O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,09 Mb.
bet118/182
Sana08.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#332331
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   182
Bog'liq
BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANLARINI O‘QITISH METODIKASI MODULI BO‘YICHA O‘Q U V - U S L U B I Y M A J

11-AMALIY MASHG‘ULOT

O‘QISH DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQINI O‘STIRISH, NUTQ MADANIYATI SHAKLLANTIRISH

Amaliy mashg‘ulotni olib borish moduli

Vaqt – 80 daqiqa

Tinglovchilar soni: 25

Mashg‘ulot shakli

Amaliy

Amaliy mashg‘ulot rejasi:

Kirish.

Boshlang‘ich siflarda o‘qish darslari va ularga qo‘yilgan zamonaviy talablar.

O‘quvchilar og‘zaki nutqini rivojlantiruvchi didaktik mashqlar.

O‘qish turlari va ularni o‘qish darslarida qo‘llash usullari.

Xulosa.


Ta’lim metodlari:

Ma’ruza, namoyish etish, savol-javob, test.

Ta’lim vositalari:

Ma’ruzalar matni, xattaxta, tarqatma materiallar, qog‘ozlar.

Ta’lim shakli:

Jamoaviy ish.

O‘qitish shart-sharoitlari:

Texnik vositalar bilan ta’minlangan va jamoaviy ishlashga mo‘ljallangan auditoriya.

Monitoring va baholash:

Nazorat savollari, test.



Amaliy mashg‘ulotning maqsad va vazifalari

Maqsadlar:

Ta`limiy: Tinglovchilarga boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining ahamiyati haqida ma`lumot berish.

Tarbiyaviy: Tinglovchilar orasida o‘zaro do‘stona munosabatni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: Tinglovchilarni o‘qish darslarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish usullariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.



Vazifalar:

Ta`limiy savol: Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari qanchalik ahamiyatga ega?

Tarbiyaviy savol: Darsda o‘quvchilarni bir-birini hurmat qilishga erishishda qaysi usullardan foydalanish mumkin? Rivojlantiruvchi savol: O‘qish darslarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqi qanday rivojlantiriladi?


Kutilayotgan natijalar:

Dars yakunida tinglovchi biladi (Bilim): Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari va ularga qo‘yilgan zamonaviy talablar, o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda didaktik materiallarning qo‘llanishi, o‘qish turlari va ularni o‘qish darslarida qo‘llash usullari.

Qaysi savollar beriladi:

Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslariga qanday talablar qo‘yilgan?



Dars yakunida tinglovchi tushunadi (Ko‘nikma): Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining o‘quvchilar nutqining rivojlantirilishiga qaratilganligi haqida ma`lumotga ega bo‘ladilar.

Qaysi savollar beriladi:

Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarida o‘quvchilar faoliyatini qanday qilib faollashtirish mumkin?



Dars yakunida tinglovchi bajara oladi (Malaka): Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish usullariga doir malaka hosil qiladilar.

Qanday topshiriqlar beriladi:

Og‘zaki nutqni rivojlantirishga doir didaktik mashqlar yozib kelish.


Amaliy mashg‘ulotning texnologik xaritasi

( 1– mashg‘ulot)

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni

O‘qituvchi

Tinglovchilar

I. Kirish bosqichi.

(10 minut)



1.1. Amaliy mashg‘ulotining mavzusi, maqsadi va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi. Amaliy mashg‘ulotning rejasi bilan tanishtiradi.

Tinglaydilar.


1.2. Tinglovchilarga, “Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining ahamiyati nimadan iborat?” degan savol bilan murojaat qiladi.

O‘z fikrlarini erkin bildiradilar.

1.3. Tinglovchilarning fikrini umumlashtiradi.

Tinglaydilar.

II. Asosiy bosqich

(60 minut)



2.1. Tinglovchilarga yangi mavzuni reja asosida bayon qiladi.



Tinglaydilar.

2.2. Guruhlarga “Aqliy hujum” uslubidan foydalanilgan holda “O‘qish darslarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini qanday qilib o‘stirish mumkin?” deb savol bilan murojaat qiladi.

Erkin fikrlarini namoyon etgan holda munozarada qatnashadilar.

2.3. Tinglovchilarga “Boshlang‘ich sinflarda o‘qish turlari haqida nimalarni bilasiz?” degan savol beriladi.

O‘z fikrlarini bildiradilar.

III.

Yakuniy bosqich

(10 minut)


3.1. Tinglovchilar fikrlarini umumlashtiradi.

Eshitadilar.

3.2. Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi: Og‘zaki nutqni rivojlantirishga doir didaktik mashqlar yozib kelish.

Yozib oladilar.

Sinfda o‘qish darslari oldiga qo‘yilgan vazifalar:

1. O‘qish malakasini takomillashtirish. O‘quvshilarda yaxshi o‘qishsizlik darajasi sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish.

2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg‘otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga o‘rgatish, ya’ni kitobni sevuvchi, kitob bilan ishlashni biladigan chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish.

3. O‘quvchilarda atrof muhit haqidagi bilimlarni kengaytirish va shuqurlashtirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish.

4. O‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

5. O‘quvchilar nutqi (asosan, og‘zaki nutqi)ni va tafakkurini o‘stirish.

6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.

Yaxshi o‘qishsizlik darajasi malakasini egallash maktabda o‘qitiladigan barcha predmetlardan muvaffaqiyatli o‘qishning muhim sharti hisoblanadi. O‘qishsizlik darajasi faoliyatning asosiy turi bo‘lib, o‘quvchilarni g‘oyaviy – siyosiy, aqliy estetik va nutq jihatidan rivojlantirish ushun katta imkoniyat yaratadi. Bular o‘qishsizlik darajasi malakasini o‘stirish va takomillashtirish ustida muntazam va maqsadga muvofiq ishlash zarurligini ta’kidlaydi.

O‘qish malakasi murakkab malaka bo‘lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Psixolog T.G.Yegorov o‘zining «Очерки психологического обучению детей к чтению» nomli asarida o‘qishsizlik darajasi malakasini jarayonini uсh bosqiсhga bo‘ladi: analitik, sintetik va avtomatlashgan bosqiсh. Analitik bosqiсh savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi; bunda so‘zni bo‘g‘in-harf tomonidan tahlil qilish va bo‘g‘inlab o‘qishsizlik darajasi malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich ushun so‘zni sidirg‘a o‘qishsizlik darajasi xarakterlidir; bunda so‘zni ko‘rish orqali idrok qilish va uning talaffo‘zi so‘z ma’nosini anglash bilan asosan mos keladi. O‘qish so‘z ma’nosini idrok qilish bilan birga amalga oshadi. O‘quvchilar sintetik o‘qishga III sinfda o‘tadilar. Bundan keyingi yillarda o‘qish avtomatlasha boradi.

Mashg‘ulot maqsadi:o‘qish darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishdagi ilgor usullar, o‘quvchilarda nutq madaniyati va notiqlik san’atini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.

Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog‘liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy o‘stiriladi. Darsda o‘qilganasarni o‘quvchilar ongli tushunishi, asosiymazmunini, g‘oyasini anglab etishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qo‘llanadi. O‘qilgan asarni analiz qilishda har xil ish uslublaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o‘qituvchi rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni o‘quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin, ammo o‘qituvchi ularni asarda qatnashish tartibida aytishni so‘raydi. Natijada o‘qituvchi rahbarligida hikoyaning chizmasi tuziladi. O‘qituvchi bergan savollar yordamida asarlarning mazmuni aniqlanadi.

SHunday qilib, asar mazmuni bilan birinchi tanishish o‘quvchilardan ongli ishlashni, ya’ni voqealarni, qatnashuvchilar tarkibini analiz qilishni talab etadi. O‘qish bilan bog‘liq holda bajariladigan bunday mantiqiy ishlar asta-sekin murakkablashaboradi.

Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish vositalaridan biri turli uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to‘liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang‘ich sinfo‘quvchilari uchun matnni to‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalashancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o‘qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o‘qituvchining savoli,o‘quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o‘rtasidagi bog‘lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o‘ynaydi. O‘quvchilar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, xarakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab etadilar. O‘qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakati qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so‘zlab berishga, voqealarni izchil bayon qilinishga va o‘zaro bog‘liqligini yoritishga yo‘naltirilishi lozim.

O‘quvchi o‘qilgan asar mazmunini o‘qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar o‘zaro bog‘lanadi (sintezlanadi), bir-biriga taqqoslanadi, ular yuzasidan muhokama yuritiladi va xulosa chiqariladi.

Ko‘pincha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti- harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto‘g‘ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab etmaydilar. SHuning uchun ham o‘qituvchi savolni juda o‘ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o‘ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog‘lanishi yuzasidan muhokama yuritishga undaydigan, ularni o‘zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo‘lishi lozim. O‘quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti- harakatini qanchalik aniq ko‘z oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.

O‘qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o‘quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo‘ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga. o‘tiladi, ya’ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o‘qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratliligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o‘ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o‘quvchilar topgan sarlavhani jamoaviy muhokama qilish, reja tuzish jarayonining o‘zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o‘z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim.

Asarni o‘qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja xattaxtaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o‘zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o‘qituvchi savoliga javob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning xiyla mustaqil shaklidir.

O‘qilgan asar mazmunini o‘zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2-3 qismga bo‘linadigan, bu bo‘limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga o‘rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o‘qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo‘ygan qismini o‘qiydi va o‘quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o‘quvchilar ba’zan asardagi so‘zlardan foydalanadilar. Bu o‘quvchilarga qiyinlik qilsa, bo‘limdagi asosiy fikrni o‘z so‘zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o‘quvchilar o‘qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o‘quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya qiladilar. O‘qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga 2- sinfdan boshlab o‘rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o‘stirish vositalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda o‘quvchi: 1) o‘qilgan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so‘zlab beradi; 2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi; 3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo‘nalishida so‘zlab beradi.

O‘quvchilarda tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang‘ich sinf izohli o‘qish darslarida keng qo‘llaniladigan metodik usullar yordam beradi: 1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash; 2) hikoyadati bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash; 3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish.

O‘quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o‘qilgan matnni tahlil qiladi. Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o‘stiradi va o‘qilgan matn mazmunini o‘zlashtirishga yordam beradi. Hikoyani o‘qish bilan bog‘liq holda o‘tkaziladigan ijodiyishlar ham o‘quvchilar nutqini, tafakkurini o‘stiradi. Bular:1) ijodiy qayta hikoyalash; 2) inssenirovka qilish 3) o‘qilganasarga rasm chizish; 4) hikoyani davom ettirish.

Ijodiy qayta hikoyalashda o‘qilgan hikoyaning sharoiti yoki shaklini o‘zgartirib hikoya qilinadi. Bunda hikoyani yangi epizodlar bilan to‘ldirib hikoya qilish ham mumkin.

Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o‘quvchilar o‘qilgan hikoyani sahnabop qilib o‘zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kostyum, qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida o‘ylaydilar, monologik nutqni dialogik nutqqa aylantiradilar (bu tilni o‘rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi).

O‘qilgan hikoyaga rasm chizishda o‘quvchi rassomlar tomonidan chizilgan rasmlardan o‘qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o‘zi rasm chizadi. Agar o‘quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, o‘zi chizmoqchi bo‘lgan rasmni og‘zaki tasvirlab beradi, ya’ni so‘z bilan chizadi. O‘qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo‘llaniladi. Bu usul xikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qo‘llaniladi.

Umuman olganda, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ham o‘quvchilar nutqi va tafakkurining rivojlanishiga katta ahamiyat qaratiladi.

Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari



  1. Nutq o‘stirish tushunchasi haqidagi fikringizni bayon qiling.

  2. Nutq madaniyatiga kiruvchi fazilatlarni “Klaster” metodi orqali bayon qiling. (Kichik guruhlarda ishlash orqali).

  3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqini o‘stirish omillarini sanab bering.

  4. Interfaol metodlar asosida tashkil etiladigan dars loyihasini tayyorlang.

Nazorat savollar:

  1. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish.

  2. Dars jarayonida matn ustida ishlash, matn tahlili, reja tuzish, mavzu yuzasidan savollar va ularga javob berish usullari.

  3. Og‘zaki nutqni rivojlantirishda didaktik materiallar va interfaol usullardan foydalanish.

  4. Nutq madaniyati va notiqlik san’atini shakllantirish usullari.

  5. Rolli o‘yinlar metodidan foydalanish imkoniyatlari.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish