O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


  Izoh: boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalar ham xuddi shunday tarzda ko‘rib  chiqilishi mumkin.  2-



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/88
Sana23.04.2022
Hajmi2,14 Mb.
#576220
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua

149 
Izoh: boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalar ham xuddi shunday tarzda ko‘rib 
chiqilishi mumkin. 
2-
 
ko‘chma mashg‘ulot 
Mavzu: Biologiya darslarini kuzatish va tahlil qilish. 
Ko‘chma mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad: 
Tinglovchilarning 
biologiya darslarini kuzatish va tegishli mezonlar asosida tahlil qilish 
ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘qituvchilarning ilg‘or pedagogik tajribalarini 
o‘rganish. 
Tinglovchilar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar 
Mazkur mashg‘ulot umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi. 
Bunda darslarni tegishli mezonlar asosida tahlil qilish orqali o‘qituvchilarning 
ilgor pedagogik tajribalarini o‘rganish tashkil etiladi. 
Bu 
jarayonga 
ko‘chma mashgulot tashkil qilingan maktab 
o‘qituvchilarini jalb etish, ularning darslarini tahlil qilish orqali ularga metodik 
yordam ko‘rsatish ham ko‘zda tutiladi. Mashg‘ulot natijasi sifatida quyida 
keltirilgan dars tahlili varagi to‘ldiriladi va malaka ishiga ilova qilinadi. 
 
Darslarni kuzatish va tahlil qilishning maqsadi va 
vazifalari 
Darsni tahlil qilish maqsadlari shartli ravishda 5 turga bo‘linadi: ilmiy 
Ularni 
bajarishda 
qanday 
qiyinchiliklarni 
engishga 
erishdingiz? 
4.3.
Ushbu 
modul 
dasturi 
sizning pedagogik faoliyatingizda 
qanday o‘zgarishlar bo‘lishiga 
zamin tayyorlaydi deb o‘ylaysiz? 
4.4.
Mashg‘ulot davomidagi o‘z 
faoliyatingizdan qoniqish hosil 
qilgan 
bo‘lsangiz, 
tanlagan 
mavzuingiz bo‘yicha hamkorlikda 
o‘qitish 
texnologiyalarisidan 
foydalanishga 
mo‘ljallangan 
mashg‘ulot 
ishlanmasini 
loyihalang. 
4.6.Mashg‘ulot davomidagi o‘z 
faoliyatingizdan qoniqish hosil 
qilmagan bo‘lsangiz matn va 
modul dasturi ustida takroran 
ishlang. 


150 
tahlil, metodik tahlil, didaktik tahlil, umumpedagogik tahlil, umumpsixologik 
tahlil. 
Darsni ilmiy tahlil qilitttda. o‘qituvchi darsni ilmiy asoslangan holda olib 
borayotganligi kuzatiladi. O‘qituvchining har bir so‘ziga e’tibor qilinadi, 
o‘qituvchi tomonidan ilmiy asoslanmagan, noto‘g‘ri iboralar ishlatilmayotganligi 
o‘rganiladi. SHu bilan birgalikda o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va darsning 
maqsadga erishuvi hisobga olinadi. 
Darsni metodik jihatdan tahlil qilishda yangi mavzuni bayon qilish va 
tushuntirishda qo‘llaniladigan metodlarning dars mavzusiga va mazmuniga 
mosligi o‘rganiladi. O‘qituvchining pedagogik mahoratiga baho beriladi. SHu 
boisdan har bir dars kuzatuvchi dars tahlilining bu turiga alohida e’tibor bilan 
qarashi kerak. 
Darsni didaktik jihatdan tahlil qilishda o‘qituvchining darsni olib borish 
uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatmali vositalar, tarqatma materiallar, texnika 
vositalaridan to‘g‘ri foydalanilayotganligi o‘rganiladi. 
Darsni didaktik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish o‘rinli 
bo‘ladi: o‘qituvchi bayonining g‘oyaviy jihatdan ta’lim-tarbiya talabiga mosligi, 
o‘qituvchi fikrining sinf o‘quvchilari jamoasiga to‘la tushunarli bo‘lishi va bu 
bayonning izchil ravishda o‘quvchi ongiga etib borishi, barcha o‘quvchilarning 
o‘qituvchi berayotgan materialni ongli ravishda o‘zlashtirishlari, o‘qituvchi 
bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta’limning mavjudligi, o‘qituvchi 
fikrining izchilligi, dars jarayonida ko‘rgazmali qurollardan, tarqatma 
materiallardan va texnika vositalaridan foydalanishning qanchalik maqsadga 
muvofiqligi, ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlarda maqsadga 
erishganligi, darslik bilan ishlashning to‘g‘riligi, misollarning ta’lim-tarbiya 
birligi asosida yo‘nalishi, darsni ma’lum bir tizimda olib borilishi. 
Darsni umumpedagogik jihatdan tahlil qilishda darsning hamma jihatlari 
hisobga olinadi. O‘qituvchining qiyinishi, nutqi, bolalar bilan munosabatlari, 
muomalasi, shu mavzuni bilish darajasi, dars berish usullarining to‘g‘ri 
tanlanganligi, o‘quvchilarni yangi mavzuni o‘zlashtirganlik darajasi, dars 
maqsadiga erishganligi va shu bilan birgalikda sinf xonasining tozaligi va 
sanitariya-gigiena 
talablariga 
rioya 
qilinganligi 
o‘rganiladi. 
Darsni 
umumpedagogik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish o‘rinli 
bo‘ladi: 
o‘quv yoki dars xonasining dars o‘tishga tayyorgarlik holati (dars 
jihozlari); 
o‘quv xonasining sanitariya-gigiena holati; 
o‘qituvchining dars mavzusi bo‘yicha ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi maqsadi; 
o‘qituvchining mazkur darsga ilmiy-metodik va umumiy pedagogik 


151 
jihatdan qanchalik tayyorlanganlik darajasi; 
o‘qituvchining 
dars 
bosqichlaridan 
to‘g‘ri 
foydalanganligi; 
o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda pedagogik jihatdan 
namunalilik darajasi; 
o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan bahoning adolatli va izohli bo‘lishi; 
o‘quvchilarning darsdagi faolligi, intizomi, mustaqil fikr yuritishi hamda 
mazkur fan asoslarini o‘zlashtirib olganlik darajasi; 
o‘quvchilarning o‘qituvchi darsiga munosabati va hurmat bilan qarashi; 
o‘qituvchining darsdagi rahbarlik roli va ish uslubi, ta’limni tarbiyaga bog‘lashi; 
dars jarayonida o‘lkashunoslik, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish 
materiallaridan foydalanishi; 
o‘qituvchining 
darsda 
asosiy 
maqsadiga 
erisha 
olganligi; 
o‘qituvchining ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan yordamga 
muhtojligi kabilar. 



Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish