Harf va ularning elementlarini tahlil qilish usuli. Harf va uning elementlarini tahlil qilish turlicha amalga oshiriladi. Harflarni elementlarga ajratib tahlil qilish har bir harfning necha elementdan tuzilganligini, qanday shaklda ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog‘lanishida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini o‘quvchilar tasavvur etadilar.
Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo‘lib, ular bir butun shaklda yoziladi, ammo o‘qituvchi uning necha elementdan iboratligini eslatib o‘tadi. Masalan, kichik yo harfining birinchi elementi to‘liq oval, ikkinchi elementi pasti halqali tayoqchadan iborat.
Bu o‘rinda harfning necha elementdan iborat ekanligi eslatib o‘tiladi, yozishda esa bu harfni qo‘l harakatini uzmasdan yozish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |