Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish metodikasi fanidan darslar nazariy va amaliy shaklda olib boriladi.
Nazariy mashg‘ulotlarda boshlang‘ich ta’lim fanlaridan yaratilgan o‘quv-uslubiy majmualar tarkibi, boshlang‘ich ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari va uni o‘qitish metodikasi haqida ma’lumotlar beriladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar bilimini baholash, sinfdan tashqari ishlar, darslarni kuzatish va tahlil qilish o‘rgatiladi. Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar, test so‘rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interaktiv ta’lim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |