish, elektron multimediali resurslarini yaratish imkonini ochib beradi.