O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi


Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi



Download 0,57 Mb.
bet216/322
Sana23.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#404338
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   322
Bog'liq
Ona tili o`qitish matodikasi. o`quv-uslubiy majmua

Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi. Otlardagi son kategoriyasi uning morfologik belgilaridan biri sanaladi. Bu mavzu uchun maktab darsligida maxsus qoida berilmagan bo’lsa ham, lekin unda birlikda qo’llanuvchi otlar va ko’plikning ifodalanishi 4-sinf o’quvchilarining bilim saviyasi darajasiga moslab yoritilgan. O’quvchilar diqqati, dastlab, doimo birlikda qo’llaniladigan otlarga jalb qilinadi: temir, suv, yugurish, xaloyiq kabi. Undan keyin o’quvchilarning e’tibori juft narsalarni bildiruvchi otlarga jalb qilinadi: ko’z, qo’l, oyoq, etik, qosh kabi. Demak, otlar birlikda yoki ko’plikda qo’llanadi. Shunday misol yozishi mumkin:

Go’zal dunyo, baxmal bog’lar, ulug’ shaharlar,

Sho’h to’lqinli, tiniq suvli, katta daryolar,

Ulug’ Vatan-bari mening qanot ostimda.

G’.G’ulom.

O’quvchilar birlikda va ko’plikda kelgan otlarni ajratib, jadval tuzadialr.



Birlikdagi otlar

ko’plikdagi otlar

dunyo, bino, Vatan, koinot

boђlar, shaharlar, daryolar

Bu hildagi mashq o’quvchilarga uy vazifasi qilib ham topshiriladi.

O’quvchilar narsa hodisaning belgisi deb, ko’pincha uning rang-tusini (qizil bayroq) tushunadilar. Belgi ma’nosi ostida narsa-hodisaning rang-tusidan tashqari, uning mazasi (shirin qovun), shakli (yumaloq kalla ), xususiyati sho’x bola), vaqtga munosabati (osmondagi samalyot), biror belgiga egaligi (kuchli yigit), xosligi (ilmiy xulosa), jismoniy holati (yosh bola, qari chol), o’lchovi (oђir tosh) kabilar tushiniladi. Aslida o’quvchilar sifatni aniqlashda uning ma’nosini nazarda tutishlari,so’roqlar esa yordamchi vosita ekanligini tushinib olishlari kerak. Shuning o’quvchilarga sifat haqida umumiy ma’lumot berilganda, narsaning belgisi tushunchasi haqida alohida to’xtalish va buni tegishli mashqlar orqali mustahkamlash zarur. So’ngra sifatning belgi darajasini ham ko’rsatish (sho’hroq bola) ta’kidlanadi.

Sifat, otatda, otga, ba’zan fe’lga boђlanib, ulardan oldin keladi: bu uning eng muhim xususiyati sanaladi: yam-yashil vodiy, tiniq osmon, aziz odam, chiroyli yozmoq kabi.

O’qituvchi o’quvchilarga otlarning grammatik belgilarini eslatadi va uning sifatning grammatik belgilari bilan solishtiradi. Shundan so’ng o’quvchilar ham otlashgan sifatlarga mustaqil misollar topadilar.

Sifatlar muhim stilistik vazifa bajaradi. Ayniqsa, badiy adabiyotda sifatlash usuli asosan sifatlar orqali yuzaga keladi.

«Sifat yasovchi qo’shimchalar» mavzusidan o’tishdan avval o’quvchilarga so’z tarkibi tushintiriladi, so’z yasash bo’yicha o’tilganlar takrorlanadi. «Sifat yasovchi qo’shimchalar», so’zlarni qo’shish bilan yasalishi izohlanadi. Yasama sifatlarning eng ko’pi fe’li o’zaklaridan, otlardan va sifatlarning o’zidan yasaladi. -li qo’shimchasi eng faol sifat yasovchilardan sanaladi. O’quvchilar ko’pincha ilmli, gavdali, qoniqarli, yetarli kabi sifatlardagi sifat yasovchi -li qo’shimchasini kichiklik, kattalik, toshkentlik, ko’rpalik, (chit), yozlik(ko’ylak), oylik(taqvim) kabi so’zlardagi belgi-sifat oti yasovchi -lik qo’shimchasi bilan aralashtirib, ko’p hollarda orfografik hatoga ham yo’l qo’yadilar. O’qituvchi sifat yasovchi –li qo’shimchasini tahlil qilish vaqtida uni belgi-sifat oti yasovchi -lik qo’shimchasi bilan aralashtirmaslik kerakligini alohida ta’kidlash kerak. Bu o’rinda qanday hollarda -li, va qanday hollarda -lik yozilishi aniq misollar bilan bayon etiladi. Biror belgiga egalik, tegishlilikni bildiruvchi -ik qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar (demokratik) ustida mahsus mashq bajarilib unda talafuzga rioya qilish lozim.

Sifatlarning yasalishi va sifat yasovchi qo’shimchalar mavzusidagi darslarda orfografik hamda nutq o’stirish ishlari alohida o’rin tutadi. Shuni nazarda tutib bir marta ta’kidiy diktant va bir marta kontrol diktant o’tkazish mumkin.

«Son» mavzusini o’rganishga kirishishdan oldin o’qituvchi ot va sifatlarning muhim grammatik belgilarini o’quvchilarga eslatishini kerak, chunki son ham, xuddi sifatlar kabi, narsa (ot)ga boђlanadi, narsaning miqdorini yoki tartibini bildiradi.

Birinchi darsda sonning ma’nosi va grammatik belgisi haqida o’quvchilarga umumiy ma’lumot beriladi.

Bir, ikki, uch kabi sonlar otga boђlanmay, alohida qo’llanganda umuman miqdorni anglatadi; ot bilan birga kelganda, narsaning son-sanoђini bildirib, gapda aniqlovchi vazifasini bajaradi.Bu o’rinda sonning, odatda, sanash mumkin bo’lgan narsalarni bildiruvchi otlarga boђlanib kelishini alohida o’qtirish kerak.

Tartib sonlar qo’llanishi jihatidan sifatlarga juda yaqin turadi. Sonning bu hususiyatini ochishda savollardan ham foydalanish mumkin. Masalan, oltinchi sinf. Bu yerdagi songa nechanchi? Deb savol beriladi. Shuningdek, qaysi? Savolini berish ham mumkin.Bunday o’rinlarda o’qituvchi ot va sifatlarning grammatik belgilari bilan sonning grammatik belgisi qiyoslay bilishi lozim. O’quvchilarga son haqida umumiy ma’lumot berilgach, sonlar butun, kasr, aralash son bo’lishi izohlanadi.

O’quvchilar olmoshning ot, sifat va son o’rnida kelishini aniq tasavvur qilishlari uchun, sinfda o’qituvchi rahbarligida jamoa bo’lib quyidagi gaplar tahlil qilinadi:

1). O’qituvchimiz keldi, u bizga safar xotiralarini so’zlab berdi(ot o’rnida qo’llanyapti).

2). Mahallamizda yaxshi odamlar ko’p. Bunday odamlardan hamma ibrat oladi. (sifat urnida qo’llanadi).

Olmoshlar ot o’rnida qo’llansa, kim? Yoki nima? So’roђiga javob bo’lib keladi. Kelishik qo’shimchalari bilan turlanadi (mening, menga), birlik va ko’plikda bo’la oladi (men,biz). Olmoshlarning yana bir turi gap ichida sifatlar kabi qo’llanadi.Ular qanaqa?, qaysi? So’roqlariga javob bo’lib keladi va gapda, xuddi sifatlar kabi, aniqlovchi vazifasini bajaradi. Olmoshlarning boshqa bir turi esa gap ichida son o’rnida qo’llanadi, ular qancha?, Nechta?, necha?, qaysi? Kabi so’roqlarga javob bo’lib keladi. Olmoshning ma’nosi ot, sifat va sonning ma’nosiga nisbatan umumiy, keng va noaniq bo’ladi. Masalan, u olmoshining aniq ma’nosini aytish uchun avval uning qanday so’z o’rnida kelganligini aniqlash kerak. U olmoshi ot bilan ifodalangan har qanday narsani bildirib kelishi mumkin.

Karim

qalam


Suv u

Havo

Toshkent


Qo’y

Ba’zan o’quvchilarning oђzaki va yozma nutqlarida olmoshlarni o’z o’rnida qo’llay olmaslik yoki noto’ђri qo’llash hollari ham uchrab turadi. Buning oldini olish uchun olmosh turlarini nutqda to’ђri qo’llash ustida ko’proq mashq o’tkazish talab etiladi.

Olmoshlarni yozma nutqda qo’llashda o’quvchilar ehtiyot bo’lishlari kerak. Bir olmoshning o’zi nutqda turli ma’nolarda qo’llanishi, har hil narsalarni ko’rsatish mumkin emas. Birinchi gapni to’ђridan-to’ђri u olmoshi bilan boshlash mumkin emas.Bunda nutqdagi aniqlik yo’koladi. O’quvchi u olmoshi bilan ifodalangan narsa kim? `yoki nima? Ekanligini aniq tasavvur qila olmaydi. Masalan: U buning gapiga quloq soldi. Bu gapdagi u , bu olmoshlarining ma’nosi oldingi gapning mazmunidan anglashiladi. Bu o’rinda «olmosh» atamasining almashib kelish xusisiyatini eslatib o’tish foydalidir. Olmoshning ayrim grammatik belgilari boshqa so’z turkumlari bilan qiyoslab tushintiriladi.Masalan:, men olmoshini ko’plikda keltirish uchun unga -lar qo’shimchasini qo’shib bo’lmaydi. Olmoshning turlanishida ham ba’zi o’ziga xos tomonlari bor: men+ni---meni, u+n+da---unda kabi.

Olmoshlarning gapdagi vazifasi ularning qaysi so’z turkumi o’rnida kelishiga qarab belgilanadi. Bu tushunchani mustahkamlash uchun maktab darsligida berilgan mashqlardan foydalaniladi.

Shaxs nima? Birinchi , ikkinchi va uchinchi shaxslar deganda nimalar anglashiladi ? O’quvchilar birinchi shaxs - so’zlovchi, ikkinchi shaxs-tinglovchi, uchinchi shaxs o’zga ekanligi va bu shaxslarning birlik hamda ko’plik shakllari haqida aniq tasavvurga ega bo’lmasalar, kishilik olmoshlarining mohiyatiga to’la tushinib yetmaydilar. Shuning uchun kishilik olmoshlari haqida dars o’tishda, ayniqsa, ularning boshlanђich sinflarda o’rgangan ma’umotlarini alohida hisobga olish zarur.

Kishilik olmoshlaridagi birlik va ko’plikning ifodalanishi otlardagi son shakli bilan qiyoslanadi: men-biz; bola-bolalar; opalar-ular kabi. O’quvchilar kishilik olmoshlarining uchinchi shaxs birligini ko’rsatish olmoshi (u) bilan qorishtirmasligi kerakligini alohida o’qtirish lozim. Bu ikki olmoshni bir biriga solishtirib mashq o’tkazish foydalidir. U gapirdi (kishilik olmoshi) - U bola gapipdi (ko’rsatish olmoshi). Bunda ko’rsatish olmoshlarning qo’llanishi bilan aloqodor bo’lgan ayrim eslatmalarga o’quvchilar e’tiborini tortish lozim. Agar o’quvchilar bu bu eslatmalarni mustahkam bilib olmasalar, kishilik olmoshlarini oђzaki va yozma nutqda qo’llashda xatoliklarga yo’l qo’yishlari mumkin. O’qituvchi bu eslatmalarni o’quvchilarga quyidagicha izohlaydi.



  1. faqat birlik uchun qo’llanadigan shaxslar: men, sen, u;

  2. faqat ko’plik uchun qo’llaniladigan shaxslar: biz(lar), siz(lar)

  3. ham birlik uchun hma ko’plik uchun qo’llaniladigan shaxslar: biz, siz, ular.

Esmatlarning har bir qismi mashq orqali mustahkamlanadi. Mashqnibajara borib, o’quvchi kishilik olmoshlarining nutqda qo’llanishi mazmunini izohlaydi.


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish