O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/88
Sana23.04.2022
Hajmi2,14 Mb.
#576220
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua

49 
3.2.
 
O‘qitishning faol va interfaol metodlari: ta’rifi, 
xususiyatlari 
Faol metod - o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorligining shakli, bunda 
o‘quvchi passiv tinglovchi emas, balki o‘qituvchi bilan birday faollikka ega. Passiv 
metodda o‘qituvchi avtoritar, faol metodda esa o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlari 
demokratik ko‘rinishda bo‘ladi. 
Agar o‘qituvchi o‘qitish jaraenida faol metodlarni qo‘llasa, o‘quvchi dars 
jaraeniga qiziqadi, uning faol ishtirokchisiga aylanadi. O‘quvchi tayer ma’lumotni 
eslab qolishidan ko‘ra, zarur bo‘lgan xulosalarni mustaqil ravishda, bahs, fikrlash, 
amaliy tajriba orqali o‘zi chiqarsa, foydaliroq bo‘ladi. Bunday yo‘l bilan egallangan 
bilimlar haqiqatan ham o‘quvchining shaxs sifatida rivojlanishiga asos 
bo‘ladi.Biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan faol metodlar guruhiga o‘qitishning 
muammoli-izlanish metodlari, mantiqiy metodlar, mustaqil ishlash metodlari, 
o‘quvchilar faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari, nazorat va o‘z-o‘zini 
nazorat qilish metodlari kiradi. 
Faol metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o‘quvchilarning 
kichik guruhlarida hamkorlikda ishlab, muammoni hal etish, murakkab savollarga 
javob topish jarayonida alohida ob’ekt, hodisa va qonuniyatlarni 
tahlil qilish 
ko‘nikmalari va bilimlarini 
faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. SHu sababli, 
biologiyani o‘qitishda reproduktiv metodlar bo‘lgan og‘zaki bayon, ko‘rgazmali va 
amaliy metodlar bilan birgalikda muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan 
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o‘qituvchi mazkur 
metodlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ular tarkibiga kiradigan metodik uslublarni 
to‘g‘ri anglashi va o‘z o‘rnida samarali foydalanish ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishi 
lozim. 
Interfaol metodlar faol metodlarning zamonaviy ko‘rinishi, deb ham 
qaraladi. “Interfaol” so‘zi (inglizcha «Meg» - o‘zaro, «as1» - harakat qilmoq), kim 
bilandir birgalikda harakat qilish, hamkorlik qilishni anglatadi. Interfaol metodlar 


50 
deganda ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim 
jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Faol 
metodlardan farq qilib, dars jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan 
o‘zaro hamkorlikda bo‘ladi. O‘qituvchi dars jarayonini tashkil etish va o‘quvchilarni 
qo‘yilgan dars maqsadlariga erishishiga yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. 
O‘qitishning interfaol metodlari o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, mustaqil ishlash, 
vaziyat va sabablarni tahlil qilish, qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga 
yordam beradi. 
Interfaollik deganda o‘quvchining o‘quvchi bilan hamkorlikda yoki 
kompyuter bilan muloqoti o‘zaro ta’sir ko‘rsatish rejimida ishlashi tushuniladi. 
Interfaol o‘qitish, avvalo, dialog tarzda o‘qitish, muloqot jarayonida barcha 
ishtirokchilar tomonidan hamkorlikda muammolarni hal 
etilishidir. O‘qitishning interfaol metodlarining quyidagi xususiyatlari mavjud: 
insonning muhim hayotiy ehtiyoji bo‘lgan muloqot o‘qitish jarayonining barcha 
bosqichlarida qo‘llaniladi; o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga o‘z kuchi, bilimi, 
iqtidorini namoyon etishga teng imkoniyatlar beriladi; o‘quvchilarning kichik 
guruhlarda hamkorlikda ishlashida ijtimoiy-psixologik jihatdan qulay muhit yaratilib, 
muloqotda bosqichma- bosqich va samarali ishtirok etishga zamin tayyorlanadi; 
o‘quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari etarli emas, balki 
eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli bo‘lishiga 
erishish lozimligini anglaydilar; o‘quvchilar bilan hamkorlikda, kichik guruhlarda 
ishlash orqali qo‘yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan natijalarni tahlil 
qilish, ularning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish, taqdim etish va boshqa guruhlar 
tomonidan e’tirof etilishlariga erishiladi. 
Interfaol o‘qitishning asosiy mohiyati shundaki, o‘qitish jarayonida barcha 
o‘quvchilar bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama 
etilayotgan muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli 
vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yo‘llarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya 
etadi. 
O‘quv materialini o‘rganish, muammoni hal etish bo‘yicha turli 
variantdagi echimni tavsiya etishga asoslangan bilish jarayonida o‘quvchilarning 
hamkorligi har bir o‘quvchiga guruh muvaffaqiyati uchun o‘z ulushini qo‘shishga, 
ular o‘rtasida fikr, axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. Ushbu 
hamkorlik samimiy, qulay ijtimoiy psixologik, o‘zaro yordam muhitida sodir 
bo‘lganligi uchun, o‘quvchilar nafaqat yangi bilimlarni o‘zlashtiradilar, balki 
o‘zining bilish faoliyatlarini rivojlantiradi, uni yuqori darajaga ko‘tarib, hamkorlikka 
kirishishga imkon beradi.Interfaol usullardan foydalanilgan darslarda bitta 


51 
o‘quvchining ustunlik qilishi, uning o‘z fikrini o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi, 
o‘quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatni tahlil qilish, 
murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish, o‘rtoqlarining fikrini tahlil qilib, 
asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan 
muloqotga kirishish ko‘nikmalarini egallaydilar. Interfaol metodlarning fo‘llanilishi 
o‘quvchilarda, ayniqsa, kommunikativ, milliy va umummadaniy, axborot bilan 
ishlash kompetensiyasi shakllanishiga imkon beradi. 
Biologiya fanini o‘qitishda o‘qituvchi metodlarning o‘ziga xos 
xususiyatlarini to‘liq anglashi va o‘z o‘rnida samarali foydalanish ko‘nikmalarini 
egallagan bo‘lishi lozim. 
Biologiya fanini o‘qitish jarayonida tanlangan o‘qitish metodlari biologik 
bilimlar va ko‘nikmalarni egallashni ta’minlashi kerak. Biologiyaning ko‘pgina 
mavzulari amaliy xarakterda bo‘lib, ularni faoliyat orqali hal qilish talab qilinadi. 
O‘quvchilar diqqatini nazariy bilimlarni 
o‘rganishga va maqsadni arzirli natijalarni qo‘lga kiritishga qaratish kerak, 
shuningdek, o‘quvchilardan muhim nazariy bilimlarni egallash bilan bir qatorda, o‘z 
ustida mustaqil ishlashlari ham zarurligi talab etiladi.
Nazariy bilimlarni eshitib o‘rganish orqali egallash xotira uchun ma’lum 
qiyinchiliklarni tuzdiradi va yana o‘z-o‘zini boshqarish jarayonini buzadi. SHu 
sababli, o‘z-o‘zini boshqarishni va dars davomida o‘qitishni o‘zida jamlagan o‘qitish 
metodlaridan foydalanish juda muhim. Amaliy metodlarni qo‘llashning ijobiy 
natijalari shundaki, ular o‘quvchilarni tanqidiy o‘ylashga, rejalashtirishga, savollarga 
javob topishga, bahslashishga va echim topishgaruhlantiradi. 
Tabiatga sayohat va o‘quv-er maydonchasidagi ishlar kabi mashgulotlar 
o‘quvchida amaliy va bilim, ko‘nikmalarni rivojlantiradi, fanga qiziqishini orttiradi. 
Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchining tabiat va atrof-muhitni kuzatishiga sharoit 
yaratadi, shuningdek, sinf xonasida egallagan bilimlarini sinashga, ularni tajribada 
interfaol metodning sxemasi 



Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish