Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni ogzaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish).
A1
ixcham matn asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna oladi;
ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, hikoyat, masal, xalq qo‘shiqlari, hikoya, she’rlarni o‘qib tushunadi va mazmunini qayta so‘zlab bera oladi;
yozma va bosma harflarni, ular ifodalaydigan tovushlarni to‘g‘ri talaffuz eta oladi;
matnni gap ohangiga rioya qilgan holda aniq, ravon o‘qiy oladi; bir daqiqada 50 — 55 so‘zni o‘qiy oladi;
monologik va dialogik nutqda o‘z fikrini aniq ifodalay oladi; o‘rganilgan mavzular doirasida 5-6 gapdan iborat kichik ijodiy matn yoza oladi;
maktab kutubxonasidan foydalana oladi;
kichik hajmdagi 8 — 10 ta she’rni yoddan aytib bera oladi.
A1+
bir daqiqada 55 — 60 so‘zni o‘qiy oladi;
asar qahramonlari, tabiat tasviri haqida 7-8 gapdan iborat kichik ijodiy matn yoza oladi;
kichik hajmdagi 10 — 12 ta she’rni yoddan aytib bera oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi A1
matndagi so‘z va gaplarning ma’nolarini tushuna oladi; asar mazmunidan ta’sirlana oladi;
xalq og‘zaki ijodi namunalarini (ertak, topishmoq, maqol, masal, tez aytishni) farqlay oladi;
o‘rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi;
asar qahramonlariga munosabat bildira oladi;
o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi.
A1+
mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan asarlarda tasvirlangan voqea- hodisalar mazmunini tushunib, qayta hikoya qila oladi, asar qahramonlariga munosabat bildira oladi.
O‘qish fani o‘quv dasturi strukturasining qisqa annotatsiyasi
O‘qish fani 1-4-sinflarda jami 608 soat hajmda o‘qitilib, haftasiga 18 soat, shundan 1-sinfda 4 soatdan (jami - 68 soat), 2-sinfda 4 soatdan (jami - 136 soat), 3-sinfda 5 soatdan (jami - 170 soat), 4-sinfda 5 soatdan (jami - 170 soat) o‘qitiladi.
O‘qish fanini chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan maktablarning
3-4-sinflarida esa 680 soat, haftasiga 20 soat, shundan 2-sinfda 6 soatdan (jami - 204 soat), 3-sinfda 7 soatdan (jami - 238 soat), 4-sinfda 7 soat dan (jami - 238 soat) o‘qitiladi.
O‘quv dasturida “Uqtirish xati” keltirilgan bo‘lib, unda O‘qish fanining o‘qitishning ahamiyati va unga zamonaviy yondashuvlar, fanni o‘qitishning maqsad va vazifalari, o‘quv dasturidagi mavzularning mazmuni yoritilgan.
4-sinflarda “Konstitutsiya alifbosi”, “Dinlar tarixidan umumiy tushunchalar”, “Iqtisod va soliq alifbosi”, “Salomatlik darslari”, “Tejamkorlik saboqlari” kabi fanlarning sodda elementlari O‘qish fani mazmuniga, ya’ni mavzular kesimida singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.
“Konstitutsiya alifbosi” 2-3-4-sinflarda 10 soatdan,
“Dinlar tarixidan umumiy tushunchalar” 2-3-4-sinflardagi “Ota- onani rozi qilish”, “Ilm, tozalik” haqidagi mavzularda yoritilgan.
“Iqtisod va soliq alifbosi” 1-4 sinflarda 10 soatni tashkil etadi.
“Salomatlik darslari” 1 -sinfda «Navro‘z - tabiat tantanasi»
Sinfda «Navoiyning do‘sti», «Yordam berdi» 4-sinfda «Nurxon bilan Burhon» kabi mavzular kesimida singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.
SHuningdek, dasturda fanni chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 2-3-4- sinflar uchun mavzularga ajratilgan soatlar alohida ko‘rsatilgan.
O‘qish fani Davlat ta’lim standartida umumiy ko‘rinishda. berilgan tayanch komptensiyalar A1 va A1+ darajaga ajratib berildi. Har bir sinfning boshida o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan shu sinfga xos tayanch komptensiya elementlari berildi.
Har bir sinfda o‘rganiladigan bo‘lim va mavzular nomlari hamda ularga ajratilgan soatlar ko‘rsatildi. Bunda har bir bo‘lim mazmuni va fanga oid komptensiyalar elementlari ochib berildi.
O‘qish fanining xususiyatidan kelib chiqib o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar elementlarining shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida nazorat ishi hamda o‘quvchilar bilimini mustahkamlash, takrorlash soatlari ajratildi.
A1 va A1+ (1-4-sinf) yakunida o‘quvchilarda shakllangan tayanch hamda fanga oid kompetensiyalar elementlari keltirildi.
Istiqlol tufayli xalqimiz yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Bu - albatta, ta’lim tizimiga, jumladan, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarining maqsad va vazifalariga yangicha yondashishni taqozo etadi. Xalq ta’limi vazirligining «YAngi darsliklar avlodini yaratish to‘g‘risida»gi Qarori talablaridan kelib chiqib, boshlang‘ich sinflar uchun yangi «O‘qish kitobi» darsliklari nashr qilindi. Ushbu darsliklar oldiga bir qator talablar qo‘yildi. Mazkur talablardan biri, unda berilgan savol-topshiriqlar o‘quvchini faol ishlashga, shuningdek, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga o‘rgatadigan shaklda tuzilmog‘i zarur.
Ma’lumki, darslik yuqori ilmiy va uslubiy saviyada yozilgan, o‘quv dasturiga mos asosiy kitobdir. Maktab darsliklari orqali o‘quvchilarga bilim berish bilan birga, ularning o‘quv-biluv ko‘nikma va malakalari ham shakllantiriladi, dunyoqarashlari va fikrlash doirasi kengaytiriladi. Bu borada «O‘qish kitobi» darsliklari oldiga ilmiy- metodik va badiiyat nuqtai nazaridan alohida talablar qo‘yilgan.
«O‘qish kitobi»ni yaratishda izchillik va uzviylikka qat’iy rioya qilinishi, tanlangan badiiy asarlarning o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mos kelishi, badiiy yuksakligi, muayyan maqsadni ko‘zda tutishi, asarlarning janriy rang-barangligi kabi ilmiy-metodik hamda insonparvarlik xislatlarini tarbiyalashga qaratilishi bilan bog‘liq talablar mazkur darsliklarning hayotiy mezoni deyish mumkin.
Shunday ekan, boshlang‘ich sinf «O‘qish kitobi» darsliklari ham belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. SHu nuqtai nazardan, biz «O‘qish kitobi» darsliklaridagi savol-topshiriqlarni o‘quvchilarni izlanishga o‘rgatish jihatdan quyidagi guruhlarga bo‘lishni lozim topdik:
Qayta xotirlash tipidagi savol-topshiriqlar.
Qisman izlanuvchanlik tipidagi savol-topshiriqlar.
Ijodiy tipdagi savol-topshiriqlar.
Adabiy tushunchalarni anglash tipidagi savol-topshiriqlar.
sinf «O‘qish kitobi»ni tahlil qilib, darslikka kiritilgan savol-topshiriqlar, asosan, qayta xotirlash tipiga mansubligining guvohi bo‘ldik. Darhaqiqat, birinchi sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari faqat asar voqealarini qayta esga olish asosida savollarga javob berishni talab etadi.
sinf «O‘qish kitobi»dagi savol-topshiriqlar esa asosan qayta xotirlash va qisman izlanuvchanlik tipiga mansub. Masalan, qayta xotirlash tipidagi savol-topshiriqlarga vatan mavzusida o‘rganiladigan asarlardan so‘ng «Vatanimiz qanday nom bilan ataladi?, O‘zbekistonda qanday shaharlar bor ekan?, Toshkent qanday shahar?, Nima uchun Toshkentni tinchlik va do‘stlik shahri deymiz?, Kaptar qafasdan qutulib qaysi tomonga uchdi?, Kishilar nima qilmoqchi bo‘ldilar?, O‘qituvchi nimalar va kimlar haqida gapirib berdi?» kabi, qisman izlanuvchanlik tipidagi savol-topshiriqlarga «Qaysi bekatlarning nomini bilasiz? Hikoyat qanday yakunlangan? Vatanimiz ozodligi uchun kurashgan insonlardan yana kimlarni bilasiz? SHe’rda Amir Temurning qanday xislatlari ifodalangan? Ulug‘bekning qanday fazilatlari bo‘lgan?» kabi savol-topshiriqlarni kiritish mumkin. Lekin mazkur mavzuga oid she’rlardan so‘ng faqat she’rni yod olish topshirig‘i berilgan. Bizningcha, bu erda she’r matnini tahlil qilishga yordam beruvchi savol-topshiriqlar ham tavsiya qilinishi kerak edi.
sinf «O‘qish kitobi» darsligida savol-topshiriqlarning quyidagi tiplarini kuzatish mumkin. Jumladan, vatan mavzusiga oid matnlardan so‘ng berilgan «Gerbdagi ramz va timsollardan nimalarni bilib oldingiz? «Gerb» so‘zi nimaning belgisini anglatadi? Bobomiz Amir Temur davlati bayrog‘i qaysi rangda edi? Donolar nega kengash qilishdi? Adolat qanday qaror topdi? Toshkentga qaysi inshootlar zeb berib turibdi? Olim - farishtalarning istagi nimalardan iborat edi? Nima uchun oqil kishi hammani donishmandning huzuriga borishga maslahat berdi? Donishmand qaysi farishtaning fikrini ma’qulladi? Rustam aka to‘g‘on haqida bolalarga nimalarni so‘zlab berdi? Bolalar qaysi baliqlarni kater tagiga joylashdi?» kabi savol-topshiriqlar qayta xotirlash tipiga mansub bo‘lsa, «Matndagi ziyoda so‘zi o‘rnida yana qanday so‘z ishlatish mumkin?, Nima uchun Toshkent do‘stlik shahri deb ataladi?, O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda sizning vazifangiz nimadan iborat?, Siz o‘z tilingizni sevasizmi?, Nima uchun?, O‘qituvchi ona tilimizning boyligini nega bog‘ bilan qiyoslaydi?» kabi ijodiy tipdagi ba’zi savol-topshiriqlar ham ko‘zga tashlanadi.
4-sinf «O‘qish kitobi»da qayta xotirlash tipiga oid savol- topshiriqlar birmuncha kamroq kiritilgan. Ular quyidagicha: «Dehqonbobo poezdda kimlarni uchratdi? Bolalar unga nimalar haqida gapirib berishdi? Ilm aqlni peshlashi haqida she’rda nima deyilgan? Samad qishlog‘ining xaritasida nimalarni tasvirladi? Bolalar nima ustida tortishib qolishdi?» kabi.
Ijodiy tipdagi savol-topshiriqlarni ham ko‘plab uchratish mumkin. Masalan, «Ota-onalarni e’zozlashning sababi nimada? «O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat» deganda xayolingizga nimalar keladi? Vatan deganda xayolingizga nimalar keladi? Qanday kishilarni mard desa bo‘ladi?» singari.
Adabiy tushunchalarni anglash tipidagi savol-topshiriqlar mazkur bo‘limda berilmagan. YUqorida qayd qilingan tasnifga ko‘ra, 1-sinf «O‘qish kitobi»da matnlardan so‘ng asosan qayta xotirlash tipidagi savollar berilgani aniqlandi. Faqatgina bo‘lim yuzasidan o‘tkaziladigan takrorlash darslari uchun savol-topshiriqlar tavsiya qilingan.
sinfda qayta xotirlash tipidagi savol-topshiriqlar 68 foizni, qisman izlanuvchanlik tipidagilari 22 foizni, ijodiy tipdagi savol- topshiriqlar 10 foizni tashkil etadi.
sinfda tavsiya qilingan savol-topshiriqlarning 60 foizi 1-, 22 foizi 2-, 12 foizi 3-, 6 foizi 4-tipga mansubligi aniqlandi.
sinfda qayta xotirlash tipidagi savol-topshiriqlar 40 foizni, qisman izlanuvchanlik tipidagi savol-topshiriqlar 20 foizni, ijodiy tipdagi savol-topshiriqlar 28 foizni, adabiy tushunchalarni anglash bilan bog‘liq savol-topshiriqlar 12 foizni tashkil qiladi.
Tahlildan ko‘rinadiki, boshlang‘ich sinf «O‘qish kitobi» darsliklarida o‘quvchini mustaqil ishlash, fikrlashga undovchi ijodiy xarakterdagi savol-topshiriqlar nihoyatda oz miqdorni tashkil etadi. Hozirgi kunda «O‘qish kitobi» darsliklarida savol-topshiriqlarning deyarli 70-75 foizi bilimlarni qayta xotirlash va qisman izlanishni talab etadigan savol-topshiriqlardir. Darsliklarga shu xildagi savol- topshiriqlarning ko‘plab berilishi o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi hamda faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |