1.3. Ta’lim mazmuni tushunchasi hamda texnologiya fani mazmunini belgilovchi muhim g‘oyalar.
Ta’lim mazmuni- inson o‘qitish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi va xarakteri.
Ta’lim mazmuni deganda ta’lim jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ilmiy bilimlar tizimini, amaliy ko‘nikma va malakalarni hamda dunyoqarash va axloqiy-estetik g‘oyalarni tushunamiz - deb ta’kidlaydi I.F.Xarlamov.
Ta’lim mazmuni―yoshlarni ma’lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida ma’lumot mazmunidan tanlanib, ta’lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko‘nikma-malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini emotsional baholashga doir munosabatlardir degan qarashlarni O.Roziqov, B.Adizovlar ilgari suradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |