Demak, massiv (jadval ko‘rinishidagi miqdor) deganda, yagona nom bilan belgilangan, bir turdagi, tartiblangan miqdorlarning majmui tushuniladi.
Masala-1. Natural sonli A(10) massiv elementlari ichidan eng kattasini toping.
Yechish: Massivning 1-elementini eng katta deb olib, uni max o‘zgaruvchi bilan belgilaymiz. Massivning 2-elementidan boshlab hamma elementini max bilan taqqoslaymiz va max dan katta elementlarni max deb olaveramiz. Avval massivni tashkil qilib olish kerak. Uning elementlarini tasodifiy sonlar funksiyasi – Randomize yordamida xosil qilamiz.
Program Masala_1;
Var a: Array[1..10] of Integer;
Max, I: Integer;
Begin
For I=1 To 10 Do a[i]:=Round(Random(100))+1;
Max:=a[1];
For I=2 To 10 Do If a[i]>max Then max:=a[i];
WriteLn(‘Massivning eng katta elementi:’,max);
End.
Masala-2. Natural sonli A(10,10) massiv elementlarini jadval ko‘rinishida ekranga chiqarish dasturini tuzing.
Yechish: Masala juda sodda bo‘lib, ma’lumotlarni ekranga kerakli ko‘rinishda va chiroyli chop etish talab qilinlgan. Bunda massiv elemetlarining qiymatlari axamiyatga ega emas. Shu sababli massiv elementlarini Random funksiyasi
yordamida hosil qilib olamiz. Aniqlik uchun massiv elementlarini [1;20] kesmadan
olamiz. Ya’ni massivning eng katta qiymatli elementi ikki razryaddan oshmaydi. Bu ekranga jadvalni chop etishda muhim ahamiyatga ega. Demak, jadvalning har bir elementi uchun ekranda ikkita o‘rin(pozitsiya) ajratamiz. Agar ikkita yonma-yon turgan element orasida bitta bo‘sh joy qoldirsak, jadvalning har bir elementi uchun ekrandan uchta joy ajratish kerak bo‘ladi. Ya’ni jadvalning bir satridagi har bir elementni (ikkinch elementdan boshlab) o‘zidan oldingi element chop etilgan pozitsiyadan uchta pozitsiya tashlab chop etish kerak. Buni GotoXY operatoridan foydalanib osongina amalga oshirish mumkin. Jadval satrlari bir biridan ajralib
turishi va chiroyli ko‘rinishi uchun ularni turli ranglarda chop etish tashkil etilgan.
Program Masala_2;
Uses Crt;
var
a : Array[1..10, 1..10] of Integer;
i,j,x,y : Integer;
Begin
Randomize;
TextColor(14); TextBackGround(1); ClrScr;
For i:=1 To 10 Do
begin
For j:=1 To 10 Do
begin
a[i,j]:=Round(Random(20))+1;
end;
end;
y:=1;
For i:=1 To 10 Do
begin
x:=0; Inc(y); TextColor(i);
For j:=1 To 10 Do
begin
x:=x+4; GotoXY(x,y); {keyingi element oldingisidan 4 katak o‘ngdan chiqariladi}
If a[i,j]<10 Then Write(' '); {jadval elementi bir xonali bo‘lsa, oldiga probel qo‘shiladi}
Write(a[i,j]);
end;
end;
ReadLn;
end.
Masala-3. A(N) va B(M) butun qiymatli ikkita massiv berilgan. Bu massivlarni
o‘xshash yoki o‘xshash emasligini tekshiruvchi dastur tuzing. Agar massivlarda bir xil sonlar ishtirok etgan bo‘lsa, ular o‘xshash deyiladi.
10>
Do'stlaringiz bilan baham: |