O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNI MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
HUQUQSHUNOSLIK FANLARINI O`QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
(uslubiy ko‘rsatma umumiy o‘rta ta’lim maktablar o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNI MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
HUQUQSHUNOSLIK FANLARINI O`QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
(uslubiy ko‘rsatma umumiy o‘rta ta’lim maktablar o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan)
J.Oripov. Huquqshunoslik fanlarini o`qitishda interfaol usullardan foydalanish. Uslubiy ko‘rsatma umumiy o`rta ta’lim maktablarining o`qituvchilari uchun mo‘ljallangan. -Samarqand, 2016, 20 bet.
Mas’ul muharrir: S. Yuldosheva - SamVXTXQTMOI dotsent
Taqrizchilar:
-
Samadov - SamDU dotsenti
S. Abriyev - SamVXTXQTMOI
Ushbu uslubiy ko`rsatma yosh avlodga zamonaviy huquqiy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak umuminsoniy fazilatlar va qonunlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash hamda bu jarayonda huquqshunoslik fanlarini o`qitishda interfaol usullar va ulardan foydalanishning samaradorligi to`g`risidagi fikrlar bildirilgan.
Mazkur uslubiy ko`rsatma institut Ilmiy kengashining 2016-yil ………..da bo`lib o`tgan yig`ilishida muhokama etilgan va ……… -sonli qarori bilan nashr etishga tavsiya berilgan.
KIRISH
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi-ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, ini o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash imkonini yaratdi.
Bunda ta’lim sifati va samaradorligini tubdan o`zgartirish asosiy maqsad sifatida qo`yildi. Zamonaviy ta’limga xizmat qiladigan o`qitish metodikasi va uning tamoyillari ishlab chiqildi.
O`quvchilarni fan asoslarini egallashga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, qiziqishlarini ortirish va ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’inlah, inson, jamiyat va atrof muhitning o`zaro munosabatlarini uyg`unlashtirish, ta’lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr qimmat tuyg`usi, yuksak, huquqiy madaniyat va ma’naviy hamda ijodiy fikrlashni tarkib toptirish maqsadida o`qitish jarayoniga yangicha yondashuv zarur.
Interfaol usullarni o`quv jarayonida qo`llash ta’lim tizimida keng tarqalib bormoqda. Bu o`z navbatida o`quv jarayonini demokratlashtirish, hamkorlik va hamjihatlikda dars jarayonini tashkil etish imkonini bermoqda. Bir so`z bilan aytganda, o`quv jarayonini markazida o`quvchi bo`lmog`i lozim. Shaxsga qaratilgan ta’lim o`quvchining o`quv faoliyatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, qiziqish, xohish, istaklarini ro`yobga chiqaruvchi kuch bo`lib hizmat qiladi.
HUQUQSHUNOSLIK FANLARINI O`QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
Bugungi kunda asosiy uslubiy innovatsiyalar interfaol o`qitish metodlarini qo`llash bilan bog`liqdir. Aytish joizki, “interfaol o`qitish” termini turli ma’noda tushuniladi. Mutahassislarning ko`pchiligi ushbu metodni internet zahiralari va komp’yuter tarmog`ini ishlatgan holda o`qitish deb tushunadilar. Ammo ushbu o`qitishni yanada keng talqin qilib, nima bilandir ( masalan, komp’iyuter bilan) yoki kim bilandir ( masalan, inson bilan) muloqatda bo`lish va birgalikda faoliyat yuritish qobiliyati ma’nosida ham tushuniladi.
Interfaol usullar o`zaro harakat, o`quvchilarni faolligi, guruh tajribasiga tayanish, qayta bog`lanish tamoyillariga asoslanadi. Oshkoralik, ishtirokchilarning o`zaro hamkorligi, ular keltirgan dalillarning tengligi, hamkorlikdagi bilimlar banki, o`zaro baholash va nazorat imkoniyati bilan belgilanadigan ta’limiy muloqot manbai yaratiladi. Interfaol metodlarniqo`llashda o`qituvchidan yuqori malaka, o`quvchi-yoshlar to`g`ri yoki noto`g`riligini baholash, sharhlab boorish talab qilinadi. Biror ko`rinishda baholangan faoliyat yanada jonlanish, fikirlash jarayonini faollashtirish xususiyatiga ega bo`ladi. Huquqshunoslik fanlarini o`qitishda interfaol usullarning afzalligi shundaki, bu usullar yordamida maktabda huquqshunoslik darslarning sifat va samradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o`z isbotini topmoqda.
Huquqshunoslik darslari jarayonida mavzuni tahlil qilish, voqea va hodisalarni taqqoslab o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. O`qituvchi tahlil yordmida voqea-hodisalarni qismlarga ajratib, tomonlarni fikran birlshtirib, bir butun holiga keltirib nutqda ifodalaydi. Tahlil va taqqoslash uzviy bog‘liqdir. Sintezli tahlil jarayoni mavzu yoki voqea-hodisalarni qismlarga bo‘lib, ya’ni fikran birlashtirishdir. Interfaol usullar yordamida huquqshunoslik darslarida masalaning mana shu tomoni yanada ravshanlashadi va sintez usuli eng qulay dars jarayonini ta’minlaydi.
Huquqshunoslik darslarini interfaol usullarda tashkil etish, o`quv jarayonida yakka tartibda, juft bo`lib ishlash, guruhlarda ishlash, rolli o`yinlar, hujjatlar bilan ishlash, axborot manbalari bilan ishlash, ijodiy ishlash jarayonida faydalanish mumkin.
Hozirgi kunda metodistlar, amaliyotchi o`qituvchilar tomonidan interfaol usullarning turli shakl va formalarini taklif etmoqdalar.
Ulardan:
-
Juftlikda ishlash;
-
Uchlikda ishlash;
-
To`rtlikda ishlash;
-
Kichik guruhlarda ishlash kabilar.
Yuqoridagilardan foydalanishda qandaydir bir maqsadni ko`zda tutib, muammoni keltirib, o`quvchilarni shu jarayonda ishlashga tayyorlab, uni ma’lum malakalarga ega bo`lgan hollarda qo`llanilsa kutilgan natijalarni olishimiz mumkin. Qo`yilayotgan muammo juda puhta o`ylangan keng qamrovli, diqqatni tortadigan holatda bo`lgani maqul.
Maktabda huquqshunoslik fanlarida darslarning samarali tashkil etishda qulay bo‘lgan bir nechta interfaol usullardan foydalanishlarini tavsiya etamiz. Ana shunday interfaol usullardan biri “Tushunchalar tahlili” usuli bo`lib, bu usul yordamida o`tilayotgan yoki avval o`tilgan mavzudagi tushunchalarni tahlil etish va tezkorlik bilan tushunchalarni mohiyatini tushunib olish uchun o`qituvchiga qulay imkoniyatlarni yaratib beradi. Bu usul yordamida o`quvchilarni guruh – guruh bo`lib mustaqil ishlashlari ham mumkin. Biz quyida “Tushunchalar tahlili” metodi ustida amaliy ish bajaramiz.
“TUSHUNCHALAR” TAHLILI
№
|
TUSHUNCHALAR
|
MAZMUNI
|
1
|
Demokratiya
|
Xalq xokimiyatchiligi
|
2
|
Huquqiy madaniyat
|
Qonunlarni bilish va ularga amal qilish bilan vujudga keladi.
|
3
|
Vakillik demokratiyasi
|
Davlatni boshqarishda xalqni o`z vakillari bilan ishtirok etishi.
|
4
|
Bevosita demokratiya
|
Davlat boshqaruvida xalqni o`z vakillarsiz bevosita xalq tomonidan amalga oshirilishi.
|
5
|
Etatik
|
Nodemakratik, ya’ni totalitar yoki avtoritar boshqaruvga ega davlat
|
6
|
Demokratik
|
Demos –xalq, kratos -hokimiyat
|
7
|
Suverenitet
|
Oliy hokimiyat egasi yoki mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish.
|
8
|
Vakolat
|
Davlat organlari yoki biron bir shaxsga yuklatilgan vazifa.
|
9
|
Ko`ppartiyaviylik
|
Ikki yoki undan ortiq partiyalar
|
10
|
Dekloratsiya
|
Lotincha bayonet, daromadi va boyliklari haqidasoliq to`lashga tortilgan shaxsning arizasi.
|
11
|
Javobgarlik
|
Nojo`ya harakati uchun javob berishni talab qiladigan holat.
|
12
|
Ayb
|
Jamoat tartib qoidalari va axloq normalariga xilof nojo`ya xatti-harakat.
|
13
|
Konvensiya
|
Bitim, ko`p tomonlama xalqaro shartnoma.
|
14
|
Apelltsiya
|
Shikoyat qilish, norozilik bildirish
|
15
|
Iqtisod
|
Tovar, pul munosabatlari va ishlab chiqarish sohalari majmui.
|
16
|
Qonun
|
Davlat hokimiyati oily organi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan normative akt.
|
17
|
Norma
|
Mayor.
|
18
|
Kodeks
|
Huquqning bir tarmog`iga oid qonun – qoidalar to`plami.
|
“Jumboq” ko`chasi interfaol usuli yordamida o`quvchilarni huquqiy bilmlarini mustahkamlashda, ularni huquqiy jarayonlarga ongli munosabatda bo`lish, mustaqil va erkin fikr yuritish qobiliyatini shakillantirish uchun muhim omil bo`lib hisoblanadi.
Ushbu interfaol usul huquqqa oid bilimlarni taqqoslash, solishtirish va qo`yilgan jumboq (muammo)larni yechimini toppish uchun o`quvchilarni qiziqishlarini oshiradi. O`qituvchi tomonidan huquqshunoslik fanniga oid turli jumboqli masalalar qo`yiladi. O`quvchilar esa ushbu jumboqli masalalarni yechimini topishga harakat qiladilar.
Masalan quyida “jumboq” ko`chasi interfaol usuli ustida qanday ishlash lozimligi borasida amaliy metodik tavsiya yordamida bajarilgan amaliy o`quv faoliyati bilan tanishtiramiz.
“Jumboq” ko‘chasi
Bu ko‘chada guruxlar e’tiboriga mavzu yuzasidan tuzilgan krossvordlarni yechish vazifasi qo‘yiladi yoki quyidagi ko‘rinishdagi jadval mazmunini yoritish topshiriladi:
-
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining quyidagi berilgan bob va moddalarining mazmuni haqida ma’lumot bering:
VII bob
|
X bob
|
XIV bob
|
XIV bob
|
25-modda,
26-moddaning ikkinchi qismi
|
45-modda
|
63-modda,
65-modda
|
64-modda,
65-modda
|
-
Quyida berilgan huquqiy normalarning mazmuni qaysi huquqiy hujjatga taaluqliligini toping.
11-modda:
|
8-modda:
|
1-modda:
|
4-modda:
|
Odam savdosidan jabrlangan bolalar ixtisoslashtirilgan muassasalarda joylashtirilganda ular katta yoshdagilardan alohida turishlari kerak.
|
Yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola hayotiga suiqast qilish eng og‘ir jinoyatdir. Davlat sog‘lom bolaning tug‘ilishi va rivojlanishini ta’minlash uchun sharoit yaratadi.
|
O`n sakkiz yoshga to‘lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo‘llaniladigan qonun bo‘yicha u ertaroq balog‘atga etmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi.
|
Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas.
|
Yoki quydagicha bajarilishi ham mumkin.
“JUMBOQ” KO`CHASI
2015 yil 5-dekabrgacha yurtimizda erishilgan yutuqlar haqida Prezidentimiz tomonidan keltirilgan fikrlar.
|
Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari
|
fuqarolarning burchlari
|
Huquqning ta’rifi
|
“Qishloq xo‘jaligi sohasida 7 million 500 ming tonnaga yaqin g‘alla, 3 million 350 ming tonna paxta hosilini qisqa mud-datda yig‘ishtirib olib, mavsumni yorug‘ yuz bilan yakunlaganimiz, shuningdek, pillachilik, chorvachilik, meva-sabzavot kabi tarmoqlarda ham salmoqli natijalarga erish-ganimizni hisobga oladigan bo‘lsak, o‘z ishimizdan rozi bo‘lishga barcha asoslarimiz bor, dedi davlatimiz rahbari.
|
Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustah-kamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.
Shaxslar o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Voyaga etmaganlar, mehnatga layoqat-sizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.
|
Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar.
Fuqarolar Kons-titutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar.
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.
|
Davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki ma’qullangan va uni kuch bilan himoya qilinadigan umummajburiy xulq - atvor qoidalarining tizimi
|
Yuqoridagi fikr va dalillar qaysi hujjatga tegishli ekanligini aniqlang:
-
Prezidentimiz Islom Karimov 5 dekabr kuni Oqsaroyda bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirish marosimida so`zlagan nutqlarida.
-
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga.
-
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga.
-
Huquqiy adabiyotlarga.
Umumta’lim maktablarida uyga berilgan vazifalarni qay tariqa bajarilganligini aniqlash nuchun FSMU texnologiyasidan foydalanishda quydagicha tuzilgan jadval asosida amalga oshirilsa, o`quvchilar bu jadval asosida mavzu bo`yicha o`z fikrlarini bayon etadilar, bayon etgan fikrlarini sababini ko`rsatadilar va shu fikrlari yuzasidan ko`rsatilgan sabablarni isbotlashga harakat qiladilar hamda mavzu yuzasidan umumiy xulosaga kelib umumlashtiradilar. Bu esa o`quvchilarni mustaqil fikrlashga, nutqini ravon bo`lishiga yordam beradi.
Quyidagi jadval asosida:
Bosqich'>Uyga vazifa uchun topshiriq
Bosqich
|
Huquqiy davlat mavzusi yuzasidan mustaqil tayyorlanib kelish.
|
(F) Fikringizni bayon eting
|
|
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
|
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring
|
|
(U) Fikringizni umumlashtiring
|
|
O`quvchilar uyga berilgan vazifa yuzasidan qudagicha taqdimot qiladilar.
Bosqich
|
Huquqiy davlat…
|
(F) Fikringizni bayon eting
|
Huquqiy davlat- huquqni ustuvorligi hamda sud mustaqilligi ta’minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyati vakolatlar bo`linishi tamoyili asosida amalga oshiriladigan demokratik davlatdir.
|
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
Huquqiy davlatda davlat boshqaruvi huquqning ustuvorligiga asoslanadi. Bunday davlat boshqaruvi fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining huqulari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
|
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring
|
Huquqiy davlatda huquqning ustuvorligi, inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi kafolatlanadi, davlat va fuqarolarning bir-birlari oldida o`zaro masuliyati, hokimiyatning qonuniyligi, hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi, sudning mustaqilligi, huquni muhofaza qilish mexanizmining samarali ishlashi, xususiy mulkchilik, yuqori darajadagi huquqiy madaniyat, demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi kabi asosiy belgilari mavjud bo`ladi. Bunda xalq davlat boshqaruvida qatnashadi, siyosiy huquq va erkinliklar kafolatlanadi.
|
(U) Fikringizni umumlashtiring
|
Huquqiy davlatlar taraqqiy topgan va rivojlanishning yuksak darajasiga yetgan davlatarlarni kiritishimiz mumkin.
|
Umumta’lim maktablarida o`quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga oladigan bo`lsak ilg`or tajribaga ega pedagog-pisixologlarni fikricha dars jarayonida o`quvchilarni diqqatini bir joyga qaratish o`n daqiqadan oshmas ekan. Shuning uchun, maktab darslari jarayonida rolli va o`yinli usullardan foydalanish dars samaradorligini oshirish bilan birga darslarni qiziqarli tashkil etish imkonini beradi.
XULOSA
Umum ta’lim maktablarida o`quvchilarni huquqshunoslik darslariga bo`lgan qiziqishlarini oshirish pedagoglarda katta tajriba, ma’suliyatni talab etadi. Chunki, maktab yoshidagi bolalarni yosh xususiyatlarini inobatga oladigan bo`lsak pisixologik jihatda ularda o`yinga bo`lgan qiziqish kuchli bo`lib ular tez zerikib qoladi. Maktab ta’limini olayotgan o`quvchilar o`n daqiqadan ortiq bir narsaga e’tibor qarata olish qobiliyatiga ega o`quvchilar kamdan-kam topiladi.
Shuning uchun, ularni darsga bo`lgan qiziqishlarini yana qaytadan tiklab, e’tiborlarini dars jarayoniga qaratish uchun ko`proq qiziqarli ro`lli va o`yinli interfaol usullardan foydalanishni taqoza etadi. O`qituvchi ana shu usullar yordamida o`quvchilarni bilim saviyasini va o`zining faniga bo`lgan qiziqishlarini ya’nada oshiradi.
Xuquqshunoslik darslarida interfaol usullardan foydalanishda, juftlikda ishlash (diadat), uchlikda ishlash (triada), to`rtlikda ishlash (kvartet) va kichik guruhlarda ishlashni o`z ichiga olishini o`qituvchi unutmasligi lozim.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, huquqshunoslik fanlarini interfaol metodlar yordamida tashkil etish, birinchidan, o`quvchilarni darsga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi, ikkinchidan, ularni huquqshunoslik fanlaridagi atamalar, tushunchalar, umuman olganda fanni o`zlashtirishlarini osonlashtiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
-
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O‘zbekiston”, 2014 y.
-
«Byudjeti kodeksi»ni qabul qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ-360 sonli Qonuni. 26.12.2013 y.
-
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi: Rasmiy nashr –O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – T.: “Adolat”, 2012 y.
-
Karimov I. A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: “O‘zbekiston”, 1996. – 364 b.
-
Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – T.: “O‘zbekiston”, 1996 y.
-
Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: “O‘zbekiston”, 1996 y.
-
Karimov I. A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5. – T.: “O‘zbekiston”, 1997 y.
-
Karimov I. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz. – T.8 —T: «O‘zbekiston», 2000 y.
-
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T.: “O‘zbekiston”, 2005 y.
-
“O‘zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori. PQ – 2099-son 25.12.2013.
-
Ozbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi.- Toshkent.: ”Adolat” 2010
-
Ozbekiston Respublikasi Oila Kodeksi.- Toshkent.: ”Adolat” 2010
Internet saytlari
1.www.ziyonet.uz
2.www.eduportal.uz
3.www.Google uz.
4. www. E-kutubxona.uz
5. www.pedagog.all.ru
M U N D A R I J A
Kirish ............................................................................................................ 5
Huquqshunoslik fanlarini o`qitishda interfaol usullardan foydalanish.……………....................................................................................... 6
Xulosa............................................................................................................ 14
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati .............................................................. 15
ORIPOV JAMSHID YAXSHIBOYEVICH
HUQUQSHUNOSLIK FANLARINI O`QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
Terishga berildi:____________
Bosishga ruxsat etildi:__________
Ofset bosma qog‘ozi. Qog‘oz bichimi 60x80 1/16
«Times» garniturasi. Ofset bosma usuli.
1 bosma taboq.
Adadi: 20 nusxa.
Buyurma №_____
Samarqand viloyati xalq ta’limi
xodimlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish instituti bosmaxonasida chop etildi.
Samarqand shahar, Boysunqur ko‘chasi 3-uy.
Do'stlaringiz bilan baham: |