O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


maqsad:  Darsga qo‘yilgan zamonaviy talablar asosida dars ishlanmalarini yaratish



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/88
Sana23.04.2022
Hajmi2,14 Mb.
#576220
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua

maqsad: 
Darsga qo‘yilgan zamonaviy talablar asosida dars ishlanmalarini yaratish.
 
Bajarilishi lozim: 
1.
Tinglovchilar malaka ishi mavzusiga doir dars ishlanmasini darsga 
qo‘yilgan zamonaviy talabdar asosida yaratadilar. 
2.
Tayyorlangan dars ishlanmasi yuzasidan taqdimot qilinadi. (zamonaviy 
talablar asosidagi dars ishlanmasini yaratish uchun 6-nazariy mashg‘ulotning 
materiallariga qarang.) 
2019-2020 o‘quv yilida
barcha fanlardan respublika ta’lim markazida yangi 
elektron darsliklar, o‘quv filmlari va fanlar kesimida o‘quv qo‘llanmalari ishlab 
chiqilgan. Bu internet resurslarini o‘qituvchilar 
www.rtm.uz
 va
www.multimediya.uz
 
saytlaridan yuklab olib, darslarda foydalanishlari mumkin. (
Ilova-3 ) 
 
5-amaliy mashg‘ulot 
Mavzu: Biologiya fanini o‘qitishda darsdan tashqari ishlarni tashkil 
etish 
Ishdan 
maqsad: 
Tinglovchilarning 
biologiya 
fanini 
o‘qiti
ttt
da. 
o‘quvchilarning darsdan tashqari ishlar (maktab tajriba maydonchasidagi va 
o‘quv-tadqiqot ishlari)ni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish 
yuzasidan bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirish. 
Bajarilishi lozim: 
1.
O‘quvchilarning maktab tajriba maydonchasidagi darsdan tashqari 
ishlarini tashkil etish yuzasidan quyida keltirilgan nazariy ma’lumotlarni tahlil 
qiling. 
2.
O‘quvchilarning o‘quv-tadqiqotlarini tashkil etish metodikasi bilan 
tanishing va uni tahlil qiling. 
3.
Bajarilgan ishlar yuzasidan taqdimot tayyorlang. 
Amaliy mashg‘ulotga doir nazariy material 
Maktab tajriba maydonchasidagi darsdan tashqari ishlar 
Biologiyani o‘qitit amaliyotida maktab tajriba maydonchasiga alohida 
e’tibor beriladi. Bu erda o‘quvchilar dala o‘simliklari, sabzavot ekinlari, 
rezavor-meva ekinlari, manzarali o‘simliklar va o‘simlik biologiyasi bilan 
tanishadilar, ularni pravarish qilish, begona o‘tlardan tozalash va zararkunanda 
hasharotlarni yo‘qotish bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshiradilar. 
O‘quvchilarning maktab tajriba maydonchasida kuzatish va tajriba qo‘yish 
ishlarini maqsadga muvofiq tashkil etilishi biologiya o‘quv xonasini o‘quv jarayoni 


129 
uchun kerakli tarqatma materiallar bilan ta’minlash, kuzatish va tajribalarning 
natijalarini darsda namoyish qilish imkonini beradi. 
O‘quvchilarga aniq puxta, mantiqiy tuzilgan reja asosida ishlash uquvini 
singdirish zarur. Buning uchun maktab o‘quv tajriba maydonchasida katta pedagogik 
imkoniyatlar bor. Maktab tajriba maydonchasini tashkil 
etish, ekin va ko‘chatlar ekishning puxta o‘ylangan rejasini tuzishni birinchi o‘ringa 
qo‘yish kerak. O‘quv tajriba maydonchasida 5-11-sinflarda darsdan tashqari ishlar 
kuzda, bahorda amaliy mashg‘ulotlar, yozda, kuzda va bahorda tajribalar qo‘yish va 
kuzatishlar o‘tkazish, biologiya darslarida tarqatiladigan va ko‘rgazmali materiallarni 
tayyorlash yuzasidan o‘tkaziladi. 
Maydonchada «YOsh tabiatshunoslar» to‘garagi ish olib boradi. To‘garak 
a’zolari maktab tajriba maydonchasidagi ishlarni tashkil etish va maktab, sinfdan 
tashqari tadbirlar: «Hosil bayrami», «Qushlar bayrami»ni o‘tkazishga tayyorlanish, 
ko‘rgazmalar tashkil etishda o‘qituvchiga yaqindan yordam beradilar. Maktab tajriba 
maydonchasidagi ishlarni tashkil etishda o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratish, har 
bir guruh etakchisini tayinlash, etakchiga bajariladigan ishlar bo‘yicha aniq 
topshirikdarning berilishi ishning samarali bo‘lishi va ularni nazorat qilinishi, 
o‘quvchilarning o‘z vaqtida rag‘batlantirish imkonini beradi. 
Ota-onalar, maktab ma’muriyatining mazkur ishlarni tashkil etishda yaqindan 
yordam berishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Maktab tajriba maydonchasining tarkibiy 
qismlari bo‘yicha metodist olimlar o‘rtasida turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, 
P.I. Borovskiy maktab tajriba maydonchasi ikki bo‘limdan: tajriba va kolleksiya 
bo‘limlaridan iborat bo‘lishini ta’kidlagan. 
N.M. Verzilinning fikricha, maktab tajriba maydonchasi bir necha: dala, 
sabzavot, rezavor, manzarali o‘simliklar, biologiya va zoologiya bo‘limlaridan iborat 
bo‘lishi darkor. 
Maktab tajriba maydonchasida maktab o‘quv dasturida o‘rganiladigan 
o‘simliklar: dala, poliz, rezavor mevalar, manzarali va yovvoyi o‘simliklar bo‘lishi 
kerak. SHunga muvofiq, maydoncha aniq chegaralangan: dala, poliz, rezavor meva, 
manzarali, biologiya va zoologiya bo‘limlariga ega bo‘lishi zarur. Maydonchada 
metrologik stansiya, auditoriya barpo etish zarur. Har bir bo‘limda o‘simlik 
kolleksiyasi va ular ustida tajriba o‘tkazish uchun joy ajratiladi. Sabzavot ekinlari 
ustida o‘tkaziladigan tajribalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: erga qo‘shimcha ishlov 
berishning tasiri, qalamchadan ko‘paytirish, chatishtirish, novdalarni chilpishning 
tasiri, yaxshi o‘simliklarni urug‘lik uchun ajratish, asosiy ekinlar (karam, pomidor, 
lavlagi, piyoz, bodring va b.) dan yuqori hosil etishtirish. Biologiya kursidan 


130 
mavzularni o‘tishda bu tajribalarning barchasidan foydalaniladi. 
Biologiya o‘quv xonasi, tirik tabiat burchagi, maktab tajriba maydonchasi 
biologiya o‘kitishning yaxlit moddiy texnika bazasini tashkil etadi. Biologiya 
o‘qituvchisi biologiya o‘kitishning moddiy texnika bazasining har bir tarkibiy 
qismining didaktik funksiyasi, biologiya darslari bilan bir qatorda, o‘quvchilar bilan 
olib boriladigan darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini 
maqsadga muvofiq tashkil etish yo‘llarini belgilashi va o‘z pedagogik faoliyatini 
amalga oshirishi lozim. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish