2. B o sh l a n g’ i ch b o s q i ch:
1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. 1 va 2 –bosqichdagi STU haftada 1 marta o’tkaziladi. Boshlang’ich bosqichda 45 daqiqalik dars ajratiladi. Tanlangan asar yaxshi o’qiydigan o’quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so’ng o’qitiladi. Asarning oson o’qiladigan o’rinlarini bo’sh o’qiydigan o’quvchilarga o’qitish mumkin. Bu ularda o’qishga qiziqish uyg’otadi. Asar o’qilgan o’quvchilar asar nomini, muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, kitobxonlik daftarlariga u haqida qisqa va soddagina qilib muallif, asar nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |