O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi



Download 0,57 Mb.
bet319/322
Sana23.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#404338
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   322
Bog'liq
Ona tili o`qitish matodikasi. o`quv-uslubiy majmua

Mavzu bo’yicha tayanch iboralar: sinfdan tashqari ishlar, shakllari, vazifalari, kuni uzaytirilgan guruhlar, ish turlari, reja.

Boshlang’ich sinflarda o’qish va yozish darslaridan so’ng, sinfdan tashqari darslari muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, sinfdan tashqari o’qish bolalarning o’qishga o’rgatishning maxsus bo’limi bo’lib, uning maqsadi o’quvchini mustaqil ravishda va muntazam kitob o’qishga odatlantirish, keyin esa o’quvchilarda kitob o’qishga ehtiyoj uyg’otadi. Sinfdan tashqari o’qshi darslarida va darsdan tashqari vaqtda o’quvchilar bolalar yozuvchilarining asarlari bilan tanishishlari kerak.

O’qituvchi sinfdagi o’quvchilarning qanday kitoblarni o’qishga qiziqishi, ularning xususiyatlari va maktab kutubxonasi fondini hisobga olgan holda asarlarni o’zi tanlaydi.

O’qituvchi sinfdan tashqari o’qish uchun adabiyotlar tanlashda, bolalarning yangi yozuvchilar bilan tanishib borishlari kerakligini unutmasligi lozim. Boshlang’ich sinf o’quvchilari badiiy asarlaridan tashqari vaqtli matbuot va ilmiy-ommabop asarlar bilan ham tanishtirib borilishi kerak. (3-4 sinf)

Sinfdan tashqari o’qishni to’g’ri tashqil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan: 1 sinfdan savod o’rgatish o’tib bo’lingandan so’ng, o’qish boshlanadi. O’qish o’quv yillining oxirigacha davom etiladi. Yillik o’quv rejaga ko’ra 70 soat o’qish o’tiladi. Haftasiga 4 soatdan. Shundan haftaga bir marta o’qish darsining ikkinchi yarmida sinfdan tashqari o’qish uchun (15-20) o’tkaziladi. Sinfdan tashqari o’qish uchun hozirgi kunda 1-2-3 sinflarga maxsus qo’llanma chiqarilgan. Ushbu qo’llanmadan foydalanish to’liq o’quvchilar talabini qondira olmaydi. Chunki, DTS da boshlang’ich sinf o’quvchilari 1 sinfdanoq badiiy adabiyotlar bilan ishlash, har bir dars uchun bitta kitob tanlash kerak deb uqtirilgan. Bu tanlangan kitoblardagi mavzular: Tabiat, undagi narsalar, mavsumiy o’zgarishlar, inson va uning mehnati, yaratuvchanlik faoliyati, shahar va qishloqdagi ishlar, hayvon va hasharotlar hayoti, xalq og’zaki ijodi namunalari Sargo’zashtlar, sayr va sayohatlar haqidagi she’r va hikoyalar kiritilgan bo’lishi lozim. O’qish doirasi rangli rasmli kitoblarni tomosha qilish, matnlarni o’qish uchun tanlash, 1-2 betli matnlarni o’qishni mashq qilish. Qolgan sinflardagi sinfdan tashqari o’qish darslarini tuzilish quyidagicha tashqil etilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi:

1. Har bir darsning tuzilishi bir-biridan farq qilishi lozim. Bu farq uch qismdan iborat bo’lishi lozim: qiziqarli kitobni aniqlash (3-5 minut), o’qigan kitoblardan nimalarni bilib olganligi haqida suhbat (15-20 minut), dars vaqtida uyg’ongan qiziqishni qondirish uchun o’quvchilarning o’zlari nima qilishlari haqida ko’rsatma berish (2-3 minut) qolgan 15-17 minut o’qilgan asrlarning muhokamasiga bag’ishlanadi.

Bu vaqt mobaynida eng qiziqarli kitob tanlab olinadi (O’quvchilar bilan hafta mobaynida o’qilgan kitoblarini olib kelishadi) va tanlab olingan kitob ovoz chiqarib o’qiladi. O’qilgan asar o’quvchilar bilan birga muhokama qilinadi. O’qilgan asar bevosita dasturga mos kelishi kerak.

Ikkinchi sinf o’quvchilari sinfdan tashqari o’qishga quyiladigan talablar quyidagilar: kitob o’quvchi hayotiy faoliyatining ajralmas qismiga aylanishi zarur, kitobni muqaddas deb bilishi, sevib ardoqlab o’qishi va mazmunini, ma’nosini uqib olishlari lozim.

O’qish darslari o’quvchilarning dunyoqarashi to’g’ri shakllanishiga, ularda to’g’rilik, halollik, qat’iylik, mehr-oqibat, fuqarolik burchi, milliy g’urur egasi bo’lishi kabi yaxshi hislatlar undirilishiga bu tushunchalarni ular kundalik hayotda qo’llay bilishlari kabi ongli munosabatlar tarbiyalashga ko’maklashish kerak. Bolalarning o’qish tezligi oshirishga alohida e’tibor beriladi. Ular ifodali o’qishga tayyorlanadi. Ikkinchi sinf uchun ham ikki haftaga bir soatdan to’liq sifndan tashqari dars o’tiladi. (17 soat o’tiladi)

3 sinf uchun sinfdan tashqari o’qishga DTS ga ko’ra 17 soat o’tiladi. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tiliga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni tayyorlash va rivojlantirishning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirish, ularga kitobga qiziqishni mustaqil o’qishga ijobiy munosabatni shakllantirishdir.

Boshlang’ich ta’limda bolalar adabiyoti bilan ishlashni asosiy sharti sinfdan tashqari o’qish darslari hisoblanadi.

Sinfdan tashqari o’qish dasturiga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi:

1. Shu bo’limlardan birida o’qish doirasida o’qitiladigan kitoblar va ularni o’qish tartibi yo’zasidan o’quvchilarga ko’rsatmalar beriladi.

2. Keyingi bo’limda o’quv materiali asosida o’quvchilarga bilim beriladi, ularda kerakli bilim va ko’nikma shakllantiriladi.

Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib boriladi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida avval g’oyaviy mavzularga oid birinchi (2 tadan 4 tagacha) kitoblar bilan tanishadilar, keyin yozuvchilarning asarlari bilan tanisha boshlaydilar. Shundan so’ng kichik yoshdagi boalalrning qiziqishlari, imkoniyatlari va yoshlarga xos bo’lgan kitoblarni mustaqil tanlab o’qishga o’tiladi.

3 sinfda o’quvchilar o’zbek va chet el yozuvchilarining bolalar uchun yozgan asarlarini o’qiydilar. Sinfdan tashqari o’qish darslarida A.Avloniy, Q.Muhammadiy, Erkin Vohidov, P.Mo’min, Z.Diyor, I.Muhsin, A.Obidjon, X.To’xtaboev asarlari bilan tanishadilar. Bo’lardan tashqari ular vaqtli matbuot («G’uncha», «Tong yuldo’zi») kabilarda tengdoshlari haqida yozilgan maqolalar, hikoyalar va she’rlar bilan tanishib boradilar.

Sinfdan tashari o’qish boshlang’ich sinflarda o’qiladigan barcha fanlar dasturlari, bo’limlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. O’z navbatida grammatika, yozuv, tabiatshunoslik, mehnat, tasviriy san’at va musiqani o’rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko’nikmalardan o’qish darslarida foydalaniladi.

4 sinfda ham sinfdan tashari o’qish uchun 12 soat ajratilgan. Ikki haftada bir marotaba degan ma’noni anglatadi. DTS ga ko’ra 34 sinf o’quvchilari mustaqil ravishda badiiy-ilmiy, maqola va asarlarni ajrata olishi va mustaqil o’qib, o’qigan asarlarini mag’zini aytib bera olishlari kerak. Bundan tashqari tanish bo’lmagan mualliflarning kitoblari, muqovasi titul varag’i, kirish so’zi, mundarijasiga va kitob ichidagi sur’atlarga qarab asarlarning taxminiy mazmunini aniqlash kabi holatlarni bilishi lozim.

M: tabiat darslarida o’tkazilgan sayohatida «daraxtlar bilan tanishish» yoki «O’simliklarning foydali xususiyatlari» mavzulari bo’yicha insho yoki bayon yozish mumkin va h.k.

Bola o’qigan narsasini tushunadi, ko’zatadi, bir-biri bilan bog’lanishini aniqlaydi. O’qituvchi so’zlarning leksik ma’nosini tushuntirishi, yangi so’zlarni nutqida kuylay olishi qobiliyatini o’stirishi lozim.

Mashqlar davomida o’quvchilar so’zlarni qiyoslash, qarama-qarshi qo’yish, guruhlashga o’rganadilar. Bunday mashqlar jarayonida o’quvchilar o’zlarining umumiy o’xshash va o’ziga xos belgilarni ajratadilar. Lug’at ishining bu turida quyidagi tarzadagi mashqlardan foydalanishlari mumkin:

1. Predmetlarni guruhlash. M: qushlar o’simliklar, o’quv qurollari (bir turdagi predmet nomlarini sanab, umumlashtiruvchi bir so’z bilan atash) Musicha, chumchuq, mayna, qaldirg’och, qushlar.

2. Predmetlarning ikki yoki uch guruhga ajratish. M: Hayvonlar: uy va yovvoyi hayvonlar.

3. Belgilarga qarab predmet nomini topish. M: oq, shirin. Bu nima? Oq sovuq. Bu nima?

4. Pedmetni u yoki bu guruhga kirishini aniqla ganini aniqlash va h.k.

Umuman o’qituvchilar o’quvchilarning imlo va grammatikadan qay darajada malaka hosil qilganini aniqlash va bu malakani rivojlantirib, takomillashtirib borishi uschun, yozma ishda yo’l qo’yilgan xatolarni hisobga olib borish zarur. Ayniqsa, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun alohida daftar tutib, ularga mustaqil va qo’shimcha ravishda vazifalar berib borishi kerak. Alohida daftarga qayd qilib, natijalarni yozib borishi lozim. Xato yozilgan so’zlarni analiz qildirish, ko’chirtirib yozdirish, qoidasini so’rash kabi ishlar o’quvchilarni aktivlashtiradi.

O’qituvchi chorakda, yarim yilda, yil oxirida o’quvchilar yozgan yozma ishlardagi xatolarni to’la analiz qilishi mumkin. Shundagina o’qituvchi qaysi o’quvchi qanday xatolarga yo’l qo’yishi mumkinligi haqida tasavvurga ega bo’ladi.

O’qituvchi o’quvchilar yo’l qo’yayotgan xatolarning sababini bilishi muhim ahamiyatga ega. Xatoldarning kelib chiqish sabablari turlichadir.

1. O’quvchi qoidani bilmaydi.

2. Qoidani biladi, lekin amalda qo’llay olmaydi.

3. Qoidalarni aralashtirib yuboradi.

4. Yozadigan so’zlarni tushuntirmaydi, xato qiladi.

5. ayrim nutq tovushlarini xato eshitadi.

6. Yozish jarayonida o’zini tekshirib borolmaydi va h.k.




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish